Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


IV tip. Aktiv va passiv moddalarida kamayishga olib



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

IV tip.
Aktiv va passiv moddalarida kamayishga olib
 
keluvchi
 
o‘zgarishlar (aktiv va passiv
 
bir xil summaga kamayadi). 
Shunday qilib, har qanday xo‘jalik muomalasi ushbu ko‘rsatilgan to‘rt tip o‘zgarishlardan 
birining sodir bo‘lishiga olib keladi. 
3.3. Buxgalteriya balansi – korxonalarning moliyaviy ahvolini
o‘rganish uchun axborot manbai ekanligi 
 
Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo‘lib, ularga asoslanib xo‘jalik yurituvchi 
subekt moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Aynan mana shunday muhim 
ahamiyatga ega bo‘lganligi bois buxgalteriya balansi buxgalteriya hisoboti shakllari ichida birinchi 
o‘rinda turadi. Undagi axborotlarning mazmunini bilish uchun nafaqat buxgalteriya balansi tuzilishi 
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, balki ayrim ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi mantiqiy va o‘ziga xos 
bog‘liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini bilishda uni o‘qish ketma-
ketligi ham muhim ahamiyatga ega, shuningdek, faqat buxgalteriya balansiga xos bo‘lgan ayrim 
cheklashlarni albatta bilish zarur.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivining tuzilishi hamda mazmuni undagi axborotdan 
foydalanuvchilar, eng avvalo tashqi foydalanuvchilarga qaratilgan. Debitor va kreditor qarzlarning 
holatini ochib beruvchi, korxonaning joriy xarajatlari yoki foydasi hisobidan tashkil etilgan xususiy 
kapital va ayrim turdagi rezyervlar shakllanishini ochib beruvchi moddalar batafsillik darajasining 
yuqoriligi shundan kelib chiqadi.
Balansga xos ichki o‘zaro bog‘liqliklar axborotdan foydalanuvchilar ehtiyojining qondirilish 
darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi va quyidagilardan iborat:
1. Aktivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisi passivdagi barcha bo‘limlar summalari 
yig‘indisiga teng bo‘lib, bu balansning mohiyati bilan izohlanadi.
2. Xususiy kapitalning hajmi (passivdagi birinchi bo‘lim) uzoq muddatli aktivlar (aktivdagi 
birinchi bo‘lim) hajmidan ko‘p bo‘ladi. Bunday xulosa isbot talab qilmaydi. Chunki, xo‘jalik 
yurituvchi subektning asosiy faoliyati joriy aktivlarsiz mumkin emas deb qabul qilingan. Shuning 
uchun xususiy kapitalning tarkibi uzoq muddatli va joriy aktivlar shakllanishini doimo nazarda tutadi. 
Milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlari aktivdagi mulklar nisbatiga har xil ta’sir 
ko‘rsatadi.
Ushbu uslub bo‘yicha hisoblangan tafovut o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligini 
ko‘rsatadi. Bu mablag‘lar va zaxiralar hamda xarajatlarni shakllantiradigan uzoq muddatli qarz 
manbalarining summasi kapital va rezyervlarning jamini bildiradi (passivning birinchi bo‘limi), 
hamda uzoq muddatli kreditlar va qarz mablag‘lar (passivning ikkinchi bo‘limi) uzoq muddatli 
aktivlarni (aktivning birinchi bo‘limi) chegirib tashlagan holda. 
Shunday qilib, zaxiralar va xarajatlarni shakllantiruvchi asosiy manbalarning umumiy 
miqdori qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasi qo‘shilgan holdagi oldingi ko‘rsatkich 
miqdoriga teng.
3. Uzoq muddatli aktivlar (balans aktivining birinchi bo‘limi) asosan o‘z mablag‘lari 


=

р
-
Р
а
А


hisobidan shakllanishini e'tiborga olib, ularning miqdori xo‘jalik yurituvchi subekt normal faoliyat 
ko‘rsatgan sharoitda, majburiyatlar (balans passivining ikkinchi bo‘limi) summasidan ko‘p bo‘lishi 
mumkin. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ularning nisbati 6/4 va undan yuqori bo‘lishi 
normal holat deb tan olinadi.
4. Balansda barcha aktivlar va passivlar juda batafsil beriladi. Bu uning aktivi va passivi 
bo‘yicha ayrim moddalari, natijada, ayrim mulklarni qoplash manbalari o‘rtasida bog‘liqlik 
o‘rnatishga imkon beradi. Masalan, uzoq muddatli va qisqa muddatli quyilmalarni qoplash manbalari 
bo‘lib, maxsus mo‘ljallangan har xil fondlar va rezyerv kapitali hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya balansining eng umumiy sharhi, uning ma'lum cheklashlarida 
(statiklik, baholash tamoyilining realligi va h.k.), undan foydalanuvchilarga, eng avvalo 
mulkdorlarning moliyaviy barqarorligi to‘g‘risida zarur axborotlarni taqdim etadi. 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin