-
ishchilar;
-
xizmatchilar.
Ishchilar
tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko‘chirish, yo‘lovchilar
tashish, moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar
tarkibiga rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar kiradi.
Rahbarlar
tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida rahbarlik lavozimini egallab
turgan xodimlar (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh
texnolog) va boshqalar kiradi.
Mutaxassislar
tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iqtisodiy hamda muhandislik-
texnikaviy ishlar bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi,
xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va
hokazolar) kiradi.
Dostları ilə paylaş: