54
55
NIZM (fr.
postmodernisme
– modernizmdan keyingi)
– o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan adabiyot va san’at-
da, umuman, ijtimoiy-gumanitar sohalarda kuzatila
boshlagan oqim, ijodiy metod. Fransuz poststruktura-
lizmining dekonstruktsiya (J. Derrida), postfreydizm-
ning «shizoanaliz» va «ongsizlik tili» (Lakan, J. Delyoz,
F. Gattari) ta’limotlari hamda semiotikadagi kinoyaviylik
konsepsiyasi (U. Eko) P.ning falsafiy asosini tashkil qila-
di. P.ning yuzaga kelish vaqti, o‘ziga xosligi masalasida
turlicha fikrlar mavjud. Ayrim mutaxassislar P. 40-yillar-
da J. Joysning «Finnegan ma’rakasi» (1939) asari bilan
boshlangan desa, boshqalari o‘tgan asrning o‘rtalarini,
yana bir xillari 70 – 80-yillarini ko‘rsatadilar. Holbuki, P.
termini ancha avval paydo bo‘lgan: ilk bor P. Vinnitsning
«Yevropa madaniyati inqirozi» (1917) asarida ishlatilgan
bo‘lsa, Toynbining «Tarixni o‘rganish» (1947) asarida
termin kulturologik ma’noda, jahon madaniyatida yev-
roposentrizmning barham topishi ma’nosida qo‘llanadi.
Adabiyotshunoslikda ham P. termini XX asrning 20-yil-
laridanoq ishlatilgan bo‘lib, u adabiy jarayondagi
mo-
derniz
mga aks ta’sir hodisalarini, 60 – 70-yillar amerika
adabiy tanqidchiligida esa ultramodernistik ijodiy tajri-
balarni anglatgan...»
16
Postmodernizmni modernizmning davomi sifatida
ham, undan alohida, hatto uning inkori, aksi sifatida
talqin qilishlar ham ilmda bor. Bu ikki oqim mazmun-mo-
hiyatini, ularning bir-biridan ajratib turuvchi xususiyatla-
rini yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi jadvalga
17
nazar tashlaymiz:
16
Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. – Б.227.
17
Ўша манба. – Б.228 – 229.
Dostları ilə paylaş: