Tabiiyki, misradagi bo‘g‘inlar soni she’rning ritmi, shu-
ningdek, o‘sha ritm asosida
yuzaga keluvchi ohangning
o'ziga xosligini belgilaydi. Shuning uchun ham ifodalana-
yotgan mazmunga mos olchovni tanlay bilish she’rning
muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim omillardan bo'lib qola-
di. Masalan, bo‘g‘inlar soni kam bo'lgan vaznlarda o'ynoqi,
biroz shiddatli ohang yuzaga keladi:
Keyin ne boldi,
(2+3)
Keyin to‘y bo'ldi,
(2+3)
Qolmadi sirlar
(3+2)
Jiyda tagida...
(2+3)
(M.Yusuf)
Buning ziddi o'laroq, ko‘p bo‘g‘inli
vaznlarda vazmin
ohang hosil bo'ladiki, chuqur falsafiy mazmunli sheYlar-
ning aksari shunday vaznlarda yoziladi:
Я
Men bu cho'llar qo'ynida tug'ilib topdim kamol, (7+7)
Ko‘hna sardobalarda ko'milib qoldi dardim.
(7+7)
Lekin nar ars(i)londan sut talab qilgan misol
(7+7)
Olis shahar, toglardan ilhomimni axtardim.
(7+7)
(A.Oripov)
Shuni
ham unutmaslik kerakki, bo‘g‘inlar soni bir xil
bo'lgani holda, turlicha turoqlangan sheYlarning ohang-
dorlik jihatidan sezilarli farqi boladi. Yuqoridagi o‘n to'rt
bo‘g‘inli sheYda 7+7 tarzidagi turoqlanish bo'lgani
uchun
ham unda falsafiy mushohadaga mos vazmin, o'ychan
ohang yuzaga kelgan bo'lsa, o‘zgacharoq tarzda turoqlan
gan o‘n to‘rt bo‘g‘inli quyidagi parchada endi butkul bosh-
qacha - shiddatkor o‘ynoqi ohang hosil boladi:
341
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qush bo'lib qochar bo'lsang, tarlon bo'lib quvgayman,
Tog'larda sharsharadek g'uboringni yuvgayman.
Har mushkul, har xatarda har balodan saqlagum,
Qayrilsang-qayrilmasang, o'lguncha ardoqlagum.
(3+4/4+3)
(3+4/4+3)
(3+4/4+3)
(3+4/3+4)
(Mirtemir)
Misradagi bo‘g‘inlarning qay tartibda turoqlangani she’r-
ning ritmik-intonatsion xususiyatlariga sezilarli ta’sir qiladi.
Barmoq tizimidagi vaznlar rang-barangligi
aynan shuning
hisobiga yuzaga keladi. Turoqlanish tartibining ritm va
ohangni hosil qilishdagi rolini yana ham yorqinroq tasav-
vur qilish uchun she’riyatimizda ancha keng tarqalgan o‘n
bir bo‘g‘inli she’rlaming turlicha turoqlangan ko'rinishlariga
e’tibor qiling:
1) Men nechun sevaman 0 ‘zbekistonni,
Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo?
Nechun Vatan deya yer-u osmonni,
Muqaddas atayman, atayman tanho?
11 (6+5)
11 (6+5)
11 (6+5)
11 (6+5)
(A.Oripov)
2) Ko'nglimga cho‘g‘ soldi, cho‘g‘ soldi,netay, 11 (6+3+2)
Javdirab-javdirab jayron boqishi.
Xanjarsiz jon oldi, jon oldi, netay,
0 ‘sha nozik ado, jonon boqishi.
3) Men yo'qman. Yolg'onlar meni yo'qotdi.
Chin gaplar sevgimga qilmadi karam.
11 (6+2+3)
11 (6+3+2)
11 (6+2+3)
(Mirtemir)
11 (3+3+5)
11 (3+3+5)
(U.Azim)
4) Ohista-ohista yog‘adi yomg‘ir,
Ohista-ohista qo‘zg‘alar shamol.
Ohista-ohista to‘kar yumshoq nur
Bulutlar bag‘ridan ko'ringan hilol.
11 (3+3+3+2)
11(3+3+3+2)
11 (3+3+2+3)
11 (3+3+3+2)
(U.Azim)
342
www.ziyouz.com kutubxonasi
5) Ko'nglim qolgani yo‘q yorug' olamdan,
Xayolimda yo'qdir na viqor, na kin.
Baribir bir kuni sizdan
ketaman -
Qayga ketganimni bilmaydi hech kim.
11 (6+2+3)
11 (6+3+2)
11 (6+2+3)
11 (6+3+2)
(U.Azim)
6) Kuzakning besohib kechalarida
lzg‘irinlar yelar, yomg‘ir!ar ezar...
Dunyoning ho‘lzulmat ko'chalarida
Tentirab kezinar yolg'iz deraza.
11 (3+3+5)
11 (6+5)
11 (3+3+5)
11 (6+5)
(U.Azim)
E’tibor berilsa, yuqoridagi she’rlarda misralardagi bo‘-
g'inlar soni teng bolgani holda, íuroqlanishning o‘zaro
munosabati turlicha ekanini ko'rish mumkin: misralardagi
turoqlarning aynan mos kelishi (1, 3), juft va íoq misralar
dagi turoqlarninggina o'zaro mos kelishi (2, 5, 6),
uchinchi
misrada turoqlanishning biroz farqli bo'lgani holda, qol-
ganlarining aynan mos kelishi (4) kabi hollarni kuzatamiz.
Turoqlanishning misralararo munosabatidagi bu xil turli-
chalik she’rlardagi ohangning farqli, o'ziga xos bo'lishiga
xizmat qiladi.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida
barmoq tizimidagi vazn-
larning sodda va qo'shma turlari ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: