G‘alla mahsulotlari tannarxini aniqlash uchun jami qilingan
xarajatlardan somonning
normativ qiymati chegirib tashlanadi. Faraz qilaylik, 54 sentner somonning normativ xarajatlar
bo‘yicha qiymati 270000 so‘mga teng, unda 1 sentner somonning normativ tannarxi 5000 so‘m
(270000:54) bo‘ladi. Bu holda g‘alla bilan don chiqitiga tegishli xarajat 12930000 so‘mni
(13200000-270000) tashkil etadi.
Don chiqitining tarkibida 40% don bo‘lganligi uchun g‘allaga aylantirilganda 32 sentner
bo‘lsa (80x40:100), jami shartli g‘alla miqdori 862 sentner (830+32) ga teng. Shundan don
chiqitidagi g‘alla miqdori 3,712%ni (32x100:862) tashkil etadi. Demak,
somonning normativ
qiymati (270000 so‘m) chegirib tashlangandan so‘ng qolgan xarajatlar summasining 3,712%i don
chiqiti (g‘alla)ga tegishlidir. Bu 480000 so‘mni (12930000x3,712:100) tashkil etadi. Shunday
qilib, 1 sentner don chiqiti tannarxi 6000 so‘m (480000:80) bo‘lsa, 1
sentner sof don tannarxi
15000 so‘mga ((12930000-480000):830) teng.
Amaldagi tartibga muvofiq urug‘chilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan urug‘lik don tannarxi
quyidagi obektlar bo‘yicha hisoblanadi: supyerelita, elita, I va II reproduksiya va foydalaniladigan
don chiqiti.
Bir sentner tegishli reproduksiyadagi urug‘lik don (supyerelita, elita, I reproduksiya va II
reproduksiya) tannarxini aniqlash uchun jami xarajatdan don chiqiti normativ qiymati chegirib
tashlanadi. Qolgan urug‘lik donga tegishli summa yuqoridagi reproduksiyalarning sotish bahosi
bo‘yicha qiymatiga mutanosib taqsimlanadi va olingan summa tegishli reproduksiyadagi urug‘lik
donning,
ular tozalanib, quritilgandan so‘nggi miqdoriga bo‘linadi. Natijada tegishli
reproduksiyadagi I sentner urug‘lik donning haqiqiy tannarxi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: