ko‘tarmoqlari uchun uzoq davom etgan murakkab evolyutsion
jarayonning mahsuli bo'lgan Hazrati Insonning jismi, ruhiyati va
ma’naviyati o ‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik mexanizmini to‘la tasav-
vur etishJari lozim. Insonning jismoniy va m a’naviy qiyofasi, ruhiy
holati haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmasdan turib, uning kasb-
kor malakasini oshirish yo‘llari, uslublari va usullarini izlash
bema’nilik bo‘lur edi. Ongimiz va faoliyatimizni turli yo‘llar,
zug‘umlar bilan tiqishtirilgan: «inson — mehnat resursi», «inson
— mehnatning subyekti» kabi bem a’niliklar iskanjasidan ozod
qilmoq uchun oliy darajadagi biosotsial mavjudot bo'lgan insonni
yaxlit o‘rganmog‘imiz va o ‘rgatmog‘imiz darkor. 0 ‘zbekiston Res-
publikasi Prezidenti I.A.Karimov ta ’kidlaganidek, ta’lim va tarbiya-
ning butun jarayonini insonparvarlik g‘oyasiga bo‘ysundirish zarur1.
Bo‘lg‘usi mutaxassislarni «Inson falsafasi» («Falsafiy antropolo-
giya») bilan qurollantirmog‘imiz darkor.
Sizga taqdim etilayotgan mazkur asar inson to ‘g‘risidagi bir
butun, yaxlit m a’lumot berishga qaratilgan dastlabki urinishdir.
Ushbu asar uch kitobni o ‘ziga birlashtiradi. Birinchi kitob «Inson
to ‘g‘risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti» deb nomlangan bo‘Isa,
ikkinchi kitob «Mustaqil shaxs», uchinchisi esa «Ijtimoiy tarbiya»
deb ataladi.
«Inson falsafasi»ning birinchi kitobi 1998-yilda, ikkinchi ki-
tobi esa 2002-yilda Toshkentdagi «Chinor» nashriyotida chop etildi.
Asar mamlakat ilmiy jamoatchiligi tomonidan iliq kutib olindi.
Respublikamiz matbuoti sahifalarida ijobiy taqrizlar yozildi. K o‘p
sonli kitobxonlarning taklif va mulohazalari, istaklarini inobatga
olib, «Inson falsafasi»ning birinchi. kitobi qayta ishlandi. Yangi
ilmiy dalillar bilan to ‘ldirildi.
Inson to ‘g‘risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiya (formatsion yondashuv), materializm yoki idealizm,
sinfiylik yoki partiyaviylik, G ‘arb yoki Sharq falsafasi orasiga qat’iy
bir chegara qo‘yish nuqtayi nazaridan emas, balki har bir xalq,
har bir millatning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi (sivili-
zatsion yondashuv), umuminsoniy madaniyat, umuminsoniy qad-
riyatlar chig‘irig‘idan o ‘tkazib tahlil qilishga harakat qilindi.
Inson to ‘g‘risidagi dastlabki falsafiy fikrlar Sharq mamlakat-
larida vujudga kelganligi tarixiy haqiqatdir. 0 ‘sha Sharq mamlakat-
larida shakllangan inson falsafasi o‘z qobig‘iga o ‘ralib qolgani yo‘q,
Dostları ilə paylaş: