Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Birinchi variant
. Boshlang‘ich qoldiq (saldo) debet bo‘lib, kredit oboroti 
boshlang‘ich qoldiq va debet summasidan kichik bo‘lganda. Unda matematik model quyidagicha 
bo‘ladi: 
S'
dt
+DO
to
-KO
to
=S''
dt, (6) 
Agar kredit oboroti boshlang‘ich debet qoldiq va debet oboroti summasidan katta bo‘lsa, u 
holda qoldiq kreditda qoladi; 
Ikkinchi variant
. Boshlang‘ich qoldiq (saldo) kreditda bo‘lib, debet oboroti esa boshlang‘ich 
kredit qoldiq va kredit oboroti summasidan kichik bo‘lganda, uning matematik modeli quyidagicha 
bo‘ladi: 
S'
kt
+KO
to
-DO
to
=S''
kt, (7) 
Agar debet oboroti boshlang‘ich kredit qoldiq (saldo) va kredit oboroti summasidan katta 
bo‘lsa, u holda qoldiq debetda qoladi. 
Buxgalteriya hisobida xo‘jalik muomalalarini qayd qilish 
xronologik
va 
sistematik
tartibda 
amalga oshiriladi. 
Xronologik
4
 yozuv
deb, xo‘jalik muomalalalarining sodir bo‘lish ketma-ketligiga ko‘ra qayd 
qilishga aytiladi. 
Sistematik yozuv
deb, sodir bo‘lgan xo‘jalik muomalalarini schotlar tizimi bo‘yicha 
belgilangan schotlar aloqasi orqali qayd qilishga aytiladi.
Xronologik va sistematik yozuvlar birlashtirilishi yuqori samara beradi. Hisob registrida 
bunday kombinatsiyadagi yozuv 
sinxronistik
 
yozuv deyiladi. 
Ro‘yxatga olish, hujjatlarga ishlov berish, buxgalteriya yozuvlarini tuzish va ularni schotlarga 
tarqatib yozishning zamonaviy usullari bu ishlarning syermehnatligini kamaytiradi. Hozirgi vaqtda 
ikki yoqlama yozuvning mohiyatida mujassamlashgan «eng buyuk kashfiyot»ning qadr-qimmatini 
amalga oshirish uchun to‘la sharoitlar yaratilmoqda. 
Birinchidan,
debetlanuvchi va kreditlanuvchi 
schotlar bo‘yicha summalarni jamlash avtomatik rejimda amalga oshirilib, oborotlarni jamlash va 
qoldiqlarni chiqarishda xatolaring oldi olinadi hamda shu bilan birga xo‘jalik muomalalarining to‘liq 
ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydi. 
Ikkinchidan,
tegishli xo‘jalik muomalalarini amalga oshiruvchi xodimlar o‘rtasida o‘zaro 
nazoratni ta'minlaydi. 
Uchinchidan,
schotlar korrespondensiyasi asosida xo‘jalik muomalasining o‘z vaqtida amalga 
oshirilishi va maqsadga muvofiqligi aniqlanadi. 
To‘rtinchidan
, bir xildagi muomalalarni ularni guruhlash zarur bo‘lgan jarayonda yig‘ib 
borish yo‘li bilan hisobot davrining oxirida umumiy jami bo‘yicha bitta yozuv bajarish imkoni 
yaratiladi. Bunda xo‘jalik muomalasining iqtisodiy mohiyati buzilmaydi. Shu bilan birga hisob 
jarayonining syermehnatligi pasayadi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin