hollarda qo‘llanadi, talabnomada mazkur to‘lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy
hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak.
Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan
kunning ertasiga to‘lanadi.
To‘lovchi unga xizmat ko‘rsatadigan bank muassasasiga mazkur bank muassasasi
talabnomani olgan kundan so‘ng 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunni hisobga
olmaganda, akseptdan voz kechishi to‘g‘risida aytish huquqiga ega.
Zarurat tug‘ilganda korxonaning so‘roviga binoan bank muassasasi rahbari
talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi mumkin.
Inkassa topshiriqnomalariga binoan to‘lovlar hisobi korxonalar schyotlaridagi
mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan o‘chirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi:
budjetga to‘lovlar bo‘yicha boqimandalar, jarimalarni undirishda va mablag‘larni
hisobdan o‘chirishning so‘zsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilarning
farmoyishlari bo‘yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo‘yicha.
Mablag‘larni schyotlardan so‘zsiz tartibda hisobdan o‘chirish undiruvchilarning
to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida
amalga oshiriladi.
Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasidan
oladi. Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar, kasallik varaqasi bo‘yicha nafaqalar, mukofotlar,
xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari uchun naqd pullarni bank cheki asosida
korxonaning hisob- kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi.
Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko‘rsatilgan naqd pul
summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyohda yoki
sharikli ruchkada to‘ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining nomi,
shuningdek, olingan summaning nima maqsadda ishlatilishi ko‘rsatiladi.
Pul badallari haqidagi e’lon bilan hisob-kitob schyotiga naqd pullar topshirilganligi
rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat bir nusxada to‘ldiriladi va unda to‘lanadigan pulning
hosil bo‘lish manbayi ko‘rsatiladi. Bank qabul qilingan pulga kassirga kvitansiya beradi,
u buxgalteriyada kassa chiqim orderini tuzish va kassa bo‘yicha pul mablag‘larini
hisobdan chiqarish uchun asos vazifasini o‘taydi.
Dostları ilə paylaş: