Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Buxgalteriya hisobining schotlari



Yüklə 4,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/381
tarix01.12.2023
ölçüsü4,92 Mb.
#170244
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   381
Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solik

3.4. Buxgalteriya hisobining schotlari
 
va ularning tuzilishi: aktiv va passiv schotlar 
 
Ma'lum bo‘ldiki, balans xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarini ma'lum 
sanaga, umumlashtirilgan tasnifiy guruhlar bo‘yicha tavsiflar ekan. Lekin, korxona moliya-xo‘jalik 
faoliyatini boshqarish va biznes-reja hamda shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish uchun har 
bir mablag‘ning mavjudligi va harakati, har bir korxona bilan hisob-kitoblar ahvoli, ayrim mablag‘ 
manbalarining o‘zgarishi va boshqalar to‘g‘risida kundalik ma’lumotlar kyerak. Shuningdek, faqat 
natijalarnigina emas, balki xo‘jalik jarayonlarini ham tavsiflaydigan ma’lumotlar zarur. Bunday 
ma’lumotlarga xo‘jalik muomalalarini, ularning xususiyatlariga ko‘ra hisobga olgan holda aks ettirib 
borish yo‘li bilan ega bo‘lish mumkin. Xo‘jalik muomalalarini joriy tartibda aks ettirish va guruhlash 
uchun buxgalteriya hisobining schotlaridan foydalaniladi. 
Guruhlash iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bir xil xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘lar manbalari va 
xo‘jalik muomalalari uchun alohida schot ochish bilan ta'minlanadi.
Schot buxgalteriya hisobi obektlarini identifikatsiyalashga imkon yaratadigan maxsus belgi 
hisoblanadi. Shuning uchun har bir schotga, unda hisobga olinadigan obektga mos keladigan nom va 
xos raqam (kod) belgisi beriladi (1-ilovaga qarang). Schotlar xo‘jalik mablag‘lari, ularning vujudga 
kelish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir turi uchun buxgalteriya hisobi obektlarining 
turkumlanishiga muvofiq ochiladi. Masalan, «Bino, inshootlar va uzatgich moslamalar», «Mashina 
va uskunalar», «Xom-ashyo va Materiallar», «Patentlar, litsenziyalar va nou-xou», «Asosiy ishlab 
chiqarish», «Hisob-kitob schoti» va h.k. 
Buxgalteriya hisobining schotlari ikki tomonli jadval shakliga ega bo‘lib, chap tomoni – 
«debet», o‘ng tomoni – «kredit» deb ataladi. «Debet» va «kredit» atamalari lotincha bo‘lib, aynan 
tarjimasi debet – “u qarzdor” va credit – «u ishonadi» degan ma'noni bildiradi. 
Mablag‘larning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ikki guruhga: 1) Tarkibi, joylanishi va ishlatilishi 
bo‘yicha; 2) Tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha bo‘linishidan kelib chiqqan 
holda schotlar ham, aktiv va passiv schotlarga bo‘linadi. Aktiv schotlarda xo‘jalik mablag‘larining 
mavjudligi va harakati (ko‘payishi, kamayishi) aks ettiriladi. Aktiv schotlarning qoldiqlari debet 
tomonida yoziladi. Aktiv schotlar balans aktividagi moddalarga asosan ochiladi: 

Yüklə 4,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin