4-ilova
Boshqaruv hisobi maqsadi bo„yicha fikrlarning qiyosiy tahlili
№
Olimlarning
F.I.Sh.
Ta'riflarning mazmuni
1.
Baxrushina
M.,
Karpova T.,
Xorngren Ch.,
Foster J.,
Sheremet A.,
Baxrushina M.
Boshqaruv hisobining maqsadi: boshqaruvchilarga boshqaruv
qarorlari qabul qilishida axborot ko‗magi berish; korxona va
uning mas'uliyat markazlari faoliyatining iqtisodiy
samaradorligini nazorat qilish, rejalashtirish va
prognozlashtirish; baho belgilash uchun asos yaratish;
korxonaning rivojlanishini samarali variantlarini tanlashdan
iboratdir
251
2.
Ivashkevich V.
Korxona iqtisodiyotini boshqarish bo‗yicha qarorlar qabul
qilish va mazkur qarorlarni samarali bajarilishini baholash
uchun kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlash boshqaruv hisobini
bosh maqsadidir
3.
Kovalev V.,
Sokolov Ya.
Boshqaruv hisobini maqsadi bilan tijorat tashkilotlari
faoliyatini maqsadlari bir biriga uzviy bog‗liqdir
4.
Golovoznina
A.,
Ivashkevich
V.,
Nikolaeva S.,
Nidlz B.
Iqtisodiy adabiyotlarda boshqaruv hisobining maqsadi
faoliyatini samarali va ilmiy asoslangan holda boshqarishi
uchun ma'lumotlarni ichki iste'molchilariga (korxona
boshqaruvchilariga) zaruriy ma'lumotlarni taqdim etish sifatida
ta'riflanadi
5.
Kerimov V.,
Tkach V.
Boshqaruv hisobining maqsadi mas'uliyat markazlari va
biznes segmentlari bo‗yicha hisob yuritishdir
6.
Bulgakova S.
Boshqaruv hisobining maqsadi iqtisodiy sub'ekt, uning
bo‗linmalari va biznes segmentlari faoliyatining haqiqiy,
normativ va prognoz ko‗rsatkichlari hamda tashqi muhit
ko‗rsatkichlari asosida tashkiliy (strategik, taktik, tezkor)
maqsadlarga erishishi uchun rejalashtirish, nazorat va
boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarini axborot
ta'minotini yaratishdan iboratdir
7.
Blajenkova N.
Boshqaruv hisobining maqsadi - korxona xo‗jalik faoliyati
vazifalari va strategik, taktik va tezkor maqsadlariga erishish,
nazorat qilish va tartibga solish borasidagi boshqaruv
qarorlarini axborot ta'minotidir
8.
Zakirova A.
Boshqaruv hisobining maqsadi korxona menejerlarini ishlab
chiqarish-xo‗jalik faoliyatini iqtisodiy nafliligini nazorat qilish,
boshqaruvning ichki vazifalarini yechish va boshqaruv
qarorlarini tayyorlash va ularni asoslash uchun kerak bo‗ladigan
ma'lumotlar bilan ta'minlashdan iboratdir.
|