♦
bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra hisobdan
chiqarilganida;
♦
nomoddiy aktivning amal qilish muddati tugagach hisobdan chiqarilganida;
♦
boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shilganida;
♦
huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida boshqa shaxslarga tekin topshirilganida.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya
hisobida aks ettirish uchun quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
♦
egalik qilish huquqi boshqalarga berilganida - huquqni boshqa birovga berish to‘g‘risidagi
shartnoma, haq olinganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati va boshqa hujjatlar, huquqni boshqalarga
berish qiymatini baholash to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi xulosasi, chiqib ketish dalolatnomasi;
♦
amal qilish muddati tugatilganligi tufayli hisobdan chiqarilganida - hisobdan chiqarish
to‘g‘risidagi dalolatnoma;
♦
boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo‘yganida - ta’sis hujjatlari, foydalanish huquqini
boshqa birovga berish to‘g‘risidagi shartnoma, foydalanish huquqini boshqalarga berish qiymatini
baholash to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi xulosasi, foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi
shartnoma bo‘yicha qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi;
♦
tekinga berilgan taqdirda - foydalanish huquqini boshqa birovga berish to‘g‘risidagi
shartnoma, foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qabul qilib olish-
topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi.
Nomoddiy aktivlar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati nomoddiy aktivlarni
hisobga olishning tegishli hisobvaraqlari kreditidan 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va
boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag‘i debetiga hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlarni chetga
sotishdan tushgan tushum 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi»
hisobvarag‘i krediti bo‘yicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» va 0990-«Boshqa
uzoq muddatli debitorlik qarzlari» hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar chiqib ketganida ular bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi 0510-
0590-hisobvaraqlari debetidan 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib
ketishi» hisobvarag‘i kreditiga hisobdan chiqariladi.
Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyatida may oyida dasturiy ta’minot hisobdan chiqarildi:
balans qiymati 200000 so‘m, eskirish qiymati 150000 so‘m. Nomoddiy aktivning sotish qiymati
80000 so‘m. Moliyaviy natijani aniqlab, muomalaga quyidagicha provodka beramiz:
♦
dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga:
Dostları ilə paylaş: