Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. O‘zbek modern adabiyoti haqida nimalarni bilasiz?
2. Modern adabiyoti Sharq, jumladan, o‘zbek adabi-
yotiga yot hodisami?
3. Modernizm va ramz munosabatlari haqida so‘zlab 
bering.
4. O‘zbek modern shoirlaridan kimlarni bilasiz, ular-
ning qaysi asarlari bor?


50
5. Xorijiy va o‘zbek olimlarining modernizm haqidagi 
qarashlariga munosabatingiz…
6. Jahon va o‘zbek adabiyotidagi ayrim modernistik 
asarlarni tahlil qiling.
7. Modernizm va istiqlol davri o‘zbek adabiyoti haqida 
so‘zlang.
Asosiy adabiyotlar:
1. Модернизм. Сборник. – М.: Искусство, 1987.
2. Гассет Х.О. Дегуманизация искусства. – М.: Радуга, 
1991.
3. Борев Ю. Эстетика. – М.: Политическая 
литература, 1981.
4. Затонский Д.В. Модернизм и постмодернизм. – 
Харьков: Фолио, 2000.
5. Холбеков М. ХХ аср модерн адабиёти 
манзаралари. – Тошкент: Мумтоз сўз. 2014.
6. Йўлдош Ў., Йўлдош М. Бадиий таҳлил асослари. – 
Тошкент: Камалак, 2016.
7. Қуронов Д. ва бошқ. Адабиётшунослик луғати. – 
Тошкент: Академнашр, 2010.
8. Норматов У., Ҳамдам У. Дунёни янгича кўриш 
эҳтиёжи. Суҳбат // Жаҳон адабиёти. 2001. 
9. Қуронов Д. Адабиёт назарияси асослари. – Тош-
кент, 2018.
10. Халлиeва Г. Қиёсий адабиётшунослик. – 
Тошкент: Академнашр, 2020.
11. Эшонқул Н. «Мен»дан менгача. – Тошкент: Ака-
демнашр. 2014.
Tayanch so‘z va iboralar: 
postmodernizmga 
oid tushunchalar, murakkab va ziddiyatli oqim, 
ommaviy didsizlashuv, dizaynlashuv, universal 
gumanizm, ikkiyoqlama kodlashtirish, 
intertekstual o‘yin, janrlar mutatsiyasi, «muallif 
o‘limi», logosentrizm, an’anaviy qadriyatlar
o‘zbek adabiyotida postmodernizm.
3-mavzu: 
POSTMODERNIZM
RЕJA:
1. Postmodernizm va uning paydo bo‘lish omillari.
2. Postmodern adabiyotning mazmun-mohiyati, na-
moyandalari.
3. Universal gumanizm (jami tirik mavjudotga teng 
qarash).
4. Ikkiyoqlama kodlashtirish tamoyili (xos va avom 
adabiyoti o‘rtasidagi chegaraning olib tashlanishi).
5. Janrlar mutatsiyasi, ijodda individ rolini inkor qilish, 
«muallif o‘limi» konsepsiyasi, intertekstuallik.
6. U. Ekoning «Atirgul ismi» romani – postmodernizm-
ning manifesti.
7. Postmodernizm va bugungi o‘zbek adabiyoti man-
zarasi.


53
XX asr va XXI asr avvali shiddatli o‘zgarishlar dav-
ri bo‘lib, bu asrlarda inson va jamiyat kayfiyati bot-bot 
turlandi, turlanmoqda. Natijada badiiy adabiyot uchun 
uslub, oqim va yo‘nalishlar xilma-xilligi oddiy holga
romantiklikdan ko‘ra realistik ruh badiiy adabiyotning 
yetakchi kayfiyatiga aylandi. Jamiyat va inson hayotiga 
bo‘lgan e’tibor, badiiylikdan ko‘ra g‘oyaviylikka urg‘u be-
rish (publitsistik ruhning ortishi), qahramon psixologi-
yasiga kirish, uning faol hayotiy pozitsiyasini aniqlash 
ko‘pchilik zamonaviy asarlarga xos bo‘lib bordi. Ushbu 
zamonaviy yo‘nalish ilmda postmodernizm nomini oldi. 
Postmodern nasrning asosiy prinsiplari italyan Umberto 
Eko (1932 – 2016), Italo Kalvino (1923 – 1985), amerika-
lik Jon Bart (1930), olmon Patrik Zyuskind (1949), chex 
Milana Kundera (1925) va serb Milorad Pavich (1929 – 
2009) asarlarida ko‘rinadi.
Postmodernizm modernizmdan keyin kelgan bo‘lib 
(«post» – keyin), o‘ta murakkab va serqirra adabiy oqim-
dir. Adabiy oqim deyilsa-da, postmodernizm xuddi mo-
dernizm kabi inson dunyoqarashiga ta’sir qilgan, keng 
tarmoqli va g‘oyat ziddiyatli ulkan hodisadir. U haqda-
gi qarashlar ham tugallanmagan. Chunki hodisaning 
o‘zi davom etmoqda. Qayerdaki xaos bor ekan, u yerda 
postmodernizm ham bor deb qaraladi.
O‘zbek adabiyotshunosi, prof. D. Quronov (va boshq.)-
ning «Adabiyotshunoslik lug‘ati» kitobida postmoder-
nizm haqida quyidagicha ta’rif beriladi: «POSTMODER-


54
55
NIZM (fr. 
postmodernisme 
– modernizmdan keyingi) 
– o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan adabiyot va san’at-
da, umuman, ijtimoiy-gumanitar sohalarda kuzatila 
boshlagan oqim, ijodiy metod. Fransuz poststruktura-
lizmining dekonstruktsiya (J. Derrida), postfreydizm-
ning «shizoanaliz» va «ongsizlik tili» (Lakan, J. Delyoz, 
F. Gattari) ta’limotlari hamda semiotikadagi kinoyaviylik 
konsepsiyasi (U. Eko) P.ning falsafiy asosini tashkil qila-
di. P.ning yuzaga kelish vaqti, o‘ziga xosligi masalasida 
turlicha fikrlar mavjud. Ayrim mutaxassislar P. 40-yillar-
da J. Joysning «Finnegan ma’rakasi» (1939) asari bilan 
boshlangan desa, boshqalari o‘tgan asrning o‘rtalarini, 
yana bir xillari 70 – 80-yillarini ko‘rsatadilar. Holbuki, P. 
termini ancha avval paydo bo‘lgan: ilk bor P. Vinnitsning 
«Yevropa madaniyati inqirozi» (1917) asarida ishlatilgan 
bo‘lsa, Toynbining «Tarixni o‘rganish» (1947) asarida 
termin kulturologik ma’noda, jahon madaniyatida yev-
roposentrizmning barham topishi ma’nosida qo‘llanadi. 
Adabiyotshunoslikda ham P. termini XX asrning 20-yil-
laridanoq ishlatilgan bo‘lib, u adabiy jarayondagi 
mo-
derniz
mga aks ta’sir hodisalarini, 60 – 70-yillar amerika 
adabiy tanqidchiligida esa ultramodernistik ijodiy tajri-
balarni anglatgan...»
16
Postmodernizmni modernizmning davomi sifatida 
ham, undan alohida, hatto uning inkori, aksi sifatida 
talqin qilishlar ham ilmda bor. Bu ikki oqim mazmun-mo-
hiyatini, ularning bir-biridan ajratib turuvchi xususiyatla-
rini yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi jadvalga
17
nazar tashlaymiz:
16 
Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. – Б.227.
17 
Ўша манба. – Б.228 – 229.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin