ular ham o'qilganda 6 bo‘g‘inli turoqlarga vaznda tengdek
taassurot qoldiradi. Ya’ni xuddi rus sillabo-tonik she’riyati
negizida paydo bo'lgan erkin she’r (вольный стих) o'zida
sillabo-tonik she’rga xos belgilar (stopalar)ni saqlab qol-
gani kabi, o'zbek erkin she’ri ham o‘zida
barmoqqa xos
turoqlanishni saqlaydi. Shunga o'xshash, mashhur «Binaf-
sha» she’ridagi ritmiklik 3 bo‘g‘inli turoqlaming erkin takrori
asosida yuzaga keladi:
Binafsha senmisan, binafsha senmi -
6+5
Ko‘chada aqchaga sotilgan?
3+3+3
Binafsha menmanmi, binafsha menmi -
6+5
Sevgingga, qayg'ungga tutilgan?
3+3+3
Binafsha, nimaga bir ozroq ochilmay,
3+3+6
Bir erkin kulmasdan uzilding?
6+3
Binafsha,
nimaga hidlaring sochilmay,
3+3+6
Yerlarga egilding, cho‘zilding?
6+3
Binafsha,
3
Ayt menga,
3
Kimlardir ularkim,
6
Ignalar bag‘ringga sanchalar?
3+6
Binafsha,
3
Bir so'yla,
3
U qanday qo‘llarkim,
3+3
Uzalar, hidlaylar, yanchalar?
3+3+3
Binafsha, shunchalar chiroyli yuzing bor,
3+3+3+3
Ko'nglimga isriklik to'kmaysan.
3+3+3
Nimaga uzoqroq kulmaysan?
3+3+3
Binafsha, shunchalar tortguvchi fusing bor,
3+3+3+3
Binafsha, yiglama, binafsha, kel beri,
3+3+3+3
Qayg‘ungni qayg'umga qo‘shgil,
3+3+3
Binafsha, sening-chun ko'kragim -
erk yeri,
3+6+3
Bu yerdan ko‘klarga uchgil!
3+5
347
www.ziyouz.com kutubxonasi
Binafsha, go‘zalim, qayg'ulim, kelmaysan,
3+3+3+3
Qayg'ung zo‘r, qayg'umni bilmaysan,
3+3+3
Menga bir kulmaysan!..
3+3
Hozirgi o'zbek she’riyatida ancha keng qo'llanayot-
gan she’r shakllaridan biri
sarbastdir.
Erkin she’rdan farq
qilaroq, sarbastni barmoq bilan boglashi mumkin bo‘lgan
turoqlanish ham mutlaqo erkindir. Sarbastda ohangdorlik
ritm asosida emas, ko‘proq
intonatsiya hisobiga yuzaga
chiqadi.
Avval yashashni o'rgan, /
•
7
Keyin olishni. //
5
Keyin /
2
Sochilgan suyaklaringni yig'ib, /
10
Yana jon ato qil / o'zingga o'zing. //
6+5
So‘ngra / o‘limning ko'ziga / tik qara.//
2+6+3
Joningni olsa olibdi-da! //
9
Bir qarashda 1-, 2- va 3-, 4-misralar yig'ilsa, vaznda
o'zaro tenglik hosil bo'ladigandek ko‘rinishi mumkin. Biroq
bu - yanglish tasavvur. Chunki bu yerda ritmik-intonatsion
va mazmuniyjihatdan dastlabki ikki misra bitta, keyingi uch
misra esa boshqa bitta nisbiy tugallikni hosil qiladi.
Shun-
ga o'xshash, 5-misra bilan 6-misra ham boshqa-boshqa
nisbiy tugallikka mansub. Bundan tashqari, ushbu mis-
ralardagi turoqlanish tartibidagi keskin farq bo‘g‘inlar soni
tengligi yuzaga chiqarishi mumkin bo'lgan vazndoshlikni
keskin susaytiradi. Sarbastda yozilgan she’rning an’anaviy
barmoq yoki aruzdagi she’rdan farqli jihatlaridan
biri shu-
ki, u avvalboshdan ma’lum maromga solinmaydi, unda
muayyan maromga mos kechinmalar ifodalanmaydi. Ak-
sincha, bundagi fikr-tuyg‘uga mos ohang so'zning ma’no-
348
www.ziyouz.com kutubxonasi
si asosida yuzaga keladi, ya’ni bu o'rinda ma’no asosida
o‘qiymiz, so'zlarni ham shunga mos ohanglarga o‘raymiz.
Shu bois sarbastda intonatsion-sintaktik vositalar hal
qiluv-
chi ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: