formadagi shaklidir, deb ta ’kidlanadi. Qayta tug'ilish natijasida
odam insonga aylanib boradi. Unda insoniy xislatlar, fazilatlar
vujudga keladi. Qadimgi yodgorlikda ta’kidlanishicha, kim yaxshi
xulq-atvor, xatti-harakat egasi bo ‘lsa, savob ishlar qilsa, ke-
yingi safar tug‘ilganida braxman, kshatriy yoki vaysha bo ‘lib
tug'iladi.
Qadimgi hind Vedalarida inson tushunchasi «hammabop»,
barchaga xos «umumiylikni ifodalamasdan, balki o ‘zining kelib
chiqishi va rivojlanish tarixiga ega bo‘lgan ayrimlik, yakkalik
ramzi sifatida ta’riflangan. Vedalarda ta’kidlanishicha, ayrim kishi-
dagi hammaga xos, barchaga taalluqli fazilatlaming vujudga ke-
lishiga sabab braxmanlardir. Braxmanlar tufayli odamda insoniy
xislatlar, fazilatlar shakllangan. Chunki o ‘sha braxm anlar jamiki
mavjudotning asosi, uning vujudga kelishi uchun dastlabki ab-
solut substansiya vazifasini bajarar emish.
I Vedalarda yozilishicha, bir butun yaxlit borliqning ayrim
xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan inson ikki yirik mohi-
yat: tana bilan jonning qorishmasidan iborat. Tana bilan jon esa
hamisha o‘zaro aloqadorlikda, biri ikkinchisi bilan bog'liq1. Tana
inson jismining umumiy asosini tashkil etadi. 0 ‘sha asosni esa
braxman yaratgan. Jon atm an (ruh) tom onidan yaratilgan bo'lib,
u doimo absolut mavjud. Tanadan keyin yaratilgan jon indivi
dual xususiyatlarga ega bo'ladi. Shuning uchun ham jon inson
o ‘lishi bilan yana atmanlarga (ruhga) aylanib qoladi va brax
m anlar bilan birga absolut substansiyaga quyiladi/
Xullas, qadimgi Hind Vedalarida yozilishicha, inson «at
m an— braxmanning» yig‘indisidan iborat. Boshqacha aytganimiz-
da, qadimgi Hind falsafasida e’tirof etilishicha, inson borlig'ining
mohiyatida «Hamma narsa braxmandan tashkil topgan, braxman
esa atm andan iborat», degan qoida yotadi. Biroq «atman —
braxman» birligi hamisha ham sodir bo ‘lavermaydi. Insonning
yerdagi faoliyati turli nopokliklar bilan bog‘lanmasa, atm an —
braxmanlam ing aralashish jarayoni sodir bo ‘ladi. M abodo inson
faoliyati yerdagi nopokliklar bilan aloqador bo'lsa, uning joni
jon ko‘rinishda emas, balki hayvoniy tana sifatida qayta tug‘iladi.
Shunday qilib, qadimgi Hind Vedalarida aytilishicha, olam
bir butun, tirik mavjudotlarning ham m asi o ‘sha butunning
Dostları ilə paylaş: