Mavzu yuzasidan savollar
1. Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishida iqtisodiy qonunlarning
qanday ahamiyatga ega?
2. AKT rivojlanishining qanday iqtisodiy qonunlarini bilasiz?
3. Gordon Mur qonunining mohiyati nimadan iborat?
4. Robert Metkalf qonunining mohiyati nimadan iborat?
5. Bekstrom qonunining mohiyati nimadan iborat?
6. TSipf qonunining mohiyati nimadan iborat?
7. Devid Rid qonunining mohiyati nimadan iborat?
8. Foton qonunining mohiyati nimadan iborat?
Glossariy
Elektron hukumat
- davlat organlarining jismoniy va yuridik
shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash yoʻli bilan
davlat xizmatlari koʻrsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo
elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
Bigdata
- juda katta hajmdagi bir jinsli boʻlmagan va tez tushadigan
raqamli ma’lumotlar boʻlib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab
boʻlmaydi. Ba’zi hollarda, katta ma’lumotlar tushunchasi bilan birga shu
ma’lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi.
Sun’iy intellekt
- informatikaning alohida sohasi boʻlib, odatda inson
ongi bilan bogʻliq imkoniyatlar: tilni tushunish, oʻrgatish, muhokama
qilish, masalani yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega
kompyuter tizimlarini yaratish bilan shugʻullanadi
Blokcheyn-
bir-biri bilan internet orqali bogʻlangan koʻplab
kompyuterlarda bir vaqtning oʻzida saqlanuvchi ma’lumotlar bazasi.
38
Simsiz aloqa
- axborotlarni elektr signallari vositasida sim orqali
uzatish va qabul qilish.
Virtual reallik
- imitatsion dasturiy va texnik vositalar tizimi.
Mavzu boʻyicha test savollari
1.
“Raqamli
iqtisodiyot-bu
raqamli
texnologiyalardan
foydalaniladigan iqtisodiy ishlab chiqarish” bu ta’rif kim
tomonidan berilgan?
E.
V. Ivanov
F.
A. Kuntsman
G.
R. K. Asanov
H.
R. Meshcheryakov
2.
........ soʻzining asl ma’nosi bu bilim, ma’lumot, xabarlar,
bildirishnomalar yani faqat inson ongi va muloqotiga xos boʻlgan
narsalardir.
a.
Iqtisodiyot
b.
Axborot
c.
Bigdata
d.
Bitcoin
3.
Gordon Mur qonuni nima haqidaligi qaysi javobda toʻgʻri
koʻrsatilgan?
a.
Prosessorlar
b.
Axborotlar
c.
Kristallar
d.
Ma’lumotlar
4.
“Yarim oʻtkazgichlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan
asosiy fondlar qiymati har 4 yilda ikki martaga ortadi” bu qonun qaysi olim
qalamiga mansub?
a.
Gordon Mur
b.
Bil Makron
c.
Artur Rok
d.
Foton
|