Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

3.8. Joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish 
3.8.1.Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi 
Korxonaning xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida umumlashgan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish hisob 
yozuvlarining to‘g‘riligini tekshirib turish uchun joriy hisob ma’lumotlari vaqti-vaqti bilan jamlanib 
turiladi. Amalda bunday joriy hisob ma’lumotlarini jamlash va tekshirish har oyda oborot 
qaydnomalarini tuzish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Oborot qaydnomalari sintetik schotlar bo‘yicha 
ham, analitik schotlar bo‘yicha ham tuziladi.
Sintetik schotlarning qoldiq va oborotlari asosida iyul oyi uchun oborot qaydnomasi 
quyidagicha tuziladi. Bu oborot qaydnomasi sintetik schotlardan boshlang‘ich qoldiqlar, jamlangan 
oylik oborotlar va oxirgi qoldiqlarni bevosita ko‘chirib o‘tkazish yo‘llari bilan tuziladi (2.7-jadval). 
Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasida uchta juft tenglik mavjudligini ko‘rish 
mumkin:
birini juftlik
– barcha schotlarning boshlang‘ich debet qoldiqlari va boshlang‘ich kredit 
qoldiqlar yig‘indisining o‘zaro tengligi.
ikkinchi juftlik
– debet oborotlari va kredit oborotlari yig‘indisining o‘zaro tengligi bo‘lib, 
xo‘jalik muomalalarini schotlarga ikki yoqlama aks ettirish usulining qo‘llanilishi bilan 
tushuntiriladi. Bunda har bir xo‘jalik muomalasi bir xil summa bilan tegishli schotlarning debet va 
kreditga yoziladi.
uchinchi juftlik
– barcha schotlarning oxirgi debet qoldiqlari va kredit qoldiqlari 
yig‘indisining o‘zarotengligidir. Bu qoldiqlar oy oxirida yangi balansda aks ettirilishi lozim bo‘lgan 
mablag‘lar va manbalarning tarkibini tavsiflaydi.
 
3.7-jadval 
Sintetik schotlarning 
OBOROT QAYDNOMASI ,20- yil iyul 
№ 
Sintetik schotlar 
nomi 
1 iyulga qoldiq 
Iyul oyidagi oborot 
1 avgustga qoldiq 
Debet 
Kredit 
Debet 
Kredit 
Debet 
Kredit 

Asosiy vositalar
1 480 00
0



1480 
000 


Xom-ashyo va 
Materiallar 
2 820 00
0

1 548 00
0
1 332 00
0
3 036 00
0


Asosiy ishlab 
chiqarish
164 400 240 000
1 332 00
0

1 496 40
0
240 000

Kassa 
3 900

400 000 400 000
3 900


Hisob-kitob schoti
3 186 70
0

2 200 00
0
3 000 00
0
2 386 70
0


Boshqa debitorlar 
qarzi
3 400 00
0


220 000 120 000


Boshqa 
majburiyatlar
6 640 00
0
140 000 110 000
110 000

Ustav kapitali 

3 000 00
0



3 000 00
0

Taqsimlanmagan 
foyda

395 000



395 000
1

Xodimlar bilan 
mehnatga haq 
to‘lash bo‘yicha 

680 000 461 000 491 000

710 000


hisoblashuvlar
1

Mol yetkazib 
beruvchilar va 
pudratchilarga 
to‘lanadigan schotlar

6 600 00
0
3 000 00
0
1 548 00
0

5 148 00
0
J a m i 
11 055 0
00
11 055 0
00
9 081 00
0
9 081 00
0
9 603 
000
9 603 
000
Yuqorida ko‘rsatilgan tengliklardan birortasining buzilishi xo‘jalik muomalalarini schotlarga 
yozishda yoki summalarni jamlashda xatoga yo‘l quyilganligidan dalolat beradi. 
Shunday qilib, sintetik schotlarning oborot qaydnomasi schotlardagi yozuvlarning 
to‘g‘riligini nazorat qilish, shuningdek, yangi balans tuzishda ham ishlatilar ekan.
Agar korxonada «Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari» yuritilsa, u holda sintetik 
schotlar bo‘yicha to‘g‘ri tuzilgan oborot qaydnomasi boshqa jami nazorat summasini tekshirishga 
ham imkon beradi. Ya'ni sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasidagi debet va kredit 
oborotlarining yig‘indisi ko‘rsatilgan daftardagi oborotlar yig‘indisiga teng bo‘lishi lozim. 
Sintetik schotlar bo‘yicha oborot qaydnomasi, avvalo nazorat ahamiyatiga ega. Uning tuzilishi 
joriy buxgalteriya hisobidagi xatolarni aniqlashga imkon beradi. Agar oborot qaydnomasidagi 
juftliklardan birortasida debet va kredit oborotlari o‘zaro teng chiqmasa, buning sababi quyidagicha 
bo‘lishi mumkin: 
1.
Qaysidir bitta schotning debeti bo‘yicha summa to‘g‘ri yozilgan, ammo uning bilan 
korrespondensiyalangan schotning krediti bo‘yicha summa tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri 
ko‘rsatilgan yoki aksincha bo‘lishi mumkin. 
2.
Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta yozilib, ammo 
boshqa schotning kreditida ko‘rsatilmagan, yoki aksincha, bitta schotning kreditida ikki marta 
yozilib, uning bilan korrespondensiyalanadigan schotning debetiga yozilmagan bo‘lishi mumkin. 
3.
Buxgalteriya provodkasining summasi bitta schotning debetiga ikki marta va boshqa 
schotning kreditiga ikki marta yozilgan.
4.
Bitta schotning qoldig‘i va (yoki) debet oboroti boshqa schotning kredit qoldig‘i va (yoki) 
debet oboroti sifatida yozilgan bo‘lishi mumkin. 
5.
Ayrim schotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar tushirib qoldirilgan yoki noto‘g‘ri 
ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin. 
Xo‘jalik operatsiyalarining soni kam sodir bo‘ladigan va mulklari kam bo‘lgan, ishlab 
chiqarish sohasidagi korxonalar, masalan, dehqon xo‘jaliklarida joriy buxgalteriya hisobi 
yozuvlarining to‘liqligi va ishonchliligi “Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari” yordamida 
nazorat qilinadi (2.8-jadval).



Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin