Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Dehqonchilik xarajatlarining hisob obektlari va moddalari



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

11.2.2. Dehqonchilik xarajatlarining hisob obektlari va moddalari 
Dehqonchilik tarmog‘i xarajatlari va mahsulotlarining chiqishini hisobga olish 2010-
«Dehqonchilik» schotida amalga oshiriladi. Bu schotning debetida ishlab chiqarishga qilingan 
xarajatlar, kreditida – mahsulotning chiqishi hisobga olinadi. Debet va kredit bo‘yicha yozuvlar 
yil davomida o‘sib boruvchi summalarda tashkil qilinadi; shunga ko‘ra joriy balansda schotning 
ma’lumotlari yoyilgan holda ko‘rsatiladi. Faqat yil oxiriga kelib schot bo‘yicha qoldiq aniqlanib, 
uni yakuniy balansda dehqonchilik tarmog‘ining tugallanmagan ishlab chiqarish summasi sifatida 
aks ettiriladi. 
Dehqonchilik tarmog‘ida xarajatlar quyidagi obektlar bo‘yicha hisobga olinadi: 
1.
Ekinlar yoki ekin guruhlari 
1.
Qishloq xo‘jalik ishlari 
1.
Taqsimlanadigan xarajatlar 
1.
Boshqa obektlar 
Xarajatlarni u yoki bu ekin turining joriy yildagi hosiliga bevosita o‘tkazish mumkin 
bo‘lgan barcha hollarda ular birinchi guruh bo‘yicha xarajatlar obektlariga taalluqli schotlarda 
hisobga olinadi. Ikkinchi guruhda xarajatlarni hisobga olish obektlari tarkibida kelgusi yil hosili 


uchun qilingan qishloq xo‘jalik ishlarini bajarish xarajatlari aks ettiriladi, bularni tabiiyki, hosili 
joriy yilda olinadigan ekinlar xarajatlarini hisobga olish obektlariga o‘tkazib bo‘lmaydi. Ularni 
hisobga oluvchi uchinchi guruh obektlari tarkibida hisobning bir necha yoki ko‘pgina obektlariga 
o‘tkaziladigan, demak ularga taqsimlanadigan (joriy ta'mirlash, sug‘orish va sho‘r yuvish 
xarajatlari va boshqalar) xarajatlar hisobga olinadi. To‘rtinchi guruh obektlari tarkibida ozuqa 
ishlab chiqarish va ayrim boshqa xarajatlar hisobga olinadi. 
Yuqorida aytilgan to‘rtala guruh bo‘yicha konkret tarzda hozirgi kunda xarajatlar hisob 
obektlarining quyidagi nomenklaturasi qabul qilingan. 
Birinchi guruh.
Don va dukkakli don ekinlari. Kuzgi don ekinlari. 
Kuzgi don ekinlari 
(kuzgi bug‘doy, kuzgi javdar, kuzgi arpa). Bahorgi bug‘doy. Bahorgi boshqa boshoqli don ekinlar 
(bahorgi javdar, bahorgi arpa, suli). yem-xashak ekinlar: tariq, qora bug‘doy, sholi. 
Jo‘xori. 
Dukkakli don ekinlar – no‘xat, loviya, dukkakli xashaki ekinlar – xashaki no‘xat 
va xashaki no‘xat aralashmasi, lyupin (shirin, achchiq), syeradella (doni uchun) boshqa dukkakli 
ekinlar. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin