Ma’ruza 2 2-Mavzu: Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari Reja



Yüklə 479,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix28.11.2023
ölçüsü479,74 Kb.
#169484
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari (2)



Ma’ruza 2 
 
2-Mavzu: Tolalarning sinflanishi. Tolalar va ularning xossalari 
 
Reja 
 
 
1.
Tolalarning sinflanishi va umumiy xossalari 
2.
Tolalar xaqida umumiy ma’lumotlar, turli tolalarga suv va xarorat ta’siri. 
3.
Tabiiy tolalarning xossalari 
4.
Sun’iy tolalarning xossalari 
5.
Sintetik tolalarning xossalari 
Adabiyotlar 
1.
Кричевский Г.Йе., Корчагин М.В., Сенахов A.В. ХТТМ, М., 
Легпромбытиздат, 1985, 640 с. 
2.
 
Отделка х/б тканей. Справочник. т.1, М.: Легпромбытиздат, 1991, 432 с

3.
«To‘qimachilik materiallari kimyoviy texnologiyasi» ma’ruzalar matni. 1, 2 
qism. Tashkent, 2000, Abdukarimova M.Z. va boshqalar. 
 
Nazorat savollari 
 
1.
Tolalarning sinflanishini batafsil tushuntrib bering?
2.
Gidrofil, gidrofob, termoplastik va termoreaktiv tolalar deganda nimani 
tushunasiz? 
3.
Qaysi tolalar yuqori mexanik xossaga ega? 
4.
Tabiiy tolalarning umumiy xossalari nimada? 
5.
Gidratsellyuloza va asetat tolalarining o‘zaro farqi nimada? 
6.
Sintetik tolalarning umumiy xossalari va o‘zaro farqi.
 
1.Tolalarning sinflanishi va umumiy xossalari 
Xozirgi kunda to’qimachilik sanoati turli tabiiy va kimyoviy tolalarni 
ishlatadi. Bu tolalarning barchasi bir-birlaridan o’zlarining kimyoviy, fizik-
mexanik, mexanik xossalari va ishlatilish sohalari bo’yicha farq qiladilar. SHu 
bilan birga ulardagi ba’zi bir o’xshashliklar tolalarni sinflarga ajratish imkonini 
beradi.
Tolalarni kelib chiqishi va polimer makromolekulasining kimyoviy 
tuzilishiga asosan barcha to’qimachilik tolalarini sinflarga ajratish mumkin. Barcha 
to’qimachilik tolalari tabiiy va kimyoviy turlarga bo’linadilar. Tabiiy tolalar kelib 
chiqishiga ko’ra uch turga bo’linadi:
1. o’simlik asosidagi.
2. Xayvonot asosidagi.
3. Minerallar asosidagi.


Kimyoviy tolalar o’z navbatida ikki guruxga bo’linadi - sun’iy va sintetik. 
Sun’iy tolalar tabiiy polimerlarni kimyoviy qayta ishlash va sintetik tolalar esa 
sintetik polimerlardan olinadi.
Sun’iy tolalar yana ikki guruxga - organik va anorganik tolalarga 
bo’linadilar. Sun’iy organik tolalar to’qimachilik sanoatida, sun’iy anorganik 
tolalar esa asosan texnikada qo’llaniladi.
Sintetik tolalar kimyoviy tuzilishiga ko’ra karbozanjirli va geterozanjirli 
turlarda bo’ladilar. Karbozanjirli polimerlarning asosiy makromolekulasi uglerod 
atomidan tuzilgan bo’ladi. Geterozanjirli polimerlarning asosiy makromolekulalari 
uglerod atomidan tashqari kislorod va azot atomlaridan ham tashkil topgan bo’ladi. 
To’qimachilik tolalarining sinflanishi quyidagi 1.1- jadvalda keltirilgan.

Yüklə 479,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin