Elektron biznes va Elektron biznes himoyasi muammolari MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………. I.bob O’zbekistonda elektron biznesni rivojlantirish istiqbollari……….. 1.1Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish sohalari………………………
1.2 Elektron biznes tizimlarini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari……
II-bob Elektron biznes va uning xavfsizligi muammolari…………….. 2.1 Elektron biznes himoyasining muammolari……………………………
2.2 Elektrоn biznes tizimida qo‘llaniladigan axbоrоt texnоlоgiyalari………….
Xulosa…………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..
Kirish O‘zbekiston iqtisodiyotining shakllantirilishi va kelgusida uni izchil rivojlantirilishiga yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlovchi elektron biznesning zamonaviy konsepsiyasini keng miqyosda qo‘llamasdan erishib bo‘lmaydi. Bugungi kunda elektron biznes tizimi infratuzilmasi, zamonaviy modellari, tashkiliy-iqtisodiy qarorlarni qabul qilish tamoyillari va usullarini ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator nazariy va uslubiy masalalar hali o‘z yechimini topmagan. Qabul qilingan qonunchilik bazasi hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining zamonaviy xususiyatlarini hisobga olgan, samarali amal qiladigan elektron biznesni qurishning nazariy va uslubiy asoslari yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan Internet-kompaniyani hamda uning tarkibida elektron magazinlarni tashkil qilishning, shuningdek, ularning qiymatini baholashning eng samarali varianti mavjud emas. O‘quv adabiyotlarida yetarli darajada bayon qilinmagan elektron biznesni tashkil qilish, joriy etish, amal qilishi, faoliyat natijalarini baholashning iqtisodiy samaradorligini asoslash bilan bog‘langan nazariy va uslubiy muammolarni, shuningdek, ko‘p maqsadli modellar hamda matematik usullarni qo‘llash asosida biznes qiymatini baholash masalalari mazkur nashrda yoritilgan. Darslikda boy raqamli va ko‘rgazmali materiallar taqdim etilgan. Ko‘p maqsadli yondashuv g‘oyasini amalga oshiradigan, elektron biznes tizimi masalalarini yechishning tavsiya etilgan barcha maqbullashtiruvchi matematik usullariga batafsil hisob-kitoblar ilova qilingan, matndagi ishoralar mustaqil bo‘lib, yagona iqtisodiy axborot maydonini tashkil qiladi. Ommaviy axborotni an’anaviy vositalaridan farqli o‘laroq, Internet quyidagi muhim afzalliklarga ega: interfaollik, muallif va kitobxon o‘rtasida teskari aloqaning mavjudligi, foydalanuvchiga shaxsiy yondashuv qo‘llash imkoniyati, axborot taqdim etishning yuqori tezligi. Narxi esa muxbirning olisligiga ham, uzatilayotgan xabarning hajmiga ham bog‘liq emas (odatda, faqatgina Internetga kirish uchun haq to‘lanadi).