1.2 Elektron biznes tizimlarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari Elektron biznes tizimlarini tashkil qilinishi nazariy va uslubiy jihatdan yaxshi ishlab chiqilmaganligi sababli quyidagi eng muhim muammolarni hal qilish talab etiladi:
– elektron biznesni boshqarish tizimida qo‘llanadigan asosiy kategoriyalar va tushunchalarni aniqlashtirish;
– elektron biznes tizimini qurishning asosiy ilmiy tamoyillarini ishlab chiqish;
– Internet-iqtisodiyotni tuzilmaviy modelini ishlab chiqish hamda undagi elektron biznes tizimining o‘rnini asoslash;
– Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron biznes tizimi modellarini qurilish xususiyatlarini ochib berish;
– Internet tarmog‘ida amalga oshiriladigan elektron biznesning tashkiliy-iqtisodiy modellarini har xil turlarining klassifikatsiyasi;
– elektron biznesni qo‘llashning eng maqsadga muvofiq sohalarini asoslab berish;
– elektron biznesni an’anaviy savdodan farqlaydigan, uni prinsipial xususiyatlarining klassifikatsiyasi;
– elektron biznes tizimi asosiy elementlari tarkibini asoslash;
– elektron magazinni tashkil qilishga qo‘yiladigan asosiy talablarni ifodalash;
– elektron biznes tizimida qo‘llanadigan zamonaviy texnologiyalar bahosi hamda ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
– elektron biznes tizimida hal qilinishni lozim bo‘lgan asosiy tashkiliy-iqtisodiy vazifalar majmuyini asoslash;
– elektron magazinni tashkil qilish uchun maqsadga muvofiq dasturiy vositani tanlovini asoslash bilan bog‘liq metodikani ishlab chiqish. Ushbu metodika an’anaviy bir maqsadli yondashuv asosida emas, mazkur vazifani yechishga ko‘p maqsadli (ko‘p mezonli) yondashuv asosida amalga oshiriladi hamda nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi;
– elektron biznesni barcha qatnashchilari tomonidan olinadigan umumiy iqtisodiy manfaatlarni tartiblashtirish;
– ishlab chiqaruvchifirmalar oladigan asosiy iqtisodiy-tashkiliy afzalliklarning majmuyini aniqlash.
Elektron biznesni rivojlantirishda bugungi kunda O‘zbekistonda bir qator muammolar mavjud. Bular:
– respublika to‘lov tizimlarini xorijiy to‘lov tizimlarini bilan uyg‘unlikda qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar yo‘qligi;
– elektron biznes tizimlarining zamonaviy infratuzilmasini yaratishda davlat tomonidan kerakli va keng miqyosdagi qo‘llab-quvvatlashning cheklanganligi;
– elektron biznes qatnashchilari o‘rtasida ma’lumot almashish xavfsizligini yuqori darajasini ta’minlashning imkoni yo‘qligi.
– intellektual mulkka huquqlarni samarali himoya qilishni ta’minlash muammosi hal etilmaganligi; bu, ayniqsa, elektron usul bilan tarqatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarga tegishlidir;
– ochiq tarmoqlarda elektron biznesni amalga oshirishni kerakli maxfiyligi hamda xavfsizligini kafolatlaydigan ishonchli mexanizmlar ishlab chiqilmaganligi;
– elektron biznes tizimida samarali ishlay oladigan malakali mutaxassislarni etishmasligi (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida biznes sohasi mutaxassislarini tayyorlash asosan savdoni olib borishning an’- anaviy shakllariga mo‘ljallangan);
– elektron biznes qatnashchilari salohiyatli xaridorlarning ko‘pchilik qismi talablariga javob beradigan tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan narxlar tizimiga tayanmasligi; – elektron biznes qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan huquqiy bazaning nomukammalligi;
– Internet-kompaniyalari (jumladan elektron magazinlar) ni tashkil qilish va amal qilishining iqtisodiy samaradorligini to‘g‘ri baholashga xizmat qiladigan maxsus metodikalar yo‘qligi;
– elektron biznes tizimlarini rivojlantirish sur’atlari yuqori bo‘lmagani sababli qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil qilish imkoniyati cheklanganligi. Yuqorida qayd etilgan muammolardan ba’zilarini global va davlat miqyosida hal qilish mumkin.