Xaridor korxona o‘zining bankiga akkreditiv ochish haqida ariza topshiradi. Bank
xaridor korxonaning ma’lum miqdordagi mablag‘ini deponentlashtiradi va bu haqida mol
yetkazib beruvchi bankka ma’lum qiladi. Akkreditivni korxona o‘z mablag‘lari yoki bank
qarzi hisobidan ajratishi mumkin.
Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitob muomalalari amalga
oshirilganda quyidagicha
schyotlar aloqasi belgilanadi:
Maxsus schyotlarni korxona o‘z vakili orqali uzoq muddat ichida xo‘jalik faoliyatini
qaysi ma’muriy hududda olib boradigan bo‘lsa o‘sha joyning bankida ochadi.
Akkreditiv va maxsus schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblar 5510- «Akkreditivlar» degan
schyotda hisobga olinadi. Bu hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi 3- jurnal
orderda yuritiladi.
Rejalik to‘lovlar - korxonalar orasida muttasil tovar-material qiymatliklar jo‘natilib
yoki xizmatlar ko‘rsatilib turilsa, amalga oshiriladi.
Rejali to‘lovlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar
hisobi mol yuboruvchining
balansida 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» bunda «Rejali
to‘lovlar hisob-kitobi» analitik schyotida yuritiladi.
Analitik hisob 7 vedomostda har bir debetor bo‘yicha yuritilsa, olib borilsa, sintetik
hisob 11-jurnal orderda yuritiladi.
Cheklar bo‘yicha hisob-kitob bir shahar ichida amalga oshiriladi. Hisob-kitob cheki
orqali schyot egasi o‘z schyotidan ma’lum summani chek olgan korxona schotiga
o‘tkazish haqida ko‘rsatma beradi. Chek mol yetkazib beruvchi vakiliga berilgan kundan
boshlab 10 kun davomida haqiqiy bo‘lib, so‘ngra o‘z kuchini yo‘qotadi.
5520-«Chek daftarchalari» schyoti bo‘yicha 3-jurnal order yuritiladi.
Cheklar
bo‘yicha muomalalarga quyidagicha schyotlar aloqasi beriladi.
Dostları ilə paylaş: