1 Karimov I. A. Yangicha fikrlash va ishlash — davr talabi. 5-jild. Toshkent,
1997. 120-bet.
6
balki umuminsoniy madaniyat mulkiga aylangani ham rost. U
jahon xalqlari, ayniqsa, G ‘arb mamlakatlari xalqlari madaniyatiga
o‘z ta ’sirini o ‘tkazdi. Xususan, Eron va Turon zaminida shakllan-
gan zardushtiylik, moniylik va mazdakizm qadimgi Yunon fayla-
suflarining inson to ‘g‘risidagi qarashlariga o ‘z ta ’sirini o ‘tkazdi.
0 ‘z navbatida, Sharqda vujudga kelgan inson falsafasi G 'arbda
yangicha mazmun, yangicha shaklga kirganligi va yana Sharqqa
qaytganligi ham rost. Lekin G ‘arbning ayrim tadqiqotcM ari ush-
bu haqiqatni tan olmadilar. Aniqroq qilib aytganda, bunday ta-
rixiy haqiqatni e’tirof etgilari kelmadi. Aksincha, Sharq xalqlari
azaldan qoloq bo‘lgan, deb butun dunyoga ayuhannos soldilar.
Sharq faylasuflarining inson to ‘g‘risidagi flkr-mulohazalarini kam-
sitish, unga past nazar bilan qarash tendensiyasi kuchayib ketdi.
Bunday kalondimog‘liklar, biryoqlamaliklar G ‘arbda yevropotsen-
trizmning gullab-yashnashi uchun real shart-sharoit yaratdi. Xuddi
shuning uchun ham kitobni qayta nashrga tayyorlaganda muallif
xristian va musulmon faylasuflarining inson to ‘g‘risidagi qarash-
larini xolisona tahlil qilish asosida yevropotsentrizmning g'ayriilmiy
mohiyatini ko'rsatib berishga harakat qildi.
Kitobni qayta nashrga tayyorlashda mamlakatimizda va xorijda
chop etilgan turli ilmiy-falsafiy, badiiy-publitsistik adabiyotlarda
bayon qilingan inson to ‘g‘risidagi asosiy g‘oyalar baholi qudrat
o ‘rganildi va umumlashtirildi. Ayrim xulosalar bahsli, munozarali
bo‘lishi shubhasiz. Chunki qalamga olingan mavzuning qamrovi
nihoyatda kengligi, fikrlash madamyati bosib o ‘tgan uzoq davrni
o ‘zida mujassamlaslitirgani uchun zukko kitobxonni to ‘la qoniqtir-
masligi yoki ayrim e’tirozlami uyg‘otishi mumkin. Ammo bayon
qilingan flkr va mulohazalar oz bo'lsada o'quvchini fikrlashga
undagan bo‘lsa muallif o ‘z oldiga qo‘ygan vazifani bajargan, o ‘z
muddaosiga erishgan, deb hisoblaydi.
Asar oliy va o ‘rta maxsus o ‘quv yurtlari talabalari, umumiy
ta ’lim maktablarining muallimlari, targ‘ibotchilar va tashviqot-
chilar, inson muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib bo-
rayotgan magistrantlar, aspirantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuv-
chilaiga m o‘ljallangan.
7
|