Statistika jadvallari va grafiklari maqsad



Yüklə 108,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü108,13 Kb.
#169396
1   2   3   4   5   6   7
4 мавз STATISTIKA JADVALLARI VA GRAFIKLARI

guruhi, mln. so’m 
 
Do’konlar soni 
Jami 
Muomala xarajatlari 
tovar oborot 
hajmi mln. 
so’m 
hajmi, ming 
so’m 
Nisbiy 
darajasi, 

1,8-2,8 
17
39,2 
2746
7,01
2,8-3,8 
5
16,0 
990
6,19
3,8-4,8 
8
34,2 
2040
5,95
Jami
30

89,4
5776 
6,46 
Lekin iqtisodiyotda shunday natijalar borki, ularning o’zgarishi bir paytning o’zida bir 
qancha omillarning o’zgarishiga bog’liq. Bu bog’lanishlarni o’rganishda, qisman 
bo’lsada, kombinatsion jadvallardan foydalanish mumkin. 
Kombinatsion jadval deganda, bir marta guruhlangan jadval egasi yana guruhlarga, ular 
yana guruhcha osti guruhlariga ajratilgan, jadval kesimi ham guruhlangan ko’rinish olgan 
jadvallar tushuniladi.
Jadval kesimini ishlab chiqish muhim masalalardan biridir. Kesim birinchidan ega bilan 
uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Jadval o’rganish ob’ekti kesim bo’lib hisoblanmaydi. 
Kesimni to’g’ri va aniq tanlash bilan, uning ko’rsatkichlari yordamida ajratilgan 
guruhlarning xarakterini va ajratib turuvchi eng muhim belgilarini ifodalash mumkin.
Mavjud informatsiya va tekshirishning vazifasi va maqsadiga bog’liq holda kesim oddiy 
va murakkb kesimlarga bo’linishi mumkin. Ko’rsatkichlar birin-ketinlik bilan oddiydan 
murakkabga qarab joylashtirilsa, bu oddiy kesim deyiladi, agarda ular guruhlarga va 
guruhchalarga ajratilsa, murakkab kesim deyiladi. Maqsad va vazifasiga muvofiq u yoki 
bu kesimni qo’llash mumkin.


izohlar mazmuni
Jadvalning alohida qatorlari
4.1 – sxema. Statistik jadvalning maketi
 
 
 
Barcha qatorlarni
mazmunini
ochib beruvchi
ichki sarlavha
Guruhlar, hodisa tiplari
yoki alohida qatorning
mazmunini
ochib beruvchi
yonbosh ichki
sarlavhalar
Ustun va qatorlarni
kesishmasidan hosil
bo’lgan jadval o’qlari
Jadvalga beriladigan turli
Jadval mazmunini, hodisani joyi
va
vaqtini lo’nda ifoda etuvchi sarlavha
Alohida ustunlarni mazmunini
ochib
beruvchi ichki sarlavhachalar
Jadvalning ko’rsatkichlarining
mazmunini ochib beruvchi
to’ldiriladigan kataklar


 
 
 


4.2-sxema. Statistik jadval tasnifi
 


Statistik jadvallarni tuzish va rasmiylashtirish bo’yicha quyidagi qoidalarga amal qilinadi:
1.
Jadval uncha katta bo’lmasligi kerak. Agar o’rganilayotgan to’plam juda murakkab 
bo’lsa, u holda uni bitta jadval yordamida emas, balki bir-biri bilan bog’langan bir nechta 
jadvalda ifodalash zarur.
2.
Jadvalning umumiy sarlavhasi uning mazmunining qisqa ifodasi bo’lishi kerak. 
Unda vaqt, hudud, o’lchov birligi (agar ham ko’rsatkichlar bitta o’lchov birligida 
o’lchansa) ko’rsatiladi. Ustun va qatorlardagi nomlar ham aniq, qisqa va tushunarli 
bo’lishi lozim. Jadvallarda so’z qisqartirishsiz yoziladi. Agar umumiy o’lchov birligi 
bo’lmasa har bir qator va ustun uchun o’zining o’lchov birligi keltiriladi.
3.
Eganing qatorlari va kesimning ustunlari qo’shiladigan bo’laklar tamoyilida 
joylashtiriladi va oxirida jami chiqariladi. Agarda hamma bo’laklar to’g’risida ma’lumot 
bo’lmasa yoki ularni hammasini ko’rsatishga zaruriyat bo’lmasa oldin jami berilib, undan 
keyin shu jumladan degan so’z yozilib eng asosiy yoki kerakli bo’laklar sanab o’tiladi.
4.
Agarda jadval katta bo’lsa, qulaylik tug’dirish uchun jadvalning ustunlariga tartib 
nomeri beriladi, qatorlari bir, ikki va h.k yoki A, B, V harflari bilan belgilanishi mumkin. 
Jadvalda o’zaro bog’liq ma’lumotlar yonma-yon keltiriladi.
5.
Jadvalda qursatkichlar bir-birini tekshira oladigan “soddadan murakkabga” 
tamoyilida joylashtirilishi kerak, bu esa ularni tekshirish imkonini beradi.
6.
Jadvallarni to’ldirishda quyidagi shartli belgilarni to’g’ri qo’llash lozim: agarda 
ma’lumotlar yo’q bo’lsa, uchta nuqta (. . .) qo’yiladi yoki “ma’lumot yo’q” deb yoziladi. 
Hodisa umuman sodir bo’lmagan bo’lsa, tire (-) qo’yiladi. Hisoblanishi lozim bo’lmagan 
katakka iks (x) qo’yiladi. Masalan, jadval qatorida aholining yoshi guruhlari kesimida esa 
ajralgan oilalar soni (har ming kishiga) berilgan. Qatorda birinchi guruh 57 yoshgacha 
bo’lsa, bu qatorni kesim bilan kesishgan katagida “x” qo’yiladi. Bu hammaga tushunarli. 
O’rganilayotgan yil bo’yicha ma’lumoti bo’lmasa, uning tepasiga yulduzcha (*) qo’yib, 
qaysi yilga taaluqli bo’lsa, o’sha yilni ko’rsatish kerak.
7.
Jadval ma’lumotlarining hammasi bir xil aniqlikda bo’lishi kerak (0,1; 0,01; 
0,001va h.k). Foizlar berilayotganda, ayniqsa, ularni dinamikasi, quyidagi qoidaga amal 
qilishi kerak. Masalan, 650 % emas, 6,5 marta deb yozgan ma’qul. Keyin, mutloq 
raqamlarni ham o’qish oson bo’lishi uchun o’lchov birliklari kattaroq yozilgani ma’qul. 
Masalan, qatorda so’m yozib, ustunda quyidagi raqam berilsa 8769618534. Bunday 
raqamlar jadvalda 10 ta bo’lsa, uni hech kim o’qimaydi. Shuning uchun, qatorda so’m 
emas, mlrd.so’m deb berib, ustunda esa 8,8 raqami berilsa jadval ixcham va o’qiydigan 
bo’ladi.
8.
Agarda jadvalda hisobot ma’lumotlari bilan bir qatorda tekshiruvchining hisob- 
kitob usuli bilan olgan ma’lumotlari keltirilsa, bu haqida eslatma berish kerak.
9.
Jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar manbai ko’rsatilishi kerak. Agar 
tekshiruvchining o’zi hisoblagan bo’lsa, qaysi ma’lumotlar asosida hisoblanganligi 
ko’rsatiladi.
10.
Jadval har tomonlama yakunlangan, ya’ni barcha guruh, guruhchalar va umumiy 
to’plam bo’yicha yakunlar chiqarilgan, o’rtachalar hisoblangan bo’lishi kerak.
Bu qoidalarga rioya qilib tuzilgan jadvalni tahlil qilish va uning ma’lumotlari asosida 
kerakli xulosalar chiqarish mumkin. Jadval ma’lumotlarini tahlil qilishni umumiy jamlar 
yoki o’rtachalardan boshlash yaxshi, chunki oldin to’plam bo’yicha umumiy ifodani olib, 


keyin, uning bo’laklari, ya’ni qator va ustunlarini o’rganishga o’tiladi. Bu bilan, birinchi 
navbatda, jadvalning eng muhim elementlari tahlil qilinadi, keyin esa qolganlari.

Yüklə 108,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin