Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Sanoat namunalari
— ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi buyumlar va xalq iste’moli 
tovarlarining tashqi qiyofasini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik yechimlaridan foydalanish 
huquqi. Sanoat namunalariga hajmiy model (avtomobil, stanok, mebel va hokazo) yoki yassi 
tasvir-sanoat naqshlari (gazlama, gilam gullari, shrift shakli va hokazo) misol bo‘la oladi; 

Dasturiy ta’minot
— texnik dastur vositalari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bo‘yicha 
texnik va foydalanish hujjatlari yig‘indisi; 

Gudvill
— korxonani xarid qilish chog‘ida yuzaga keladi va sotib olinayotgan korxona uchun 
haq hamda uning sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi (bozor) 
qiymati o‘rtasidagi farq;

Tashkiliy xarajatlar 
— yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni barpo etish xarajatlari, ya’ni ishni 
boshlash xarajatlari; 

Franshizalar
— bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli aktivlardan, shu jumladan, 
savdo markalari va atamalari kabi nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqining berilishi, buning 
ustiga, bevosita belgilanishi bo‘yicha mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan 
xizmatlar (tovarlar)ning belgilangan sifat standartlariga rioya qilish bunday huquq berilishlarining 
majburiy sharti hisoblanadi; 

Mualliflik huquqlari
— ilmiy, adabiy, musiqa yoki boshqa asarlarni nashr qilish, ijro etish 
yoki boshqa turdagi foydalanish huquqi; 

Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi
— xo‘jalik yoki boshqa maqsadlarda yer va 
boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni ta’minlovchi huquq, ammo yerdan foydalanish huquqi 
mazkur yer uchastkasini mulk qilib olishni bildirmaydi. 
Nomoddiy aktivlarni baholashda «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga asoslanilish 
lozim. Nomoddiy aktivlarni baholashda quyidagi baho (qiymat)lardan foydalaniladi: 


Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin