Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash. 
Korxonada shu davr mobaynida 90000 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 1-yilda - 20000, 
2-yilda - 30000, 3-yilda - 10000, 4-yilda - 20000, 5-yilda – 10000 ming so‘mlik mahsulot ishlab 
chiqarildi. 
Mahsulot birligiga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlari quyidagiga teng: 
(10000-1000)/90000=0,1 har bir so‘mlik mahsulot uchun 
Bajarilgan ish hajmiga ko‘ra amortizatsiya hisoblash jadvali 
Yillar 
Balans 
qiymati 
Ishlab 
chiqarilgan 
mahsulot 
hajmi 
Yillik 
amortizatsiya 
summasi 
Jamg‘arilgan 
amortizatsiya 
Qoldiq 
qiymati 
1-yil 
10000 
20000 
2000 
2000 
8000 
2-yil 
10000 
30000 
3000 
5000 
5000 
3-yil 
10000 
10000 
1000 
6000 
4000 
4-yil 
10000 
20000 
2000 
8000 
2000 
5-yil 
10000 
10000 
1000 
9000 
1000 


Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. 
Bu usulda amortizatsiya 
hisoblashda amortizatsiya me’yori 2 hissaga orttiriladi va amortizatsiya me’yori 40
%
(2*20
%
)ga 
teng bo‘ladi. 
 
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash jadvali
 
Yillar 
Balans qiymati 
Yillik amortizatsiya 
summasi 
Jamg‘arilgan 
amortizatsiya 
Qoldiq 
qiymati 
1-yil 
10000 
(40
%
*10000)=4000 
4000 
6000 
2-yil 
10000 
(40
%
*6000)=2400 
6400 
3600 
3-yil 
10000 
(40
%
*3600)=1440 
7800 
2160 
4-yil 
10000 
(40
%
*2160)=864 
8704 
1296 
5-yil 
10000 
296 
9000 
1000 
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab o‘tkazilgan hisobot 
davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning ayrim ob’ektlari 
bo‘yicha ajratmalar tegishli summalarni jamg‘arish yo‘li bilan yoki ob’ektlarning dastlabki 
qiymatini kamaytirish yo‘li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar eskirishining hisoblangan summasi ishlab chiqarish xarajatlari 
(muomala xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, sarmoya qo‘yish)ni hisobga olish hisobvaraqlari debeti 
va 0510-0590-hisobvaraqlar kreditiga kiritiladi.
Korxonalar tegishli nomoddiy aktivlar bo‘yicha jamg‘arilgan amortizatsiya to‘g‘risidagi 
axborotni quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiradi: 
0510-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi»; 
0520-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining eskirishi»; 
0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi»; 
0540-«Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqining eskirishi»; 
0550-«Tashkiliy xarajatlarning eskirishi»; 
0560-«Franshizalarning eskirishi»; 
0570-«Mualliflik huquqlarining eskirishi»; 
0590-«Boshqa nomoddiy aktivlarning eskirishi». 
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida hisoblangan eskirish summalari, debetida esa nomoddiy 
aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan eskirish summalarining o‘chirilishi aks ettiriladi.
Misol. Korxonada sentyabr oyida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun nomoddiy aktivlardan 
foydalanilishi natijasida 5600 so‘m eskirish hisoblandi. Ushbu muomalaga quyidagicha provodka 
beriladi: 
D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» - 5600 so‘m 
K-t 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi» - 5600 so‘m. 
Korxonada shu oy mobaynida mavjud litsenziya uchun ma’muriy xarajatlar hisobiga 3200 
so‘mlik eskirish hisoblandi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi: 
D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» - 3200 so‘m 
K-t 0510-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi» - 3200 so‘m. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin