I k k i yo q l a m a yo z u v:
Mablag
‘
lar va
manbalar
mavjudligi hamda
harakati ustidan
nazorat o
‘
rnatadi
Mablag
‘
larning
olinish manbalari
va qanday
maqsadlarga
sarflanish
yo
‘
nalishlarini
ko
‘
rsatadi
Xo
‘
jalik
muomalalarining
iqtisodiy
mazmunini va
ularni amalga
oshirishning
qonuniyligini
tekshirishga imkon
beradi
Schotlardagi
xatolarni
aniqlashni, debet
oborotlari kredit
oborotlariga teng
bo
‘
lishini
ta’minlaydi
BUXGALTERIYA YOZUVINI TUZISHDA:
Xo
‘
jalik muomalasi
qanday ikkita
Xo‘jalik muomalasi:
mablag`lar (balans aktivi)
yoki uning manbalari
(balans passivi)ni
Schotlar rejasiga
muvofiq qaysi schot
debetlanishi
3.4-rasm. Buxgalteriya yozuvi (provodkasi)ni tuzish tartibi
Debet «Yoqilg‘ilar» schoti 30000 so‘m.
Debet «Ehtiyot qismlar» schoti 40000 so‘m.
Kredit «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar» schoti70000 so‘m.
Ushbu xo‘jalik muomalasini schotlarga yozamiz:
«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga
to‘lanadigan schotlar»
«Yoqilg‘ilar» schoti
Dt Kt
Dt Kt
2)
70000
2) 30000
«Ehtiyot qismlar»
Dt
schoti
Kt
2)
40000
Yuqorida keltirilgan schotlardagi yozuvlardan ko‘rinib turibdiki, xo‘jalik muomalasini aks
ettirishda uchta schot qatnashgan, ya'ni muomala summasi ikkita schotning debetiga va bir schotning
kreditiga yozilgan. Bunda buxgalteriyadagi ikki yoqlamalik tamoyili, ya'ni bir xil summani tegishli
schotlarning debet va kredit tomonlarida aks ettirish buzilmagan. Xo‘jalik muomalalarini qayd
qilishda hisob ishlarini qisqartirish maqsadida murakkab yozuvlardan foydalaniladi. Lekin, bir
vaqtning o‘zida bir necha schotlar ham debetlanib, ham kreditlanuvchi yozuvlar bo‘lishi mumkin
emas. Bunday yozuvlarda schotlar orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ko‘rib bo‘lmaydi va aks ettirilgan
xo‘jalik muomalasining mohiyati buziladi.
Schotda yangi qoldiq chiqarish uchun avvalo uning debeti va kreditidagi summalarni jamlash
zarur. Debet bo‘yicha jami summa (boshlang‘ich qoldig‘isiz) schotning
debet oboroti
, kreditning
jami summasi (boshlang‘ich qoldig‘isiz)
kredit oboroti
deyiladi.
1-misol.
Balansning «Nomoddiy aktivlar» moddasida hisobot davri boshiga 100 000 so‘m
ko‘rsatilgan. 0400-«Nomoddiy aktivlar schotini ochganda ushbu summa boshlang‘ich qoldiq sifatida
schotning debet tomoniga yoziladi. Hisobot davrida korxonada quyidagi xo‘jalik muomalalari ro‘y
bergan:
1.
Minyeral suv ishlab chiqarish uchun litsenziya olindi. Litsenziya qiymati 80 000 so‘m.
2.
Mahsulotning yangi turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun patent boshqa korxonaga sotildi.
Patentning balans qiymati 90 000 so‘m.
3.
Belgilangan tartibda 200 000 so‘mga litsenziya ro‘yxatdan o‘tkazildi va balans kirim qilindi..
4.
Boshqa korxona ustav kapitaliga ulush sifatida «Nou-xau» kiritildi (qiymati 120 000 so‘m)
Nomoddiy aktivlarning kirim bilan bog‘liq barcha muomalalarni 0410-«Patentlar,
litsenziyalar va nou-xau» schotining chap, ya'ni debet tomoniga, chiqimi esa schotning qarama-qarshi
tomoniga, ya'ni kreditiga yoziladi
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 80 000 so‘m va 200 000 so‘mni 0410-«Patentlar, litsenziyalar va
nou-xau» schotining debet tomoniga, 90 000 so‘m va 120 000 so‘mni esa kredit tomoniga yozish
kyerak. Yozilgan summalarni hisoblaymiz.
Schot debeti bo‘yicha oborot 280 000 so‘mni (80 000 so‘m Q 20 000 so‘m), krediti bo‘yicha—
210 000 so‘mni (90 000 so‘m Q 120 000 so‘m) tashkil qiladi. Yakuniy qoldiq 170 000 so‘mga
(100 000 so‘m Q 280 000 so‘m — 210 000 so‘m.) teng bo‘ladi.
0410-«Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schotining ushbu muomalalardan keyingi
ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
0410-“Patentlar, litsenziyalar va nou-xau» schoti
Debet
Kredit
Boshlang‘ich qoldiq 100 000
2. Patent sotildi ……......90
1) Litsenziya olindi …… 80 000
3) Litsenziya ro‘yxatdan
o‘tkazildi va kirim
qilindi 200 000
4. Boshqa korxona ustavi
ta'sischi sifatida nou-xau
kiritildi………. ... 120
Jami kirim
(debet oborot)280 000
Jami chiqim qilindi
(kredit oborot) …..............210 000
Yakuniy qoldiq ………. 170 000
Oxirgi qoldiq manfiy bo‘lishi mumkinmi degan savol tug‘iladi? Ha, mumkin. Bu ko‘p
hollarda, agar u yoki bu aktiv hisobot oyining oxirgi sanalarida mol yetkazib beruvchi tomonidan
daqdim etilgan hujjatlarsiz qabul qilingan xollarda bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda mazkur
davrda xarajatlar qilinganda salbiy qoldik chiqdi. Shunga qaramasdan, aktiv schotning umumiy
tuzilishini buzmaslik uchun, hisobot oyining oxiriga bunday qoldiq baribir schotning debet tomoniga,
ammo qizil siyoh bilan yoziladi.
Kelgusi hisobot oyida mol yetkazib buruvchi hujjatlari olinishi bilan bunday nomuvofiqlik
tuzatiladi.
Schotlarda qoldiq (saldo) chiqarishni matematik modellar orqali ifodalash mumkin. Oldingi
belgilar va misoldan foydalanib, aktiv schotlarda oxirgi qoldiq (saldo) chiqarishning matematik
modelini quyidagicha tuzamiz:
S'
dt
+DO
to
-KO
to
=S''
dt ,(4)
Ushbu model aktiv schotning ma'lum sanaga bo‘lgan debet qoldig‘i boshlang‘ich qoldiqqa
shu schotning ma'lum vaqt oralig‘idagi debet oborotini qo‘shib, shu vaqt ichidagi kredit oborotini
ayrilganiga teng deb o‘qiladi.
Passiv schotlarda oxirgi qoldiq chiqarish uchun kreditdagi boshlang‘ich qoldiqqa kredit
oborotini qo‘shib, hosil bo‘lgan summadan debet oboroti ayriladi. Passiv schotlarda manbalarning
ko‘payishi kreditda, kamayishi esa debetda ko‘rsatilishi sababli qoldiq faqat kreditda yoki nolga teng
bo‘lishi mumkin.
2-misol
. Balansning «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» moddasida hisobot davri
boshiga 190 000 so‘m qoldiq ko‘rsatilgan. Joriy hisobda ushbu modda 6410-«Budjetga to‘lovlar
bo‘yicha qarz» schotiga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida korxonada quyidagi xo‘jalik muomalalari ro‘y
bergan:
1.
Budjetga daromad solig‘i bo‘yicha qarzdorlik aks ettirildi 400 000 so‘m.
2.
Hisob-kitob schotidan o‘tkazish yo‘li bilan 120 000 so‘m qarzdorlik uzildi.
3.
Moliya organlarining yakuniy hisob-kitoblariga ko‘ra budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik
80 000 so‘mga ko‘paydi.
4.
Budjetga qarzdorlik bankdan 160 000 so‘m ssuda olish yo‘li bilan uzildi.
Korxonaning budjetga to‘lanmagan majburiyatlari bo‘yicha kiruvchi (boshlang‘ich) qoldig‘i
6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schotining kredit tomoniga yoziladi. Schotnng shu
tomonida korxonaning soliq organlari oldidagi majburiyatlarining 480000 so‘mga kupayishi aks
ettiriladi (400000 so‘m 80000 co‘m). Qarzlarning 280000 so‘mga (120000 so‘m 160000 so‘m)
ko‘payishi qarama-qarshi tomonda, ya'ni debetida ko‘rsatiladi.
Schotning oxirgi qoldig‘i 390000 so‘mni tashkil etadi (190000 so‘m Q 480000 so‘m –
280000so‘m).
6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz” passiv schotining ko‘rinishi qo‘ydagicha:
6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schoti
Debet
Kredit
2) qarz uzildi ………..120 000
3) qarz uzildi ……….. 160 000
Boshlang‘ich qoldiq ……….. 190 000
1) qarz aks ettirilishi …400 000
3) qarz ko‘payishi … 80 000
Jami kamaydi
(debet oborot)…………….280 000
Jami hisoblandi
(kredit oborot) …………. 480 000
Budjetga to‘lanmagan qarz
bo‘yicha yakuniy qoldiq …….... 390 000
Endi istalgan passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiq chiqarishning matematik modelini ko‘rib
chiqamiz. U quyidagicha bo‘ladi:
S'
kt
+KO
to
-DO
to
=S''
kt,(5)
Ushbu model passiv schotning ma'lum muddatga bo‘lgan oxirgi qoldig‘i uning boshlang‘ich
kredit qoldig‘iga ma'lum davr ichidagi kredit oborotini qo‘shib, shu davr ichidagi debet oborotining
ayrilganiga teng deb o‘qiladi.
Har qanday aktiv yoki passiv schot bo‘yicha oxirgi qoldiqning matematik modeli ikki
variantda bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |