Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish, shuningdek jazoni yengilrog‘i bilan
almashtirish sud tomonidan Jinoyat-protsessual kodeksining
536-moddasida
belgilangan tartibda
qo‘llaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
472-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkum jazo muddatining Jinoyat kodeksi
73
,
74
,
89
va
90-moddalarida
belgilangan
qismini o‘tab bo‘lganidan so‘ng bir oylik muddat ichida jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ
ma’muriyati uni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoning o‘talmagan
qismini yengilroq jazo bilan almashtirishga taqdim etish masalasini agar mahkum yoki uning
advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan bo‘lsa ko‘rib chiqishi hamda
taqdim qilish yoki rad etish haqida qaror chiqarishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
473-bandi
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
(164-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Ma’muriyat mahkumni jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilishga yoki jazoni
yengilrog‘i bilan almashtirishga taqdim etishni rad etgan taqdirda mahkum yoki uning advokati sudga
tegishli iltimosnoma bilan murojaat etishga haqli.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mahkumni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga yoki jazoni
yengilrog‘i bilan almashtirishga taqdim etish masalasini ma’muriyat tomonidan qayta ko‘rib chiqish
jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining yoki jazoni ijro etuvchi organning jazoni o‘tashdan
muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishni rad etish
haqidagi qarori chiqarilgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach, basharti mahkum tuzalish yo‘liga o‘tgan
bo‘lsa, amalga oshiriladi.
(164-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi O‘RQ-817-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son)
Muayyan huquqdan mahrum etish tariqasidagi jazodan ozod qilish jamoat birlashmasi,
jamoa, mahkumning o‘zi yoki uning himoyachisi iltimosnomasiga binoan sud tomonidan amalga
oshiriladi.
Sud jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishni
rad etgan taqdirda, bu haqda ajrim chiqqan kundan boshlab kamida olti oy o‘tganidan keyin
taqdimnoma takroran kiritilishi yoki iltimosnoma takroran berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
474 — 480-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.), Oliy Sud Plenumining “Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari ozod qilish va jazoni yengilrog‘i bilan
almashtirish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
.
Dostları ilə paylaş: