Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə254/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

 
20.2. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi 
Mahsulot (ish xizmatlar)ni sotishdan olingan yalpi foyda korxonada yaratilgan foydani 
ifodalaydi. Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydani topish uchun mahsulotni sotishdan tushgan 
sof tushumlardan shu sotilgan mahsulot tannarxini chegirib tashlash kerak, o‘z navbatida, mahsulot 
sotishdan tushgan sof tushumni topish uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan keyin kelgan 
tushumdan qo‘shilgan qiymat solig‘i, aktsiz solig‘i, qaytarilgan tovarlar qiymati, xaridorga berilgan 
skidkalar (chegirmalar) ayirib tashlanadi. Mahsulotni eksport qiluvchi korxonalar eksport tariflarini 
ham chegirib tashlaydilar. Mahsulotni sotishdan keladigan tushum esa O‘zbekiston 
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan aniqlanadi. 
Demak, mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda mahsulot sotishdan tushgan sof tushum 
bilan sotilgan mahsulot tannarxi orasidagi farqqa teng. Bu farq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. 
Ijobiy farq foyda sifatida, salbiy farq esa zarar sifatida e’tirof etiladi.
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumni hisobga olish uchun quyidagi 
schyotlar ochilgan: 
9010-«Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad» 
9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromad» 
9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» 
9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi» 
9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar». 
Yuqoridagi schyotlarda korxonaning asosiy faoliyatidan olingan sof tushumi sifatida 
quyidagilar aks ettiriladi: 
- sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar korxonalarining ishlab chiqargan tayyor 
mahsuloti va yarim tayyor mahsulotlarini sotishdan olingan daromadlar; 
- sanoat tusidagi ish va xizmatlar; 
- sanoat xarakteriga ega bo‘lmagan ish va xizmatlar; 
- sotib olingan buyumlar; 
- qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, geolog-razvedka, ilmiy-tadqiqot ishlarini sotishdan olingan 
daromadlar; 
- savdo va ta’minot tashkilotlarining tovarlarni sotishdan olingan daromadlari; 
- transport korxonalarining yo‘lovchi va yuklarni tashishi bo‘yicha xizmatlari; 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin