72
73
Bugun o‘zbek she’riyati ifoda usuliga ko‘ra taxminan
quyidagicha ko‘rinishga ega: 1. An’anaviy. 2. Xalqona.
3. Aruz. 4. Modern. 5. Sinkretik. Ammo dunyoqarashda
asosan ikki kuchning musobaqasini kuzatish mumkin. U
ham bo‘lsa an’anaviy va modern (shu jumladan, post-
modern) yo‘nalishlar o‘rtasidagi «musobaqa». Bunday
«musobaqa» hamisha bo‘lgan, bor va bunday keyin ham
davom etadi. Yaqin tariximizda u «an’ana va novatorlik»
deb atalgan.
2012-yil fevral oylaridan e’tiboran Rossiyaning
«Литературная газета»sida postmodernizm haqida
qizg‘in bahs boshlanib, yil davomida har xil qarashlar
o‘rtaga tashlandi. Unda bir xil olimlar «postmoder-
nizm Rossiyada o‘z o‘rnini topmadi» deyishsa, boshqa
birlari «yo‘q, hali bunday deyishga juda erta, jamiyat-
da xaos bor ekan, postmodern bor bo‘laveradi» degan
fikrni ilgari surishdi. Xuddi shunga o‘xshash munozara
o‘zbek adabiyoti ilmi maydonida ham yuz berib tu-
ribdi. Bir tomon «modernizm degan unsur nafaqat
o‘zbek adabiyotiga, umuman, Sharq adabiyotiga,
Sharqning tafakkur tarziga yot, u Yevropadan sun’iy
ravishda keltirilgan usul» desa, boshqa tomon «u ja-
miyatning yashash tarzi, kayfiyati» demoqda. Mayli,
bahs-munozara o‘z yo‘liga, ammo she’riyatning o‘zga-
rib-yangilanib borayotgani – fakt. Bundan ko‘z yumib
bo‘lmaydi. Keyingi 20 – 25 yil mobaynida jamiyatda
yuz bergan o‘zgarishlar zamonaviy o‘zbek she’riya-
ti qiyofasini belgilab berayotgani bor gap. «Haqiqiy
adabiyot, chinakam she’r bu – yuksak san’at» degan
shior ostida ijod qiluvchilar bir tomonda, ikkinchi yoq-
da esa omma kayfiyatini ask ettirayotgan qalamkash-
lar «lashkari» saf tortdi.
Postmodernizm – dunyoni tushunish va tushunti-
rishning bir yo‘li. San’at yo‘li, adabiyot yo‘li, dunyo-
ni anglash, his qilish yo‘li. Lekin u oxirgi yo‘l degani
emas. Insonlar, jamiyatlar bor ekan, ularning kayfi-
yatlari, dunyoqarashlari, orzu-intilishlari-yu ehtiyojla-
ri ham bir joyda to‘xtab qolmaydi. Bas, inson doimo
yangi yo‘l qidiradi. U hayot ekan, izlanish ham hami-
sha barhayotdir.
Dostları ilə paylaş: