Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik
nomoddiy aktivlar - moddiy-
ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan xo‘jalik faoliyatida
foydalanish maqsadida nazorat qilinadigan, shuningdek uzoq vaqt (bir yildan ko‘p) ishlatish uchun
mo‘ljallangan mol-mulk ob’ektlari.
Nomoddiy aktivlar tarkibiga jismoniy, oshkora (ko‘rinib turadigan) shaklga ega bo‘lmagan, lekin
korxonaga daromad keltiradigan vositalar kiradi.
Umumiy tarzda nomoddiy aktivlar deganda sanoat va aqliy mulk ob’ektlarining qiymati,
mulk huquqi ob’ekti sifatida tan olinadigan boshqa shunga o‘xshash mulkiy huquqlar, shuningdek,
uzoq muddatli chiqimlar tushuniladi.
Nomoddiy aktivlar ta’rifi aktivdan xo‘jalik faoliyatida foydalanilishi va jismoniy
mohiyatga ega bo‘lmasligi (pul emasligi)ni taqozo qiladi. Aktivlarni yuridik huquqlar, shu
jumladan, mulk huquqi tarzida bo‘lgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanish mumkin
bo‘lgan holda jismoniy ko‘rinishga ega bo‘lmagan aktivlar nomoddiy aktivlar ta’rifiga javob
beradi.
Aktivning yuridik huquqini belgilaydigan shartnoma ushbu huquq bilan ifodalash yo‘li
bilan belgilanishi mumkin emas. Bunday aktivlar muhim ekanligini belgilash uchun xo‘jalik
yurituvchi sub’ektga ushbu aktivdan qanday foydalar olinishini aniqlash imkonini beradigan bir
qator omillarni hisobga olish lozim.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xo‘jalik faoliyati jarayonida nomoddiy aktivlarni xarid qilish,
rivojlantirish va ko‘paytirish bo‘yicha majburiyatlar oladi. Korxonaning nomoddiy aktivlari
tarkibida patentlar, litsenziyalar, aqliy mulk va savdo markalari aks ettiriladi. Tanho huquqlar,
kompyuter dasturlarini ta’minlash, mualliflik huquqlari, mijozlarning ro‘yxatlari, litsenziyalar,
marketing huquqlari, import kvotalari, tashkiliy xarajatlar (yangi xo‘jalik yurituvchi sub’ektni
barpo etish xarajatlari ya’ni boshlash xarajatlari), nou-xau, bozor to‘g‘risidagi bilim, texnik
ko‘nikmalar va boshqalar amaliyotda uchraydigan nomoddiy aktivga oddiy misollar bo‘ladi.