Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

YaFq SST-IT 
bunda, 
YaF – yalpi foyda; 
SST – sotishdan olingan sof tushum; 
IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; 
- asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr 
xarajatlari o‘rtasidagi tafovut va plyus asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa daromadlar yoki boshqa 
zararlar sifatida aniqlanadi: 
AFF =YaF-DXQBD-BZ

bunda, 
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda; 
DX – davr xarajatlari; 
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; 
BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar; 
- xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi 
plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: 
UF q=AFFQMD-MX, 
bunda, 
UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda; 
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; 
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari; 
- soliq to‘lagungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda 
(ko‘zda tutilmagan) vaziyatlarda ko‘rilgan foyda va minus favqulodda zarar sifatida aniqlanadi: 
STF q=UFQFP-FZ, 
bunda, 
STF – soliq to‘lagungacha olingan foyda; 
FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; 
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar; 

yilning soy foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, 
o‘zida daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa 
soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi: 
SF =STF-DS-BS, 
bunda, 
SF – sof foyda; 
DS – daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq; 
BS – boshqa soliqlar va to‘lovlar. 
Foydaning taqsimlanishi deganda uning iste’mol va jamg‘arishga yo‘naltirilishi, joriy davr 
foydasining soliqlar to‘lovi, ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga hamda kapital egalari 
o‘rtasidagi shartlar, kelishuvlarga binoan taqsimlanishi tushuniladi. 
Foyda quyidagicha taqsimlanadi: 
-
soliq qonunchiligiga muvofiq davlat byudjetiga soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlarga; 
-
ishlab chiqarishni rivojlantirish va zaxiralashga; 
-
aktsiya va kapital egalariga dividendlar to‘lashga. 
Korxona o‘zining hisob foydasidan, avvalo, davlat oldida hisob beradi va o‘zining ixtiyorida 
hamda tasarrufida bo‘lgan foyda summasini aniqlaydi. Foydadan olingan soliqlar qat’iy stavkalarda 
va foizlarda undiriladi. Hisob foydasining qolgan qismi korxona sof foydasi sifatida uning erkin 
belgiloviga (aktsionerlar umumiy yig‘ilishining qarori va ichki nizomiga) muvofiq taqsimlanadi. 
Sof foydadan ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga oid sarflar aktsionerlarning 
umumiy yig‘ilishida hisob berish hamda ularning roziligini olish asosida belgilanadi. 


Sof foydaning qolgan qismi chiqarilgan aktsiyalarning turiga qarab va ularning imtiyozli 
shartlari asosida taqsimlanadi. Dastlab imtiyozli aktsiya egalariga oldindan kafolatlangan foizlarda 
to‘lovlar hisobga olinadi, so‘ngra oddiy aktsiya egalariga dividend foizlari va summalari e’lon 
qilinadi. Foydaning taqsimlanmagan qismi korxona uchun taqsimlanmagan foyda sifatida, agar 
korxona nochor ahvolda bo‘lsa, qoplanmagan zarar sifatida keyingi hisobot yiliga o‘tkaziladi.

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin