Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish bilan asosiy vositalarning  eskirishini hisobga oladigan schotlar (0211-0299) ham bo g‘



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

,
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish bilan asosiy vositalarning 
eskirishini hisobga oladigan schotlar (0211-0299) ham bo
g‘
liq. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy 
vositalar eskiradi va ularning qiymatlari eskirish hisoblash me’yorlariga muvofiq mahsulot(ish, 
xizmat)lar tannarxiga bo‘laklab o‘tkaziladi. Asosiy vositalar bu qismining puldagi ifodasi 
amortizatsiya deb ataladi. Amortizatsiya ajratmalarining summasi mahsulot(ish, xizmat)lar 
tannarxiga qo‘shiladigan ishlab chiqarish xarajatlarining turlaridan biri hisob lanadi. 
Amortizatsiya summalarini hisoblash va mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borish 
2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umumishlab 
chiqarish xarajatlari» va boshqa tegishli schotlarning debeti va asosiy vositalarning eskirishi 
hisobga olinadigan kontr-aktiv schotlar (0211-0299) krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 
Ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlar 2810-«Tayyor mahsulotlar» schotining debetida 
hisobga olinadi. Tayyor mahsulotlar bu schotga reja tannarxi bo‘yicha baholanib. 2010-«Asosiy 
ishlab chiqarish» schotining kreditidan kirimga olinadi. Ularning haqiqiy tannarxi oy oxirida 
hisoblanadi. 
11.2. Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishining hisobi 
11.2.1. Dehqonchilik tarmoqlarining tasnifi, hisobining uslubiy
asoslari va vazifalari 
Dehqonchilik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, 
aholining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojini ta'minlaydi, chorvachilikni 


yem-xashak bilan ta'minlaydi va bu tarmoqning rivojlanishida zamin hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligidagi islohotlarga doir hukumat qarorlariga ko‘ra dehqonchilikda yaqin 
kelajakda don ekinlarining hosildorligini oshirish hisobiga olinadigan donning yillik o‘rtacha yalpi 
miqdorini jiddiy o‘stirishni, qishloq xo‘jalik mahsulotlari (paxta, kartoshka va sabzavot, 
shuningdek, meva, rezavor, uzum) ishlabchiqarishni oshirishni ta'minlash nazarda tutiladi. 
Dehqonchilik tarmog‘ining muhim vazifalaridan biri chorvachilik uchun mustahkam 
ozuqa bazasini yaratish va ozuqa ishlab chiqarishni ko‘paytirishdir. Bu vazifalarni bajarish qishloq 
xo‘jaligining moddiy-texnika ta’minotini har tomonlama mustahkamlash, dehkonchilikni 
ximiyalashtirish, kompleks mexanizatsiyalashtirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yo‘li 
bilan intensifikatsiyalash tadbirlarini amalga oshirish orqali ta'minlanadi. 
Bu vazifalarning hal etilishida dehqonchilik tarmoqlariga qilinadigan xarajatlar va undan 
olinadigan mahsulotlarni aniq hamda o‘z vaqtida hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dehqonchilik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining o‘ta o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
tarmog‘idir. Dehqonchilik tarmog‘ida mablag‘larning aylanishiga ishlab chiqarishning 
mavsumiylik xususiyati, jumladan ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar olinishi o‘rtasidagi 
uzilish jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Dehqonchilik sohasiga ishlab chiqarish xarajatlari uzoq vaqt 
davomida qilinadi va o‘ta notekis tusda bo‘ladi. Sarflangan mablag‘larning qoplanishi 
mahsulotlarning chiqishi, pishib etilishining tabiiy sharoitlari bilan belgilanadi. Bu 
xususiyatlarning barchasi, tabiiyki, ushbu sohada xarajatlarni hisobga olishni tashkil qilishda 
nazarda tutilishi lozim.
Dehqonchilikda ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etishi hamda xarajatlar bir-biri bilan 
bog‘langan ikki yil hosili uchun parallel qilinishi tufayli, buxgalteriya hisobida ular yillar bo‘yicha 
aniq chegaralanishi lozim. Shuning uchun qishloq xo‘jalik korxonalarining dehqonchilik 
xarajatlari buxgalteriya hisobida ikki qismga: joriy yildagi hamda kelgusi yil hosili uchun qilingan 
xarajatlarga bo‘linadi. 
Bundan tashqari, dehqonchilikda xarajatlar ayrim ishlab chiqarishlarda ko‘pincha konkret 
ekinlarni o‘stirish uchun ham amalga oshiriladi. Bu ham buxgalteriya hisobida aniq aks ettirilishi 
lozim. Shuning uchun boshqaruv hisobida ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi ishlab 
chiqarish turlari va tegishli ekinlarni parvarish qilish bo‘yicha tashkil etiladi. 
Dehqonchilikdagi ishlab chiqarish – bir vaqtda amalga oshiriladigan jarayon emas. Ishlab 
chiqarish jarayoni yilning turli fasllarida (kuz, qish, bahor va yozda) bajariladigan har xil turdagi 
ishlardan tarkib topadi. Dehqonchilikdagi ishlab chiqarishning texnologik jarayoni quyidagi 
asosiy ishlar majmuidan iborat: tuproqni ekishga tayyorlash, ekish, ekinlarni parvarish qilish, 
hosilni yig‘ishtirish. Bu majmuilarning har biri ko‘p sonli aniq ishlardan, masalan, tuproqni 
ekishga tayyorlash, haydash, boronalash, mola bostirish, g‘altaklash, kultivatsiyalash va shunga 
o‘xshashlardan iborat. Demak, qilinadigan xarajatlar buxgalteriya hisobida bajarilgan ish turlari 
bo‘yicha chegaralanishi lozim. 
Dehqonchilik ishlab chiqarishi jarayonida muayyan ishlarni bajarishda turli xarajatlar 
qilinadi: neft mahsulotlari, urug‘lik, o‘g‘it sarflanadi, mashinalar va boshqa asosiy ishlab chiqarish 
vositalari qisman eskiradi, xodimlarga mehnat haqi hisoblanadi va to‘lanadi va hokazolar. 
Bunday xarajatlarning barchasi hisobda alohida-alohida to‘planishi lozim. Demak, 
boshqaruv hisobida dehqonchilik xarajatlarining hisobi umumiy summa bilan emas, balki xarajat 
moddalari bo‘yicha yuritilishi kyerak. 
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining tarqoqligi tufayli bir turdagi ishlar va xarajatlar 
xo‘jalikning turli bo‘linmalarida bir vaqtda qilinishi mumkin. Boshqaruv buxgalteriya hisobi 
dehqonchilikdagi xarajatlarning mas'uliyat markazlari bo‘yicha chegaralanishini ta'minlashi 
lozim. 
Shunday qilib, dehqonchilik tarmog‘idagi ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlariga 
ko‘ra hisobda xarajatlar va tegishli yakuniy ma’lumotlarning olinishi quyidagilar bo‘yicha 
chegaralanishi lozim: 
- ishlab chiqarishning yondash yillari bo‘yicha; 
- ishlab chiqarish va ekinlarning asosiy turlari bo‘yicha; 


- bajariladigan ishlarning asosiy turlari bo‘yicha; 
- xarajatlarning asosiy moddalari (turlari) bo‘yicha; 
- mas'uliyat markazlari bo‘yicha. 
Birinchi belgiga ko‘ra, xarajatlar haqida ishlab chiqarish yillari bo‘yicha ma’lumotlarni 
alohida-alohida olinishi joriy yil va kelgusi yil mahsulotlari uchun xarajatlarning alohida analitik 
schotlarini ochish hisobiga ta'minlanadi. Odatda, har bir yil boshida oldingi yildan o‘tgan 
xarajatlar joriy yildagi mahsulot xarajatlariga qo‘shiladi (nomenklatura hisobi muvofiq kelmagan 
hollarda ular alohida moddalar bo‘yicha taqsimlanadi); kelgusi yil hosiliga qilingan xarajatlar 
alohida ajratiladi. 
Xarajatlarni turlari bo‘yicha chegaralash, ya'ni ularni moddalar bo‘yicha hisobga olish 
schotlarning shakllarini tegishli tarzda tuzish hisobiga ta'minlanadi. Ishlab chiqarishga qilingan 
xarajatlar hisobi ko‘p grafali registrlarda olib borilib, unda ochilayotgan schot bo‘yicha 
xarajatlarning har bir turini hisobga olish uchun alohida grafalar ajratiladi. 
Xarajatlarni xo‘jalik bo‘linmalari bo‘yicha chegaralash, odatda, analitik hisobni tegishli 
tarzda tashkil etish hisobiga ta'minlanadi. Odatda, bu maqsadlarda ishlab chiqarish hisobotlari yoki 
ularning o‘rnini bosuvchi registrlardan foydalaniladi. 
Xarajatlarning ishlab chiqarish, ekin va bajariladigan ishlar turlari bo‘yicha chegaralanishi, 
ularni hisobga olishning turli uslublarini qo‘llash orqali ta'minlanishi mumkin. Dehqonchilikda 
xarajatlarni hisobga olish va tashkil qilishning bir necha uslublari mavjud. 
Bajarilgan ishlarni hisobga olish uslublaridagi farqlarga qaramay dehqonchilikda 
xarajatlarni hisobga olishning yagona tamoyili parvarishlanayotgan ekin turlari yoki ekinlar guruhi 
bo‘yicha analitik schotlar ochishdir. 
Dehqonchilik tarmog‘i bo‘yicha boshqaruv hisobida quyidagi vazifalar hal etilishi lozim: 
xarajatlarning asosiy ishlab chiqarish, ekinlar va ekin guruhlari bo‘yicha to‘g‘ri hamda 
iqtisodiy asoslangan holda chegaralanishi; 
xarajatlarning asosiy moddalari: mehnat, urug‘lik, o‘g‘it, yonilg‘i, yordamchi ishlab 
chiqarishlar xarajatlari va tarmoqqa taalluqli boshqa xarajatlar bo‘yicha kyerakli ma’lumotlar 
olinishini ta'minlash; 
olinayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini o‘z vaqtida hamda to‘liq hisobga olish; 
mahsulot tannarxini hisoblash uchun zarur bo‘lgan axborotlarni iqtisodiy asoslangan holda 
bir tizimga keltirish va umumlashtirish; 
xarajatlarni yondosh yillar ishlab chiqarishi bilan mahsulot olinadigan kelgusi qishloq 
xo‘jalik davrlariga taalluqli xarajatlarni doimo ajratib (kuzgi ekinlar, ko‘p yillik o‘tlar, shudgorlash 
va shu kabilarning xarajatlari) aniq hamda iqtisodiy asoslangan holda chegaralash; 
tezkor nazorat va rahbarlikni amalga oshirish uchun xarajatlar haqida zarur axborot 
berishni ta'minlash. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin