Statistika jadvallari va grafiklari maqsad



Yüklə 108,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü108,13 Kb.
#169396
1   2   3   4   5   6   7
4 мавз STATISTIKA JADVALLARI VA GRAFIKLARI

Maydon o’lchovlari 
– grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, 
ya’ni grafik maydonning o’lchovini ifodalovchi to’r. Amaliyotda keng qo’llaniladigan 
koordinatalar tizimi bu to’g’ri chiziqli koordinata tizimidir (1-rasm). Uning asosan I 
choragidan, ba’zan barcha choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. 
Grafiklarni tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi (2-rasm). Ular vaqt 
bo’yicha tsiklik (davriy) o’zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To’g’ri chiziqli koordinata 
tizimida maydon o’lchovlari vertikal va gorizontal o’qlarda (ordinata va abtsissa o’qlari) 
ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur (asosan o’ng tomondagi 
gorizontal nur), ya’ni koordinata o’qi va unga nisbatan nur burchagi o’lchovlarida 
ifodalanadi.
4.3. Statistik grafiklar turlari
 
 
Statistika xaritasini tasvirlashda esa o’lchovlar kontur to’r (daryo, dengiz, okean va 
mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik 
belgilar orqali ifodalanadi.


1-rasm. To’g’ri chiziqli koordinata tizimi 2- rasm. Qutbli koordinata tizimi 
 
Masshtab (miqyos) 
- bu raqamli ko’rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan o’lchamidir. 
U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni grafik maydonda 
tasviriy nisbatlarga aylantiradi.
Grafik masshtabini belgilashda 
shkala 
muhim ahamiyatga ega. 
Shkala 
deganda aniq 
raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan chiziq tushuniladi. 
Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala raqamlari, shkala nuqtalar 
(3-rasm).
3-rasm. Shkala
Shkala tayanchi to’g’ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo’lishi mumkin. 
Shkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng bo’lmagan holda bo’lishi 
mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo’lsa, bunday shkala teng o’lchovli shkala deb, agar 
oraliqlar teng bo’lmasa teng bo’lmagan o’lchovli shkala deyiladi.
Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqindir (eksplikatsiya).
 
Bu unsur grafikning 
mohiyatini, mazmunini so’z bilan ifodalanishini ta’minlaydi.
Grafik talqin grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba’zi bir 
qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqin qisqa va tushunarli bo’lishi 
lozim.
Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:
1.
Mazmuni yoki vazifasiga ko’ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy miqdorlar 
(tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; variatsion qatorlar 
grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o’zaro bog’lanishdagi ko’rsatkichlar 
grafiklari va boshqalar.
2.
Grafik tasvirni geometrik shakliga ko’ra (4-rasm): nuqtali; chiziqli; yassi (ustunli, 
lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli.
3.
Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra (5-rasm): diagrammalar; statistika xaritalari 
(xaritogramma va xaritodiagrammalar).
 
- 2
Shkala
tayanchi
- 1
shkala
rao’amlari
Shkala
nuo’talari


4-rasm. Grafik tasvirning geometrik shakliga ko’ra grafiklar tasnifi
 

Yüklə 108,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin