Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

1. Muallif o‘limi.
Faqat matn bor, muallif esa asarda 
«o‘lgan», chunki u yozgan matn uning o‘ziniki emas, 
umummatndan olingan nusxalar, kodlardir degan qa-
rashni bildiradi. Fransuz adabiyotshunosi R. Bart muallif 
istilohi o‘rniga skriptorni kiritadi. Skriptor hisobsiz lug‘at 
boyligidan matn yasaydi. Asarni esa muallif emas, o‘quv-
chi yaratadi. «Qanday qilib?» degan savolga asarga o‘z 
mazmunini yuklab deb javob beradi. Shuning uchun 
ham postmodernizm o‘quvchi darajasini muhim hisob-
laydi. O‘quvchi qancha o‘qimishli bo‘lsa, asarga yashiril-
gan «madaniy kod»larni shuncha ko‘p topadi deydi.
2. Intertekstuallik
(lotincha so‘z bo‘lib, inter – aro, 
textum – to‘qima, mato, matn) – har qanday matn o‘zi-
dan oldingi matndan olingan matn ma’nosini bildiradi. 
Ya’ni har qanday matn qo‘shtirnoqsiz iqtibos. Chunki har 
qanday matn o‘zigacha yaratilgan matndan kelib chiqa-
di, unda boshqa matnlarning izlari bor degan qarashni 
ilgari suradi.
3. Simulyakr
– asl san’at o‘rniga kelgan soxta este-
tik asarlar. Simulyakrlar (
simulo
lotincha so‘z bo‘lib, yo‘q 
narsani bor o‘laroq ko‘rsatish ma’nosida keladi) nusxa-
lardir. Yo‘q reallikni bor qilib ifodalash, mabodo reallik 
bo‘lsa ham, u nomigagina «ishtirok etadi». Ular baland 
va past didlar o‘rtasidagi chegaralarni yuvib tashlashga 
xizmat qiladi.
4. Dekonstruksiya
– mavjud butunlikni buzish va par-
chalardan yangini yaratish.
5. Ramziylik
– dunyodagi hamma narsaning majoziy 
ma’nosi bor deb qarash.
6. Artefakt
– kutilmagan joyda, xuddi tasodif kabi ya-
ratilib qoladigan badiiy asar.
7. Interaktivlik
– ijodkor va o‘quvchi sherikligi asosida 
badiiy asarning yuzaga kelishi.
8. Universalizm
– hamma narsaning qorishib, omma-
viylashib ketishi.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin