mehnat qurollarining amortizatsiya summasi hamda ishlab chiqarish faoliyatini
boshqarish va
unga rahbarlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sarf-xarajatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan aloqador sintetik schotlar to‘g‘risida qisqacha tavsif berib
chiqish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayoni hisobining vazifalari va ahamiyati haqida talabalarni
tanishtirib chiqamiz.
Ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasidan tayyor mahsulotlar olinadi. Korxonalarda
ishlab chiqarish jarayoni biznes-reja va shartnoma-kontraktasiya asosida amalga oshirilib, ularda
ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi va reja tannarxi belgilanadi.
Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari va olingan
mahsulotlar aks ettiriladi
hamda mahsulotlarning haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi.
Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
natural va pul ifodasida ishlab chiqarishning haqiqiy hajmini aniqlash. Bunda jami ishlab
chiqarilgan mahsulotning miqdori kabi, ular ayrim turlarining ham miqdori aniqlanadi;
-
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni aniqlash va mahsulotlarning haqiqiy tannarxini
hisoblash. Buning uchun korxonaning jami ishlab chiqarilgan mahsulotga qilgan xarajatlari,
hamda alohida mahsulot turlarining tannarxi aniqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olish uchun maxsus schotlar tayinlangan. Ularning
asosiylaridan biri 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish uchun
qilingan xarajatlarni aks ettirish va ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash
uchun qo‘llaniladi. Ushbu schotning debet tomonida mahsulot ishlab
chiqarish uchun qilingan
barcha xarajatlar to‘planadi, uning kreditida esa ishlab chiqarilgan mahsulotlar reja tannarxi
bo‘yicha baholanib aks ettiriladi. Hisobot davri oxirida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy
tannarxi aniqlanib, reja tannarx haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi.Bu ikki xil usulda amalga
oshiriladi. Birinchisi, agar haqiqiy tannarx reja tannarxdan past, ya'ni xarajatlar tejalgan bo‘lsa,
o‘rtadagi farq summaga bu schotning krediti bo‘yicha «qizil storno» yozuvi amalga oshiriladi.
Ikkinchisi aksincha, ya'ni haqiqiy tannarx reja tannarxdan yuqori bo‘lsa, o‘rtadagi farq summaga
(rejadan oshiqcha sarflangan summaga) qo‘shimcha buxgalteriya yozuvi tuziladi. Shu tarzda reja
tannarx bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq tuzatiladi (korrektirovka qilinadi). 2010-«Asosiy
ishlab chiqarish» schoti aktiv bo‘lib, uning debetida tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i
qolishi mumkin.
Alohida mahsulot turlarining tannarxi analitik schotlar ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Analitik schotlar 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schotiga buyumlarning alohida turlari yoki bir
xil mahsulotlar guruhlari bo‘yicha ochiladi. Oy davomida bu schot debetiga faqat bevosita asosiy
ishlab chiqarish schotining tegishli analitik schoti debetiga yozish va aniq bir mahsulot tannarxiga
qo‘shish mumkin bo‘lgan xarajatlar yoziladi. Bunday xarajatlar bevosita (to‘g‘ri) xarajatlar deb
ataladi. Ularga ma'lum mahsulot turlarini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan asosiy Materiallar,
ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan xodimlarning ish haqi, texnologik maqsadlar uchun
ishlatiladigan yoqilg‘i, elektr enyergiyasi, bug‘ va boshqalar kiradi. Ushbu schotning yoki tegishli
analitik schotning debetiga bevosita olib borish imkoni bo‘lmagan, ishlab chiqarishni tashkil etish
va boshqarish xarajatlari bilvosita (egri) xarajatlar deb ataladi. Ular maxsus yig‘ib-taqsimlovchi
schotlarda hisobga olinadi.
