“PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz
Volume-21, Issue-1, November - 2022 110 tushunchani boshqa tushunchalardan farqli belgilari va umumiyligini ta'minlash uchun
qo'llaniladi.
Tushunchaning xususiyatlari: moddiy dunyoni aks ettiruvchi kategoriya
hisoblanadi; bilishda umumlashgan narsa sifatida paydo bo'ladi; tushuncha o'ziga xos
inson faoliyatini bildiradi; inson ongida tushuncha shakllanib, u nutqda, yozuvda va
belgilarda ifodalanishi bilan xarakterlanadi.
Tushunchaning shakllanish jarayoni bosqichlari: qabul qilish, hissiy bilish,
tasavvur, tushunchaning shakllanishi.
Umumlashtirishda bir necha ob'yektlarga tegishli umumiyliklar ajratilib, farqlari
qaralmaydi, abstrakt tushunchalar shunday paydo bo'ladi. Bunda ob'yektlarning
kattaroq to'plami qaralib, ularga xos umumiy va turg'un xossalari ajratiladi.
Tushuncha mazmun va hajmga ega: mazmun - bu tushunchaning barcha muhim
belgilari to'plamidan iborat, hajmi esa - bu tushunchani qo'llash mumkin bo'lgan
obyektlar to'plami, demak, mazmun - belgi, xossalar, hajm- obyektlarni ifodalaydi.
Parallelogramm tushunchasi mazmuniga kuyidagi belgilar kiradi: qarama-qarshi
tomonlar teng, qarama-qarshi burchaklar teng, kesishish nuqtasida diagonallari teng
ikkiga bo'linadi. Hajmiga esa parallelogrammlar, romblar, to'gri to'rtburchaklar,
kvadratlar kiradi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi o'zaro aloqada. Mazmun hajmni belgilaydi,
hajm esa mazmunni to'la aniqlaydi. Ular o'zaro teskari bog'lanishda, ya'ni mazmun
o'zgarishi bilan hajm o'zgaradi, lekin birining kengayishi ikkinchisininng torayishiga
sabab bo'ladi.
Masalan, parallelogramm tushunchasi mazmunini kengaytirsak, ya'ni uning
diagonallari o'zaro perpendikulyar belgisini qo'shimcha qilsak,uning hajmi torayadi va
unga faqat romb va kvadratlar kiradi. Agar mazmunnni kichraytirsak, ya'ni juft-juft
qarama-qarshi tomonlari parallelligini olib tashlasak, u holda uning hajmi kengayib,
unga yana trapesiyalar ham kiradi.
Agar ikkkita tushuncha pt va p2 berilgan bo'lsa va ularning hajmlari tegishlilik
munosabatida bo'lsa, ya'ni p2 tushuncha kattaroq hajmga ega bo'lsa, u holda p2
tushuncha pt ga nisbatan jinsdosh, pt esa p2 ga nisbatan turdosh deb ataladi. Masalan,
romb parallelogrammga turdosh tushuncha, aksincha, parallelogramm rombga
jinsdosh tushuncha hisoblanadi.
Tushuncha mazmunini ochishda uning belgilari yordamida ta'riflash muhim
ahamiyatga ega. Tushunchaninng ta'rifida har bir belgi zaruriy, barchasi esa yetarli
bo'lishi zarur. Masalan, parallelogram - ikki juft qarama - qarshi tomonlari teng va
parallel bo'lgan to'rtburchak, kvadrat - tomonlari teng va to'rtta burchagi to'gri bo'lgan
parallelogrammdir kabi ta'riflar bunga misol bo'la oladi.Umuman olganda, ixtiyoriy
tushunchani kengaytirib nuqtali to'plamlargacha olib borish mumkin. Masalan, kvadrat