muhim jihati, adabiy asa r-tu g a l butunlik, u o‘z-o‘zichayoq
bekam - boshqa hech narsaga, hech bir unsurning qo‘shi-
lishiga ehtiyojmand emas. Bu butuniikdagi biror-bir unsur-
ni asar mazmun-mohiyatiga putur yetkazmagan
holda olib
tashlash mumkin emas. Sababi, uni tashkil qilayotgan un-
surlarning bari bir-biri bilan mustahkam aloqada va ayni
shu aloqalar asosida butunlik yuzaga keladi.
Demak, adabiy asar - sistem butunlik. Sistema degan-
da esa, ma’lumki, bir-biri bilan muayyan munosabat va
aloqadagi qismlardan tarkib topgan butunlik tushuniladi.
Ya’ni u monolit emas, lekin
qismlar orasidagi aloqa va
munosabatlar shu qadar muhimki, ularning yetarli ang-
lanmasligi asarni chala, hatto o‘z mohiyatidan o'zgacha
tushunishga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, siste-
madagi unsurlar - har bir qism mohiyati butun tarkibida
namoyon boladi, o‘z
navbatida, butun qismlar orqali tus
huniladi. Shunga ko‘ra, badiiy asarni o'qiyotgan odam,
birinchidan, asardagi har bir qismni alohida va boshqa
qismlar bilan aloqada, ikkinchidan, asarni butun holicha
tasavvur eta bilmogl lozim. Aytaylik,
matnning bir qismi-
dagi konkret unsur uning boshqa bir qismidagi unsur bi
lan mazmuniy aloqaga kirishadi. Lekin bu aloqa bevosita
emas (ya’ni matnda boglanish yo‘q), buning ustiga, yo-
zuvchi unga hech qanday ishora qilmagan. Biroq ularning
har ikkaiasi ham butunning qismi bo'lgani uchun asarning
mazmun-mohiyatini ochishda bu aloqa muhimdir. Tamsil
qilsak, elektr manbaiga ulangan
ikkita simning uchi bir-bi-
riga tegizilganda uchqun chiqqanidek, ongimizda o‘sha
ikki qismni bir-biriga to'qnashtirganimizda uchqun chiqadi
- mazmunning yangi bir qirrasi kashf etiladi. Buni konkret
misol yordamida ko‘rib o‘tish foydadan xoli emaski, yana
« 0 ‘tkan kunlar»ga murojaat qilib, Hasanalining Ziyo shohi-
chi xonadoniga maslahatga borganini eslaymiz:
«Hasanali Ziyo shohichining tashqarisig'a kelib
kirdi-da,
mehmonxona darichasiga qaradi. Daricha tirqishidan
126
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko‘rilgan yorugliq mehmonxonada kishi borliqni bildirar
edi. Hasanali tuzatinib oldi va ichkariga kirdi. Ziyo shohi-
chi namoz o‘qumoqda bo‘lib, mehmonxona chet kishidan
xoli edi. Bu tasodufdan Hasanali so'yindi va Ziyo akaning
namozni bitirishini kutib o'lturdi».
Hasanali
birovning avval tashqisiga, so‘ng to meh-
monxonasiga qadar sira ovoz bermay kirib borgani ziyrak
o'quvchini hayron qoldirishi, unda e’tiroz qo‘zg‘ashi tabiiy.
Axir, o'zbekda birovning xonadoniga kelganda sharpa
berish, chaqirish odat emasmi? Shunday. Biroq bundan
oldingi abzatsda aytilishicha, Hasanali Ziyo shohichinikiga
borish qasdi bilan ko‘chaga
chiqqan paytda
Dostları ilə paylaş: