© « 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti», 2007.
KIRISH
Inson hamma zamonlarda ham o ‘zining kimligini, o‘zligini bi-
lishga intilgan. Inson muammosiga bag‘ishlangan turli gipotezalar,
nazariyalar va konsepsiyalar yaratildi. Lekin zamonlar o ‘tishi bilan
inson deb nomlanuvchi mavjudotda hali o ‘rganilmagan, yechilishi
zarur bo‘lgan muammolar, jumboqlar ko‘payib boraverdi.
Qadimgi zamon falsafasi namoyandalari, xususan, qadimgi
Hind va Xitoy faylasuflari inson ikki yirik qudrat — tana bilan
jonning uyushmasidan iborat, jon tanani tark etib, ruhga aylanib
turadi, ruh esa o ‘lmaydi, deb tushuntirgan bo‘lsalar, qadimgi
Eron va Turon faylasuflari inson borlig'i olam borlig‘i bilan bevosita
aloqador, inson borlig‘ida olam borlig‘i o‘z ifodasini topadi, olam
borlig‘i esa to ‘rt asosiy unsurdan: tuproq, suv, olov, havodan
tashkil topgan, olam borlig‘ining murakkab shakllaridan biri
bo‘lgan inson tabiati ham, shubhasiz, o‘sha to ‘rt unsur bilan
bog‘liq bo‘ladi, deb ishontirishga harakat qildilar.
Qadimgi Eron va Turon falsafasi ta ’sirida vujudga kelgan
Yunon falsafasining namoyandalari esa inson kosmosning bo‘lagi,
allaqanday o ‘ziga xos xususiyatlarni o ‘zida mujassamlashtirgan
mikrokosmosdir, deb tushuntirishar edi. Qadimgi Yunon fayla
suflari inson bilan olamdagi boshqa tirik mavjudotlar o ‘rtasida
jiddiy farq borligiga shubha qilmasdilar. Inson — «aqlli ijtimoiy
maxluq» ekanligini har tomonlama isbotlashga urindilar. Shunday
qilib, qadimgi zamon faylasuflari inson olamdagi tirik mavjudot-
larning toji, cho‘qqisi ekanligini ta ’kidlab, uni birinchi o ‘ringa
ko‘tarib qo‘ydilar. Inson olamda mavjud bo‘lgan tirik mavjudot-
larning birortasiga ham o ‘xshamasligini qayta-qayta ta ’kidladilar.
0 ‘rta asr faylasuflari esa insonning eng muhim xususiyati uning
«Xudoga o‘xshashligidir», deb tushuntirdilar. 0 ‘sha insonga o ‘xshash
Xudoni koinotdan tashqarida deb bildilar. Endilikda Xudo butun
koinotning xo‘jayini bo ‘ldi. Xuddi shuning uchun ham musulmon
va xristian faylasuflari o ‘rta asr sharoitida Xudoda mavjud bo‘lgan
jamiki yaxshi fazilatlarni, xislatlarni, xosiyatlarni, karomatlarni
o ‘rganishga intildilar. Xudoga xos barkamollikning ko‘rinishlarini
insondan izladilar. Olloh vasliga yetishni orzu qilgan ruhiy-ma’naviy
barkamol inson qiyofasini tasvirlashga urindilar.
Yangi zamon faylasuflari o ‘rta asr faylasuflaridan farqli o ‘laroq,
inson-ijtimoiy mavjudot, deb saboq berishdi. XVIII—XIX asrlarda
Yevropada shakllangan nemis klassik falsafasi namoyandalarining
3
bir guruhi inson kamolotida onglilik, aqliylik (ratsionalizm) hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, deyishsa, boshqa birovlari inson
ning inson bo‘lib shakllanishida his-tuyg‘u, ongsizlik (irratsiona-
lizm) asosiy rol o ‘ynaydi, deb tushuntirdilar. Yana boshqa bir
guruh faylasuflar insonning inson bo ‘lib shakllanishida ijtimoiy
muhit, ayniqsa, mehnat hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, degan
fikr-mulohazalarni bayon qildilar.
Inson to ‘g‘risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti haqidagi fikr-
mulohazalarni eslatib o'tishdan muddao barcha zamonlarda ham,
barcha zaminlarda ham inson muammosi falsafaning asosiy mav-
zusi ekanligini e’tirof etishdir. Lekin inson muammosi faqat fal
safaning tadqiqot obyekti bo‘libgina qolmay, balki boshqa fanlar-
ning ham diqqat markazida bo‘ldi. Boshqa fanlar insonning ma’lum
bir'qism ini, ayrim xususiyatlarini o'rgangan bo ‘lsa, falsafa inson-
ni bir butun, yaxlit o ‘rganishga harakat qildi. Boshqacha aytga-
nim izda,
falsafa
in so n n in g
tab iiy -ijtim o iy
m ohiyatini,
uning olamdagi tirik maxluqotlar orasidagi o ‘m ini, boshqa jon-
zotlardan farqini tushuntirishga urindi. Insonning jismi, ruhiyati,
m a’naviyati orasidagi o ‘zaro aloqadorlik mexanizmi mohiyatini
ifoda etuvchi qonuniyatlami aniqlashga intildi. Insonning olamga
b o ‘lgan munosabatini, uning atrof-m uhitni, hatto o‘zin i-o ‘zi
o‘zgartira olish yo‘llari va uslublarini, o‘z taqdirini o‘zi belgilovchi
buyuk mavjudot ekanligini har tomonlama tahlil qildi. Olzi ha-
qida, o ‘zining ruhiy-ma’naviy kamoloti haqida turli g‘oyalar,
ta ’limotlar yaratdi. Turgan gapki, insonning o ‘zi to ‘g‘risida yarat-
gan g‘oyalari ham zamonlar o‘tishi bilan o'zgarib, boyib yoki
eskirib bordi.
Inson to ‘g‘risidagi falsafiy g‘oyalar, uning manfaatlari, ehti-
yojlari va e’tiqodlari bilan uzviy aloqadordir. Afsuski, shu vaqt-
gacha biz targ‘ibot va tashviqot qilib kelgan falsafiy qarashlarda
konkret inson, uning tabiiy-ijtimoiy mohiyati, orzu va umidlari,
ehtiyojlari siyosiy m anfaatlar, sinfiy qarashlar to ‘g‘risidagi
ta ’limotlar soyasida qolib ketdi. Insonning ijtimoiy qiyofasi siyosiy
manfaatlar nuqtayi-nazaridan qanday bo'Iishi zarurligi haqida uzluk-
siz bosh qotirib keldik. Lekin uning madaniy-ma’naviy saviya-
sining holati, darajasini bilishga harakat qilmadik.
H ar tomonlama garmonik rivojlangan, barkamol inson shaxsi
haqida uzoq gapirdik, ko‘plab qo'llanmalar, yostiqdek kitoblar
bitdik. Sotsialistik jamiyat sharoitida voyaga yetgan kishilar o ‘z
o‘tmishdoshlaridan tubdan farq qiladi, ajdod va avlodlnrning jamiki
4
yaxshi fazilatlari, xislatlari unda mujassam, deb maqtanib keldik.
Afsuski, o ‘sha orzu qilingan odamning ming xil sayqal berilgan
qiyofasi bizdan borgan sari uzoqlashaverdi va asta-sekin xiralashib
qoldi. Chunki yonginamizda faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy basha-
ralar bilan orzu qilingan, tasvir etilgan, ko‘klarga ko‘tarib maqtal-
gan kitobiy qiyofalar orasidagi ziddiyat keskinlashib, amalda al-
laqanday tubsiz jarlik vujudga keldi. Ushbu ziddiyatning mahsuli
bo'lgan manqurtsimon, m a’naviy majruh odamlar soni ko‘payib
ketdi.
Hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyoti, ayniqsa, fan va texnika
progressining inson jismoniy va m a’naviy qiyofasiga, ruhiyati va
professional malakasiga ta ’siri uni bir butun, yaxlit o'rganishni
talab qilmoqda. Afsuski, hozirgi zamon fani to ‘plagan inson
to ‘g‘risidagi m a’lumotlar jahon sivilizatsiyasining bugungi talab-
lariga mutlaqo javob bermaydi. Chunonchi, insonshunos olimlar-
ning guvohlik berishicha, bugungacha to ‘plangan barcha bilimlar-
ning 95—98 foizi tabiat muammolariga bag‘ishlangan. Inson tabi-
atini ifodalovchi m a’lumotlar, to ‘plangan ilmlarning bir foizidan
ham kamrog‘ini tashkil etadi. 0 ‘z navbatida, bunday keskin farq-
ning vujudga kelishiga jahon dinlari ham sabab bo‘ldi. Chunki
jahon dinlari uzoq vaqt nafaqat insonning jismi, ruhiyati va
m a’naviyatini o‘rganishga, hatto uning tashqi qiyofasining surati-
ni chizishga ham qarshilik ko'rsatdi1.
Boz ustiga, totalitar tuzum mafkurasining asosi hisoblangan
markscha-lenincha falsafaning eng asosiy kamchiliklaridan biri ham
insonning ruhiy-m a’naviy olamini o'rganishga yetarli e ’tibor ber-
m aganligidir. Shuning uchun fuqaroviy, ya’ni insonparvar,
demokratik jamiyat qurish, huquqiy davlat barpo etish uchun
ommaviy harakat avj olgan 0 ‘zbekiston sharoitida mamlakatimiz-
ning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy taqdirini hal qiluvchi
bo‘lg‘usi yuqori malakali mutaxassislarni inson to ‘g‘risidagi fal-
safiy bilimlar taraqqiyoti bilan qurollantirish — umumdavlat,
umumjamiyat ahamiyatiga ega bo‘lgan tarixiy zaruriyatdir.
Mamlakatimiz oliy va o‘rta maxsus o ‘quv yurtlarini tugatib,
hayotga qadam tashlayotgan har bir yosh mutaxassis, ayniqsa,
xalq maorifl tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ta ’lim va tarbiya
jarayonining tashkilotchilari va targ‘ibotchilari o ‘zlarining kasb-
ko r m alak alarin i ja h o n sivilizatsiyasi talab lari darajasiga
Dostları ilə paylaş: |