rini birlikda olib o‘rganishni
(kontekstual tahlil)
taqozo etsa,
ikkinchisi asarga alohida mavjudiik sifatida qarab, uning
ichki aloqalarini o‘rganish
(immanent tahlil)
bilan chekla-
nadi. Mazkur qarashlarning ikkisini
ham mutlaqlashtirib
bo'lmaydi, bu o'rinda «oraliq» mavqening egallangani, har
ikki yo'sindagi tahlilning ham mavjudügini, ularning bir-biri-
dan ko‘zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan farqli ekan-
ligi tan olingani to'g'riroq bo'ladi.
Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o‘r-
ganuvchi soha - germenevtikaning asosiy qoidasi shuki:
qismni butun, butunni qism orqali tushunish darkor. Bu
qoida yuqoridagi tahlil yo‘sinlarining ikkisiga ham birdek
aloqador. Faqat bu oYinda immanent tahlil «kontekst»
tushunchasini asar
doirasi bilan cheklab olsa, kontek
stual tahlilda «kontekst» ko'lami kengayib boradi (konk
ret asar «yozuvchi biografiyasi», «muallif yashagan davr
shart-sharoitlari», «muallifning ijodiy merosi», «asar
yaratilgan davr adabiyoti», «milliy adabiy an’analar»
kabi kontekstlar doirasiga kiradi). Kontekstual tahlil asar
ga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunish-
ga yo‘l ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan nar-
salarga (va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan
holda o'quvchiga o‘z mazmunini shakllantirish imkonini
beradi. Mutaxassisdan farqli olaroq, oddiy o'quvchining
asarni tushunishida immanent tahlil
unsurlari yetakchilik
qiladi (shu bois ham o'quvchilar ongida konkret asar
ning turfa talqinlari mavjud). Zero, aksariyat o‘quvchilar
uchun konkret asarning qay maqsadda, qanday omillar
ta’sirida yozilgani ahamiyatsiz - ular asarning o'zinigina
taniydilar, uning o'zidangina zavq oladilar. Aksincha, ada-
biyotshunos uchun bularning bari muhim, chunki asarni
tarixiylik tamoyiliga tayanib,
biografik yoxud sotsiologik
metodlar (kontekstual tahlil) asosida tekshirib chiqaril-
gan xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji
461
www.ziyouz.com kutubxonasi
hamda badiiy did tarbiyasiga faqat bilvosita ta’sir qiladi,
bu xil xulosalar bilan badiiy didga bevosita ta’sir qilishga
urinish esa adabiyotga faqat ziyon keltiradi. Demak, badi
iy asarni alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida
ham tushunish (tahlil va talqin qilish)
mumkin - ikkisining
ham o‘z o‘rni, vazifasi va maqsadi tayin.
Badiiy asarni kontekstual tahlil qilishda unga turli jihat-
lardan yondashish mumkinki, shu asosda bir qator tahlil
metodlari farqlanadi.
Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yo'li
kontekstida o‘rganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda
ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator o'rinlar
muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi.
Shunga ko‘ra, biografik metod asarga muallif tomonidan
yuklangan mazmunni anglashda
yetakchi ahamiyat kasb
etadi. Masalan, yuzaki qaraganda, A.Qahhorning « 0 ‘g‘ri»
va «Dahshat» hikoyalari o'tmishdan bahs yuritadi, «qora
o‘tmish»ni sho‘ro adibi g'oyaviy mavqeyidan turib tasvir-
laydi, xolos. Biroq ular biografik kontekstda olinsa, adib
har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr muammolarini
qalamga olgani, atrofida kechib
turgan ijtimoiy hodisalar
mohiyatini anglash va o‘zi anglagan haqiqatlarni ifoda-
lashga harakat qilgani ko'rinadi.1 Yozuvchi o‘zi bevosita
ko‘rgan, guvohi bo'lgan voqea-hodisalar, o‘zi kuzatgan
hayotiy holatlar-u manzaralar, turfa fe’l-xo‘yli
odamlar-u
ularning o'zaro munosabatlari yozgan asarlarida u yoki bu
yo'sinda, turli maqsadlar bilan o‘z aksini topadi. Masalan,
Oybekning « 0 ‘ch» poemasi, «Qutlug' qon» romani, «Mah
mud Torobiy» dramatik dostoni - bularning hammasi «Bo-
lalik» qissasidan ancha ilgari yaratilgan. Shunga qaramay,
masalan, « 0 ‘ch»dagi qozoq dashtlari tasviri, «Qutlug'
Dostları ilə paylaş: