o‘rganib chiqish natijalariga qarab, kredit berish yoki bermaslik yuzasidan xulosa tayyorlaydi. Unda
quyidagilar ko‘rsatiladi:
-kreditga layoqatlilik;
-kreditni olishdan ko‘zda tutilgan maqsad;
-uning muddati va miqdori;
-kredit qaytarilishining ta’minoti;
-foiz stavkasi.
Bank xodimining xulosasi rahbar tomonidan tasdiqlangach, ilova qilingan hujjatlar bilan
birgalikda kredit qo‘mitasi muhokamasiga yuboriladi. Hozirgi kunda korxonalarda bank kreditlarini
hisobga oluvchi ikkita schyoti mavjud:
6810-«Qisqa muddatli kreditlar» schyoti
7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyoti.
6810-«Qisqa muddatli kreditlar» schyotida mamlakat hududidagi va chet eldagi banklardan
olingan qisqa muddatli kredit bo‘yicha bank bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Analitik
schyotlar kredit turi bo‘yicha ochiladi. 6810-schyot balansga nisbatan passiv hisoblanib, kredit
tomonidan bankdan olingan qisqa muddatli qarzlar, debetida esa qisqa muddatli qarzlarni qaytarilishi
hisobga olinadi, qoldiq kredit tomonida qoladi. Uning analitik hisobi olingan qarzlar turlari bo‘yicha
38-qaydnomada, sintetik hisobi esa 4-jurnal-order yordamida yuritiladi.
7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyotida davlatimiz va chet el valyutasida olingan uzoq
muddatli kreditlar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi. Schyotda uzoq muddatli kreditlarning
turlari balansga nisbatan passiv hisoblanib, uning kredit tomonida bankdan olingan uzoq muddatli
kreditlar, debet tomonida esa bu qarzlarning to‘langan summalari hisobga olinadi. Qoldiq kredit
tomonida qoladi. Bu schyotning analitik hisobi olingan kreditlar turlari bo‘yicha 38-qaydnomada,
sintetik hisobi esa 4-jurnal-order yordamida yuritiladi.
Korxonalarda o‘rta muddatli kreditlarni hisobga oluvchi schyot mavjud bo‘lmaganligi
uchun bu kreditlar hozirgi kunda uzoq muddatli kreditlarga qo‘shib olib boriladi. Ya’ni 1 yildan ortiq
muddatga olingan kreditlar 7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyotida hisobga olib boriladi.
Qisqa muddatli bank kreditlari bo‘yicha quyidagicha buxgalteriya ikki yoqlama yozuvi
amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: