Zbekiston respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksi umumiy qism


-BOB. JAZO IJROSINI TUGATISh



Yüklə 10,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/110
tarix29.11.2023
ölçüsü10,18 Mb.
#169628
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110
25.04.1997 (1)

29-BOB. JAZO IJROSINI TUGATISh 
167-modda. Jazo ijrosini tugatish asoslari 
Quyidagilar jazo ijrosini tugatish uchun asos bo‘ladi:
mahkumning sud tayinlagan jazo muddatini o‘tab bo‘lishi; 
ushbu Kodeksning 
163-moddasida 
nazarda tutilgan hollarda mahkumning jazoni o‘tashdan 
muddatidan ilgari ozod qilinishi;
sud hukmining bekor bo‘lishi va ish yuritishning tugatilishi;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
hukmning kassatsiya tartibida o‘zgartirilishi va jazoning shartli hukm bilan almashtirilishi;
(167-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 26-apreldagi O‘RQ-
833-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son) 
mahkumning vafoti. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
487-bandi 
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-y.).
168-modda. Jazo ijrosini tugatish vaqti 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash
ozodlikni cheklash, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning ijrosi 
mazkur jazo muddatiga qonunchilikka muvofiq kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishlarni hisobga 
olgan holda bu muddatning oxirgi kuni tugatiladi. 
(168-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
Agar jazo muddati dam olish yoki bayram kuni tugaydigan bo‘lsa, mahkum ushbu dam olish 
yoki bayram kunidan bir kun oldin ozod qilinadi. Muddat oylar bilan hisoblangan taqdirda bu muddat 
keyingi oyning tegishli kuni, agar mazkur oyda shunday kun bo‘lmasa — shu oyning oxirgi kuni 
tugaydi. 
Jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyati mahkumni muddatidan ilgari ozod 
qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni ish kuni tugaguniga qadar olgan bo‘lsa, shu zahoti, ish kuni tugaganidan 
keyin olgan bo‘lsa, ertasi kuni ertalab ijro etadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni 
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning 
488 — 490-bandlari
 (ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.).

Yüklə 10,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin