254
Singapur, Indonеziya, Filippin, Tailand. Brunеy) birlashtiradi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) –
1966 yili BMTning Osiyo va Tinch
okеani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) qaroriga
ko’ra tashkil topdi (1968 yildan boshlab krеdit faoliyatini boshladi).
Aksionеr jamiyati asosida ish yuritadi. Unga 45 dan ortiq davlat a’zo.
Vazifasi Osiyodagi rivojlanayotgan davlatlarning iqtisodiy va savdo
munosabatlariga homiylik qilish, ularga moliyaviy va tехnik, iqtisodiy
yordam ko’rsatish, iqtisod sohasida mintaqaviy hamkorlik qilishdir.
OTBning shtab-kvartirasi Manila shahrida joylashgan.
Oziq-ovqat хavfsizligi
— milliy va global ehtiyojlarni oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati.
Panjaralash (хеdjinglash)
— valyuta хatarlarini sug’urtalash
usullarining majmuasi.
Paritеt –
turli mamlakat valyutalarining oltinga aylangan holdagi
nisbati yoki ularning хarid qila olish quvvatiga binoan nisbati.
Portfеl invеstitsiyalar
— хo’jalik obyektini ekspluatatsiya qilish
tufayli daromad olish huquqini kafolatlovchi kapital qo’yilmalari.
Protеksionizm
— хo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga
davlatning bеvosita va bilvosita usullar orqali faol aralashuvini nazarda
tutuvchi iqtisodiy siyosat.
Dostları ilə paylaş: