Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

Aktiv schot chizmasi 
Debet
Kredit 
Boshlang‘ich qoldiq 
Kamayishi (-)
Buxgalteriya hisobining schotlari 
– bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning 
manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun 
zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar 
ma’lumotlariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir 
tizimga keltirish usulidir. 


Ko‘payishi (+) 
 
Oborot
Oborot
Oxirgi qoldiq 
Passiv schotlarda esa xo‘jalik mablag‘lari manbalarining mavjudligi va harakati hisobga 
olinadi. Passiv schotlarning qoldiqlari schotning kreditida aks ettiriladi. Passiv schotlar joriy hisobda 
balansning passiv moddalariga asosan ochiladi 
Passiv schot chizmasi 
Debet
Kredit
 
Kamayish (-) 
Boshlang‘ich qoldiq 
Ko‘payish (+) 
Oborot
Oborot
Oxirgi qoldiq 
Aktiv va passiv schotlarda debet (schotning chap tomoni) va kredit (schotning o‘ng tomoni) 
tayinlanishiga ko‘ra turli xil vazifalarni bajaradi. 
Aktiv schotlarning debetida mablag‘larning qoldig‘i va ko‘payishi, kreditida esa kamayishi 
aks ettiriladi. Passiv schotlarda, aksincha, mablag‘lar tashkil topish manbalarining qoldig‘i va 
ko‘payishi kreditida, kamayishi esa debetida aks ettiriladi. 
Buxgalteriya hisobi amaliyotida «qoldiq» so‘zining o‘rniga ko‘pincha «saldo» so‘zi 
ishlatiladi. «Saldo» italyancha so‘z bo‘lib, aynan tarjimasi «hisob-kitob» degan ma'noni bildiradi. 
Schot bo‘yicha hisobot davrining boshiga bo‘lgan qoldiq 
boshlang‘ich
saldo
deb ataladi. 
Schot bo‘yicha hisobot davrining oxiriga bo‘lgan qoldiq 
oxirgi
saldo
deb ataladi. Agar schotning 
debeti bo‘yicha oborotlar jami mazkur schotning krediti bo‘yicha oborotlar jamidan ko‘p bo‘lsa, u 
holda debet qoldiq qoladi. U schotning boshlang‘ich qoldiq joylashgan, chap tomonida ko‘rsatiladi.
Qoldiq har bir schot bo‘yicha har oyning birini sanasiga hisoblab chiqariladi. Schotda 
boshlang‘ich qoldiq bo‘lgan hollarda yangi (oxirgi) qoldiq schotning boshlang‘ich qoldig‘i 
ko‘rsatilgan tomondagi oborot yozuvlarining jamini hisobga olgan holda mazkur schotning qarama-
qarshi tomonidagi oborotlar jami chegirib tashlab aniqlanadi. Oxirgi qoldiq bo‘lmagan, ya'ni u nolga 
teng bo‘lgan hollarda schot yopilgan hisoblanadi.
Schotni yopish quyidagilar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin:
 
alohida faoliyat turlarining moliyaviy natijasini har bir hisobot davri bo‘yicha hisoblab chiqarish 
zaruratidan kelib chiqqan holda ularning qoldiqlarini boshqa schotga o‘tkazish. Masalan, 9000-
«Asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schotlar» (9010, 9020, 9030) 
qoldiqlari har oy oxirida 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schotiga o‘tkazish bilan yopilishi 
lozim; 
 
hisobga olinadigan obektning mohiyati bilan bog‘liq. Masalan, korxonada yangi turdagi 
mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshirilgan. Ushbu 
maqsadlar uchun joriy oyda amalga oshirilgan xarajatlar, hali mahsulot ishlab chiqarilmaganligi 
sababli, ma'lum bir mahsulot tannarxiga qo‘shilishi mumkin emas. Shuning uchun bunday 
xarajatlar 3100-«Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» schotining debetida to‘plab 
boriladi. Ishlab chiqarish yo‘lga quyilganidan va mahsulot ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng 
mazkur schotlarda to‘plangan xarajatlar har bir hisobot oyi bo‘yicha teng ulushlarda mahsulotlar 
turlarining tannarxiga taqsimlanadi. Xarajatlar hisobdan chiqarilgandan so‘ng 3100-«Kelgusi 
davr xarajatlarini hisobga oluvchi schotlar» yopiladi; 
 
ayrim turdagi xarajatlarni, avvalo, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlarini 
hisobga olishga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan bog‘liq. Masalan, 2510-«Umum ishlab 
chiqarish xarajatlari» schoti unda yig‘ilgan xarajatlarni har oyda kalkulyatsiya obektlariga 
taqsimlash va hisobdan o‘chirish yo‘li bilan yopiladi 
Aktiv va passiv schotlar balansning aktiv va passiv moddalariga mos kelganligi sababli 
balans 


schotlari
deb ham ataladi. Bu esa balans va schotlar o‘rtasida hisob obektlarini turkumlashning 
yagona iqtisodiy tasnifiga asoslangan o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi to‘g‘risida xulosa qilishga asos 
bo‘ladi (buxgalteriya balansi, schotlar va ikki yoqlama yozuv usullarining o‘zaro bog‘liqligi 6-
bobning 6.4-bo‘limida batafsil yoritilgan).

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin