sellyulozaga o‘xshagan, lekin fizikaviy strukturasi: makromolekulalari
to‘plamlarini joylashishi va shakli, nadmolekular tuzilishi bo‘yicha paxta va len
tolalaridan keskin farq qiladigan tolalar xosil bo‘ladi.
Bu tolalarning tarkibi
quyidagicha:
-gidratsellyuloza-94%
-yog‘lovchi moddalar-3%
-matirlovchi moddalar-0,1-2%
Viskoza tolalari paxta tolasiga nisbatan yuqori gigroskoplikka, sorbsion
xossaga ega va turli reagentlar ta’siriga chidamsiz xisoblanadi. Gidratsellyuloza
tolalar turli polimerlanish darasiga ega:
-viskoza-300-350
-pollinoza-400-500
-misammiakli-300-400
Viskoza va polinoza tolalarini ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida yog‘och
sellyulozasidan, misammiakli tolallar uchun paxta chiqindilari yoki yog‘och
sellyulozasidan foydalaniladi. Viskoza va polinoza ksantogenat sellyulozadan
shakllantiriladi, bunda ksantogenat omillanadi va gidratsellyulozaga aylanadi.
Misammiakli tolalar sellyulozaning mis gidrooksidni
ammiakli eritmasidan
shakllantiriladi, so‘ngra tola erituvchidan yuvib tashlanadi. Viskoza ip, shtapel
tola ko‘rinishda, polinoza va misammiakli tola shtapel ko‘rinishda
shakllantiriladi. Ulardan mato, trikotaj, kord iplari tayyorlanadi va aralash tolali
(paxta, kapron, lavsan) maxsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Asetat tolalar
Asetat tolalar barcha ishlab chiqriladigan kimyoviy tolalarning 7% ini tashkil
etadi. Asetat tolasi sellyulozaning murakkab efiridan olinadi. Eterifikatsiya darajasi
bo‘yicha diasetat va triasetat tolalar xosil qilinadi. DAS
ni eterifikatsiya darajasi
240-250 va TAS niki 260-300 ga teng. sellyuloza asetatlarini polimerlanish
darajasi 300-400. Ular quruq usulda diasetatni asetondagi eritmasidan va triasetatni
metilenxlorid va metil spirti aralashmasidan shakllantiriladi. Bu tolalarningg
ijobiy xususiyatlari quyidagilardir: yumshoq, kirishmaydi, g‘ijim bo‘lmaydi,
buklanishlarga turg‘un, shaklni yaxshi ushlaydi. Kamchiliklari: elektrlanadi,
ishqalanishga chidamsiz.
Asetat tolalar filament ip va shtapel tola ko‘inishda ishlab chiqariladi.
Ulardan
kuylakli, astarli, erkaklar kuylagili, dekorativ matolar va galustkli,
xamda qalin
kiyimlik matolar ishlab chiqariladi. Asetatlar PA, PE, PAN, jun va viskoza tolalari
bilan birgalikda xam ishlatilinadi. TAS kalavasidan kompleks iplar tayyorlanadi.
Ulardan yana izolyatsion materiallar sifatida xam foydalaniladi. Asetat tolalari
tarkibida titan-1,3%, yog‘lovchi moddalar-2,5-3%, tuzlar-0,15% gacha va 0,5 %
gacha erituvchi bo‘ladi.