risola» («Risolat un-fissulik»), «Malomat
qiluvchi malomatidan
qo‘rquvchi oshiq» («Alxaif ul-hoim anlavmatiltoim»), «Izlanuv-
chilarni to ‘g‘ri yo‘lga solish» («Hidoyat uttolibiyn»), «Yo‘llar
haqida risola» («Risolat ut-turuq»), «Yoritish yulduzlari, porloq
yulduzlar» («Tavoli uttanavayr»), «Go‘zallik boshlanmalari» («Fa-
votih al-jamol»), «Hayot bulog‘i» («Ayn ul-hayot»), «Sunna va
ezguliklar sharhi» («Sharx us-sunna val-masolik»)1
kabi asarlarida
bayon qilingan. Uning diniy-falsafiy, xususan, inson to‘g‘risidagi
qarashlarining shakllanishida musulmon madaniy va ma’naviy
hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sunniylik g‘oyalarining
ta’siri sezilarli ekanligini unutmaslik darkor2. Shuningdek,
Kubro
shialik g‘oyalariga ham hurmat bilan qaragan. Sunniylar va shi-
alar orasida vujudga kelgan turli mojarolarni bartaraf etishga
harakat qilgan.
Najmiddin Kubro
yuksak aql-zakovat sohibi, noyob qobili-
yat egasi bo‘lgani uchun u asos solgan kubraviya tariqatining
obro‘-e’tibori, unga ixlos qo‘ygan kishilar
soni uzluksiz ortib
boraverdi. XII—XIII asrlarda kubraviya tariqati nafaqat Mova
rounnahr va Xuroson, balki Hindiston, Iroq,
Kashmir kabi
mamlakatlar xalqlari orasida ham keng tarqaldi. Keyinchalik
kubraviya tariqatidan firdavsiya (asoschisi Badriddin Firdavsiy),
nuriya (asoschisi Nuriddin Abdurahmon al-Isfaroniy), rukniya
(asoschisi Rukniddin Abdurahmon), hamadoniya (asoschisi Sha-
hobiddin Hamadoniy), ig‘toshiya (asoschisi Is’hoq Huttaloniy),
nurbaxshiya (asoschisi Abdullo Nurbaxsh)
kabi turli shaxobcha-
lar ajralib chiqdi va alohida tariqat darajasiga ko‘tarildi3.
Najmiddin Kubro birinchilardan bo‘lib soTiy ustozlar dunyo-
qarashida uzoq vaqtlar hukmronlik qilgan ilohiy haqiqatni inson
faqat foniylik, ya’ni butkul o'zligini yo‘qotgan; behudlik, mastlik
holatida, behush devona bo‘lgan paytdagina bilishga qodir4,
degan
g‘oyaga qarshi chiqdi.
Dostları ilə paylaş: