Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Yopiq yerdagi sabzavot mahsulotlari tannarxini hisoblash xususiyatlari



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

11.3.5. Yopiq yerdagi sabzavot mahsulotlari tannarxini hisoblash xususiyatlari 
Yopiq yerda sabzavot mahsulotlari yetishtirish asosan parnik va issiqxonalarda amalga 
oshiriladi. Bunday inshootlar ko‘proq yirik shaharlar atrofidagi mintaqalarda keng tarqalgan. 
Yopiq yerda sabzavot mahsulotlari yetishtirish xarajatlari ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarida 
inshoot turlari (qishki issiqxonalar, oyna yoki shaffof plenka qoplangan bahorgi issiqxonalar, 
kichik ko‘lamdagi plyonka bilan qoplangan joylar, isitiladigan yerlar, gidroponika) va ulardagi har 
bir ekin bo‘yicha alohida, ixtisoslashmagan fermer xo‘jaliklarida esa har bir inshoot bo‘yicha 
hisobga olinadi. Amaldagi qoidalarga muvofiq yopiq yerdagi sabzavotchilikda xarajatlarning 
hisob obekti bo‘lib inshootlarning turlari (qishki, bahorgi issiqxonalar, parniklar va h.k) bo‘yicha 
aks ettirilgan xarajatlar qabul qilingan. Bunday xarajatlar butun inshoot bo‘yicha hisobga 
olinganligi esa har bir issiqxona bo‘yicha har xil mahsulotlar yetishtirilganligi bois, ularni 
yetishtirish uchun qilingin xarajatlarni mahsulot turlariga taqsimlash zarurati vujudga keladi. 
Bunday taqsimlash belgilangan bazaga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Bunda mazkur 
o‘simlik turini parvarishlash uchun sarflangan urug‘likka, ko‘chat va ekish Materiallarigina 
bevosita xarajat hisoblanadi.
Issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini hisoblashda xarajatlar ekin turlari 
o‘rtasida metr-kunlarga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Ularni aniqlash uchun issiqxonada 


mazkur ekin bilan band bo‘lgan maydon uning vegetatsiya davriga (parvarishlangan kunlar 
soniga) ko‘paytiriladi. Ushbu ma’lumotlar har bir inshoot bo‘yicha yuritiladigan vegetatsiya 
jurnalidan olinadi. Misol tariqasida bahorgi issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini 
hisoblashni keltiramiz (11.4-jadval). 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin