1.1 Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish sohalari. An’anaviy tushunchada “magazin” deganda sotish va sotib olish jarayoni ro‘y beradigan joy tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, u yerda xaridor tovarlar ro‘yxati bilan tanishadi, uning tavsifini o‘rganadi, tanlaydi, buyurtma beradi va oldindan band qilib, to‘lab qo‘yadi. Aksariyat holatlarda esa, tovarning qo‘ldan qo‘lga o‘tish holati kuzatiladi. Elektron magazindan foydalanganda esa tovar xarid qilinishi bilan uning qo‘ldan qo‘lga o‘tish ehtimolligi sezilarli kamayadi. Bunga sabab esa, xaridorga tovarni yetkazib berish uchun mu’lum vaqt ketishidir. Elektron biznesning vazifasi sherik kompaniyalar bilan bir qatorda, yakka tartibdgi xaridorlarga ham ikki tomonlama samarali savdo aloqalarini yaratib berishdan iborat. Forester Research kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, elektron biznes aylanmasining qariyb 85 foizi sherik kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu kabi savdolarning hajmi sanoat va moliya kabi sohalarga nomutanosib ravishda taqsimlanadi. Xususan, savdo hajmining taxminan 50 foizi sanoat ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri kelsa, moliya sektoriga bor-yo‘g‘i 27 foizi to‘g‘ri keladi, xolos. “Datamonitor” kompaniyasi tomonidan qilingan oxirgi tadqiqotlarga ko‘ra, kompaniyalar o‘rtasida savdo qilish uchun elektron biznes tizimini yo‘lga qo‘- yish 5 ming AQSh dollaridan 2 mln dollargacha mablag‘ talab qiladi.
Elektron biznesni amalga oshishining beshta asosiy sohasini ko‘rishimiz mumkin: Birinchi soha salohiyatli mijozga Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan vositalar orqali tovar taklif qilish. An’anaviy usulda savdo qilish jarayonida xaridor tovarning bahosini savdolashishi, sotuvchi bilan maslahatlashishi, tovarni sotib olishga qaror qilishi yoki undan voz kechishi mumkin. Internet tarmog‘ida salohiyatli mijozlarga multimedianing barcha imkoniyatlari yaratib beriladi. Aniqroq qilib aytganda, tovarni uch o‘lchamli fazoda ko‘ra olishi, maxsus tayyorlangan ovozli, animatsiyali videoroliklardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Ikkinchi soha – tovar sotib olishni bevosita amalga oshirilishi. Shu bilan birga, tez va ozmi-ko‘pmi xavfsizdir. Tovarni sotib olish uchun buyurtma, elektron pochta orqali xabar yuborilishi bilan tasdiqlanishi zarur. Uchinchi soha sotishdan keyin qo‘llab-quvvatlash. Bu mijozga tovarni sotib olishni rasmiylashtirayotganida taklif qilinib, keyinchalik tovardan foydalanish davomida ham amalda bo‘ladi. Bunda mijozga sotuvchi kompaniya bilan elektron pochta yoki web-saytda aloqa qilish im-koniyati yaratib berilib, agar qandaydir muammolar yuzaga kelsa, mijoz norozilik bildirishi ham mumkin bo‘ladi. To‘rtinchi soha – Mijozlarning ma’lum magazinlar yoki ba’zi markalar uchun yetakchiligiga alohida e’tibor qaratish. Elektron magazinlarning savdo hajmi, odatda, uning doimiy mijozlari miqdori bilan aniqlanadi. Bunda, ushbu elektron magazin bitta doimiy mijozni saqlab turish uchun 30$ dan 200$ va undan ko‘p xarajat qiladi. Beshinchi soha – elektron magazinga e’tiborni qaratish va saqlab turish maqsadida qilinadigan reklamadir. Internet tarmog‘ida reklamaga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Uning maqsadi, keng ommaga mo‘ljallanganligi, o‘zgaruvchan, interfaol va o‘ziga jalb qilishdan iborat. Reklamaning yuqorida aytib o‘tilgan talablarga javob berishini ta’minlash maqsadida Java-animatsiya, DHTML, VRML va boshqa shu kabi vositalar ishlab chiqilgan.