Umumishlab chiqarish xarajatlariga quyidagilar kiradi: bo‘linmalarning boshqarish va
xizmat ko‘rsatish xodimlarining ish haqi ijtimoiy sug‘urta ajratmalari bilan birga, sexlarning
binolarini yoritish, isitish va suv ta’minoti, amortizatsiya va joriy ta'mirlash xarajatlari, mehnatni
muhofaza qilish va boshqa xarajatlar. 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schoti bo‘yicha
analitik schotlar sanoat korxonalarida sexlar bo‘yicha, qishloq xo‘jalik korxonalarida tarmoqlar
(o‘simlikchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarishi va h.k.) bo‘yicha ochiladi, analitik schotlar
doirasida xarajatlar hisobi moddalar bo‘yicha yuritiladi.
Barcha tegishli xarajatlar oy davomida 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari»
schotining debetida hisobga olib boriladi. Oy oxirida bu xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot(ish,
xizmat) tannarxiga qo‘shish va tannarx hisoblash maqsadida 2510-«Umumishlab chiqarish
xarajatlari» schotining kreditidan 2010-«Asosiy ishlab chiqarish»
schoti va boshqa tegishli
schotlar debetiga taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Taqsimlash hisob-kitobi tegishli tarmoqda
qabul qilingan taqsimlash uslubiga muvofiq shu tarmoqdagi bevosita xarajatlarga mutanosib
amalga oshiriladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi ishchilarning ish haqiga mutanosib,
qurilmalarning ishlagan mashina-soatlariga mutanosib yoki qandaydir boshqa usul bo‘yicha hisob-
kitob qilinadi. Qishloq xo‘jaligidagi umumishlab chiqarish xarajatlari
asosiy tarmoqlarning
bevosita xarajatlariga (o‘simlikchilikda – urug‘lik, chorvachilikda – em-xashak, sanoat ishlab
chiqarishida – xom-ashyo va Materiallar qiymati chegirib tashlangan holda) mutanosib
taqsimlanadi. Shunday qilib, bu schot bo‘yicha barcha xarajatlar hisobdan o‘chirilib, oy oxirida
qoldiq qolmaydi. Ammo bu schot oy davomida debet qoldiqqa ega bo‘lganligi sababli aktiv schot
hisoblanadi.
6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schotining mazmunini ko‘rib
chiqamiz. Hisoblangan mehnat
haqi ushbu schotning kreditida, ish haqidan ushlanadigan va
xodimning qo‘liga beriladigan summalar esa debetida aks ettiriladi. Uning kredit qoldig‘i korxona
xodimlariga hisoblangan, lekin hisobot sanasida to‘lanmagan ish haqi bo‘yicha qarzni bildiradi.
Ish haqi bo‘yicha xarajatlar ham tegishli schotlarda aks ettirish orqali mahsulot (ish, xizmat)
tannarxiga qo‘shiladi. Misol, asosiy ishlab chiqarishdagi xodimlarga 100000 so‘mlik ish haqi
hisoblandi. Ushbu xo‘jalik muomalasi schotlarda quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti100000 so‘m
Kt 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha
xodimlar bilan hisob-kitoblar» schoti100000 so‘m
Ish haqidan ushlangan soliqlar, hamda boshqa summalar 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha
xodimlar bilan hisob-kitoblar» schotining debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Chunki, bunda xodimlarga
ish haqi bo‘yicha to‘lanadigan qarzlar kamayadi. Bir vaqtning o‘zida budjetga to‘lanadigan
soliqlar bo‘yicha qarzlar ko‘payadi. Shuning uchun 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha
qarzdorlik» (soliq turlari bo‘yicha), 6450-«Majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» (turlari
bo‘yicha) schotlarning kreditida ham aks ettiriladi.
Ish haqidan tashqari ijtimoiy sug‘urta fondi, bandlik fondi
va nafaqa fondlariga ham
sarflangan ish haqi fondiga nisbatan belgilangan foiz hisobida to‘lovlar hisoblanadi. Ushbu
summalar tegishli hisob-kitoblarga muvofiq ijtimoiy sug‘urta, bandlik xizmati va nafaqa fondi
tashkilotlariga 5110-«Hisob-kitob schoti»dan o‘tkaziladi. Ushbu summalarni hisobga olish uchun
6510-«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schotlari
yuritiladi.
Shuningdek
Dostları ilə paylaş: