III. YANGI ZAMON FALSAFASIDA
MA’RIFATLI INSON SIYMOSI
Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotida XVII asr yangi davr bosh-
lab berdi. Falsafiy fikrlar taraqqiyotida ushbu davmi yangi za-
mon falsafasi, deb atash urf bo'ldi. Yangi zamonda rivojlangan
mamlakatlarda ilm-fan taraqqiyotida tub sifatiy o‘zgarishlar
sodir
bo‘lib, Yevropa sivilizatsiya tarixida XVII asr — ilmiy inqilob
davri, deb ataladi.
Yevropada ilm-fan taraqqiyotida tub sifatiy o‘zgarishlar sodir
bo‘layotgan bir sharoitda Osiyo, Shimoliy Afrika mamlakatlarida
ilm-fan yutuqlarining cho‘g‘i pasayib ketdi. Yangi zamonning
bunday
xususiyati, shubhasiz, musulmon va xristian faylasufla-
rining inson to ‘g‘risidagi qarashlarida o‘z ifodasini topdi.
1.
XVI-XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA
M USULMON FALSAFASIDA BARKAMOL INSON
G‘OYALARINING TARG‘IBOT VA TASHVIQOT
QILINISHI
XVI
asrdan e’tiboran, Osiyo va Shimoliy Afrikaning ko‘p
mamlakatlari madaniy-ma’rifiy hayotida ratsionalizm o‘rnini din
egallay boshladi. Dunyoviy fan namoyandalari quvg'in qilindi.
Natijada, jamiyat turmush tarzida ilmiy-tabiiy fanlarning o'rni
va ahamiyati kamayib bordi.
Diniy bilimlar, diniy taassubning
roli orta boshladi. Oqibatda, islom dinining qoidalari jamiyat
hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi. O'rta asrlar musul
mon madaniyatining ko‘rki bo'lgan tasawuf falsafasining odamlar
fikrlash tarzidagi o‘rni susayib qoldi. Odamlar dunyoqarashida
sunniylikning ta’siri ortib bordi. Bunday holatni o'sha
davrda
ijod qilgan musulmon faylasuflari Yusuf Qorabog‘iy, Sharif
Buxoriy, Inoyatulla Buxoriy, Boborahim Mashrab, So‘fi Ol-
loyor, Maxtumquli Firog‘iy asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin.
Ayrim musulmon faylasuflari esa inson borlig‘ini ratsionaUzm va
sensualizm g‘oyalariga asoslanib talqin etar edilar. Xususan, Mirza
Bedil va uning izdoshlari Abdul
Hakim Siyolkugiy Muhibbullo
274
al-Hindi, Qozi Muboraklarning inson to‘g‘risidagi qarashlari
asosida ratsionalizm va sensualizm g‘oyalari yotadi.
XVI—XVII asrlar musulmon falsafasida inson borlig‘i to‘g‘risidagi
falsafiy bilimlami yangi dalillar bilan boyitgan faylasuflardan biri
Yusuf Qorabog‘iy edi1. Uning inson to‘g‘risidagi qarashlarining
g‘oyaviy-nazariy asosini Muhammad G ‘azzoliy va Muhyiddin Ara
biy asos solgan «vahdati vujud» ta’limoti tashkil etadi.
Sharqning buyuk insonshunos allomalari Najmiddin Kubro,
Aziziddin Nasafiyning odam va olam to‘g‘risidagi qarashlarini
har tomonlama rivojlantirgan Yusuf Qorabog‘iy o'zining «Yetti
jannat risolasi»da inson tanasida koinotda mavjud bo'lgan
barcha
narsalarning zarralari bor, inson tanasi bilan uni o ‘rab tuigan
atrof-muhit orasida doimiy aloqadorlik mavjud, deb tushuntiradi.
Shuning uchun katta olamning barcha xususiyatlari inson tana
sida (kichik olamda) o ‘z ifodasini topadi. Uning fikriga ko‘ra
«Garchi olam jismlari holati va uning ajib xususiyatlari shu
qadar turli-tuman o'laroq tasawurda xayoliy bo‘lib ko‘rinsada,
darhaqiqat, bu jismlar zehni o‘tkir ongli odamlar nazdida katta
olamning
aynan nusxasidir, ular ba’zan falaklar va unda mavju-
dotdan iborat boMgan «universal jonzot», deb ataladi. Universal
jonzotda Quyosh — yurak, Oy — oshqozon, Saturn — qora
taloq, Yupiter — jigar, Mars — o‘t xaltasi, Venera — buyrak
va Merkuriy — miya»2, deb yuritiladi. Shunday qilib,
inson
borlig'ida butun olam o‘z ifodasini topadi.
Yusuf Qorabog‘iy inson ruhiy olamini har tomonlama
o'rganganligi bilan o‘z zamondosh olimlaridan ajralib turadi.
Qorabog'iy inson borlig‘i, xususan, insonning ruhiy holati,
ruh bilan tananing o‘zaro aloqadorligi haqida fikr-mulohaza yurit-
ganda, Sharq perepatiklar maktabining buyuk namoyandalari —
Dostları ilə paylaş: