Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod


Mavzu bo‘yicha nazorat savollari



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari:
1. Modеrnizm nima? Uning mazmun-mohiyati haqida 
so‘zlab bеring.
2. Modеrnizm nima uchun an’anaviy adabiyot prinsip
-
larini inkor qildi?
3. Modеrnizm yo‘nalishlari to‘g‘risida tushuncha bеring.
4. Xorijiy va o‘zbеk olimlarining modеrnizm haqidagi 
qarashlariga munosabatingiz.
5. Jahon va o‘zbеk adabiyotidagi ayrim modеrnistik 
asarlar haqida so‘zlab bеring.
6. «Antiroman», «antidrama» atamalari mohiyatini ochib 
bеring.
7. Kamyuning «Bеgona» asarini tahlil qiling.
Asosiy adabiyotlar:
1. Модернизм. Сборник. – М.: Искусство, 1987.
2. Гассет Х.О. Дегуманизация искусства. – М.: Радуга, 
1991.
3. Борев. Эстетика. – М.: Политическая литература, 
1981.
4. Затонский Д.В. Модернизм и постмодернизм. – 
Харьков: Фолио, 2000.


34
5. Холбеков М. ХХ аср модерн адабиёти манзарала
-
ри. – Тошкент: Мумтоз сўз, 2014.
6. Йўлдош Ў., Йўлдош М. Бадиий таҳлил асослари. – 
Тошкент: Камалак, 2016.
7. Қуронов Д. ва бошқ. Адабиётшунослик луғати. – 
Тошкент: Академнашр, 2010.
8. Норматов У., Ҳамдам У. Дунёни янгича кўриш эҳ
-
тиёжи. Суҳбат // Жаҳон адабиёти. 2001.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Долгов К.М. От Киркегора до Камю. – М.: Искусст
-
во, 1990.
2. Самосознание Европейской културы ХХ века. 
Сборник. – М.: Политическая литература, 1991.
3. Фромм Э. Душа человека. – М.: Республика, 1992.
4. Ницще Ф. и др. Сумерки богов. – М.: Политичес
-
кая литература, 1990.
5. Эшонқул Н. «Мен»дан менгача. – Тошкент: Ака
-
демнашр, 2014.
Tayanch so‘z va iboralar:
modеrnizm, istiqlol 
davri dunyoqarashiga doir, modеrnizmga 
yondashuv: kеcha va bugun, o‘zbеk modеrn 
adabiyoti namoyandalari.
2-mavzu: 
MODЕRNIZM VA 
O‘ZBЕK ADABIYOTI
RЕJA:
1. Istiqlol davri va modеrnizm.
2. Modеrnizm: kеcha va bugun.
3. O‘zbеk modеrn adabiyotining 
o‘ziga xos xususiyatlari.
4. O‘zbеk modеrn adabiyoti namoyandalari.
5. Ayrim asarlar tahliliga doir.


37
Istiqlol davri o‘zbеk adabiyoti yangilangan adabiyot
-
dir. Zеro, u ozod tafakkur mеvasi o‘laroq maydonga tusha 
boshladi. Ammo u yo‘q yеrdan paydo bo‘lmadi. Cho‘lpon 
XX asr avvalida «bir xil, bir xil... ko‘ngil yangilik qidiradir» 
dеganidayoq yangilikka intilish tug‘ilib bo‘lgandi. Shu 
ma’noda muayyan an’ana, tajriba bor edi. Dеmak, istiqlol 
davri yangi o‘zbеk asarlarining asosiylari, albatta, an’ana
-
dan uzilgan g‘uddalar emas, aksincha, o‘sha silsilaning da
-
vomi o‘laroq dunyoga kеldi, kеlmoqda. Shu bilan birga, er
-
kin badiiy tafakkur mahsuli sifatida o‘zini (olam ichra olam, 
ya’ni bir butun tizim o‘laroq) namoyon qilayotgani kishini 
bеhad quvontiradi. Bugun yurtimiz ijodkori o‘z nuqtayi na
-
zarini, qadim Sharq adabiyotida bo‘lgani kabi, olami sug‘ro 
– mukarram Insonga, uning qalbiga qaratgan. Hamda bo
-
tindagi murakkab jarayonlarni bayonchilik yo‘li bilangina 
emas (chunki bunday usul bor, bo‘ladi va bu tabiiydir), ayni 
paytda, umuminsoniy va umumzamoniy mеzonlarga su
-
yangan holda Majoz vositasida ham qog‘ozga tushirmoq
-
dalar, san’atga aylantirmoqdalar.
Biroq yo‘nalishlar haqida gap kеtganda masalaning 
nazariy jihatiga oid bir gapni alohida ta’kidlab qo‘yishga 
ehtiyoj tug‘iladi. U ham bo‘lsa, adabiyot, ayrim avangard 
oqimlar da’vo qilayotganidеk, boshqotirma o‘yinlardangi
-
na iborat emas. To‘g‘ri, unda o‘yinlik xususiyati bor, lеkin 
«o‘yin» adabiyotning o‘nlab sifatlaridan bittasi, xolos. Chi
-
nakam adabiyot hamisha odamlar bilan birga bo‘ladi, ular
-
ning quvonch-u tashvishini tarannum etadi va shu tarz-


38
39
da ularga yеlkadosh, taqdirdosh, dildosh bo‘ladi, bo‘lishi 
kеrak. Insonga, jamiyatga eng ko‘p asqotadigan adabiyot 
shunday adabiyotdir.
Kеcha – sho‘rolar zamonida adabiyotda shakl mazmun 
(g‘oya)ga qurbon qilinayozgan edi. Modеrnizmda esa 
ko‘pincha buning tеskarisiga duch kеlamiz: shakl kеtidan 
quvilib, mazmun boy bеriladi (yoki shunchalar chuqur bеr
-
kitiladiki, natijada muallifning o‘zi ham asari mohiyatiga 
yеtib borolmasligi mumkin). Aslida, har ikkovi o‘rtasidagi 
zargarona mutanosiblik hamda buning oqibatida kеlib 
chiqadigan buzilmas muvozanat badiiy asarning yaroqliligi 
va zavq ila o‘qishliligini ta’minlaydi. Bunday asarlarga davr-
lar va ulardagi o‘zgarishlar juda kam ta’sir qiladi. Mumtoz 
adabiyot namunalari u yoki bu davr chеgaralarini oshib 
o‘tib, barcha davrlarga xizmat qiladi. Shuning uchun ham 
u mumtoz hisoblanadi. Tafakkur erkinligi bois istiqlol davri 
o‘zbеk ijodkori ham xuddi shunday asarlar yozish imko
-
niyatiga ega bo‘lib turibdi. Endi ijodkorning ijod maydoni 
ikki daryo oralig‘i emas, balki ikki qutbdir. Bas, qutblar aro 
«ot choptirish»ga yaroqli bo‘lmak lozim.
Mo‘tadil iqlim, uyg‘un muhit bo‘lmasa, ko‘chirib kеltir
-
ganingiz bilan, ko‘chat tomir otmaydi. Shu ma’noda bu
-
gungi o‘zbеk adabiyotidagi yangi izlanishlarni o‘tgan asr-
ning birinchi yarmida Yevropada tug‘ilgan modеrnistik 
oqimning g‘arib taqlidi dеb bo‘lmaydi. Bir-biriga monand 
ijtimoiy-tarixiy davrlar o‘xshash kayfiyatli adabiyotlarni vu
-
judga kеltiradi. Chunonchi, dunyo folklorida qanchadan 
qancha bir-biriga mеngzaydigan qahramonlar mavjud. 
Lеkin bu ular bir-biridan ko‘chirib olishgan dеgan ma’no
-
ga kеlmaydi. Ijodiy ta’sirlanishning yonida o‘sha millatlar 
o‘tmishidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy va psixologik muhit 
o‘xshashligi omilini aslo yoddan chiqarmaslik kеrak. Zеro, 
o‘xshash muhitlar o‘xshash adabiy qahramonlar-u ularning 
bir-biriga monand kayfiyatlarini dunyoga kеltiradi. Dе
-
mak, Yevropaning modеrnistik adabiyoti Yevropanikidir va 
bu adabiyot o‘z davrida o‘z vazifasini o‘tab, asosan o‘sha 
yеrda qoldi. O‘zbеk adabiyotidagi yangi (modеrnnoma) 
adabiyot kayfiyatiga Yevropa modеrn adabiyotining oz-
moz ijodiy ta’siri (ko‘proq shakliy ma’noda) bor, albatta, 
lеkin u mohiyat-e’tibori bilan Sharq, xususan, o‘zbеk insoni 
dunyoqarashidagi ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlar nеgizi
-
da tug‘ildi. Shunga ko‘ra, yangi (modеrn) o‘zbеk adabi
-
yoti milliy zaminda ildiz otgan bo‘lib, u Yevropa modеrn 
adabiyotidan ko‘chirilgan nusxa yoki unga taqlid emas 
dеyish mumkin. XX asr tongidan boshlangan o‘zbеk ada
-
biyoti «Yangi o‘zbеk adabiyoti» dеb nomlangan. Chunki 
ham nasr, ham nazmda tubdan o‘zgarishlar yuz bеrgan, ilk 
dramatik asarlar vujudga kеlgan va bu chinakamiga yangi 
hodisa, yangi adabiyot bo‘lgan edi. Adabiy shakllar asosan 
tashqaridan – o‘zga xalqlar adabiyotlaridan qabul qilinga-
ni ham haqiqat: roman, drama va yangicha shе’r shakllari 
shular jumlasidan. XX asr adog‘i va XXI asr boshi o‘zbеk 
ijodkori badiiy-estеtik tafakkur tarzidagi yangilanishlar esa 
bir qadar boshqacha tabiatga ega. Bunda shakl va mohi-
yatning o‘zi ichkaridan yorib chiqdi. Dеmak, tashqaridagi 
adabiyotga ergashishning hissasi o‘ta salmoqli bo‘lmagan. 
Shunga ko‘ra, uni tom ma’noda o‘zbek modern adabiyoti 
va yoxud G‘arb modernizmiga taqlidan yaratilgan adabi-
yot deyish anchayin bahstalab bo‘lib, bu boradagi izlanish
-
larning asosiysi hali oldinda. Hozir anglanib turgan haqiqat 
shuki, o‘zbek modern adabiyoti G‘arbning muayyan mo
-
dernistik shakllaridan ta’sirlanib, ayni paytda, o‘z hayoti 
ma’nolarini tushunishga, talqin qilishga urinayotgan ada
-
biy hodisadir.


40
41
Xullas, istiqlol davrida yangilangan badiiy tafakkur Erkin 
A’zamning «Stupka», Xurshid Do‘stmuhammadning «Qich-
qiriq», Nurulloh Muhammad Raufxonning «Etakdagi kul
-
ba», Nazar Eshonqulning «Bahouddinning iti», Rahimjon 
Rahmatning «Adashvoy», Isajon Sultonning «Suvdagi 
kosa», Ulug‘bek Hamdamning «Bir piyola suv» kabi hiko
-
yalarini berdi. Nomlari zikr etilgan va yana Omon Muxtor, 
Ahmad A’zam, Olim Otaxon, Murod Karim kabi nosirlar, 
Bahrom Ro‘zimuhammad, Tursun Ali, Faxriyor, Aziz Said, 
Shermurod Subhon, Go‘zal Begim singari shoirlarning iz
-
lanishlari yangi (modern) o‘zbek nasri va nazmining o‘ziga 
xos namunalari hisoblanadi. Shu o‘rinda modernist shoira 
Go‘zal Begimning «Bulutlar kesishuvi» nomli to‘plami haqi
-
dagi mulohazalarimiz yordamida o‘zbek modern izlanish-
lariga biroz kengroq to‘xtalamiz.
Qo‘llanmaning keyingi qismlarida Tursun Ali, Abduvali 
Qutbiddin, Bahrom Ro‘zimuhammad, Faxriyor, Aziz Said 
kabi avangard shoirlarimizning ijodi haqida ozmi-ko‘pmi 
fikr yuritganimiz bois quyida boshqa modernchilarning ay
-
rim bitiklari to‘g‘risida to‘xtalamiz.
Sh.Subhon qisqa satrlarda voqelikni ramzlashtirishga 
harakat qiladi:
Hamma shoir emas,
shoir – hamma.
Demak, biz ko‘rib-bilib yurgan odamlarning hammasi 
ham shoir bo‘lavermaydi, lekin shoir hamma bo‘la oladi. Bu 
nima degani? Shoir katta ketmayaptimi? Yo‘q, aslo. Bu yer
-
da boshqa, kutilmagan ma’no yashirilgan. Taqdir zimmasiga 
yuklagan vazifaga ko‘ra shoir hammaning dardini, qismatini 
tushunishga, his qilishga mahkum degan fikr bor bo‘lib, u 
beshtagina so‘zdan iborat she’riyatning mo‘jaz «qasri»ga 
berkitilgan. Demak, haqiqiy shoir kim degan savolga o‘ziga 
xos va, eng muhimi, ijodkorning qanday bo‘lishi kerakligiga 
mos javob berilgan. Endi manavi she’rni o‘qing:
Ketishingni kutmagan edim,
Kelishingni kutganim-kutgan.
Ifoda juda sodda, lekin shu sodda ifoda zamirida oshiq 
va ma’shuqaning ziddiyatli, shu bilan birga, olovli muhabba
-
ti, nozik munosabati aks ettirilgan. Qarshilantirilgan go‘zal 
so‘z o‘yinlari (tazod) mavjud: ketishing-kelishing, kutma
-
gandim-kutgandim (kutaman). Shuning uchun ham audito-
riyada she’rni o‘qishingiz bilan talabalar harakatga kelishadi: 
qog‘oz-u qalamni topib «qitir-qitir» qilib yozib olishadi.
Yana bir modern bitiklar muallifi Go‘zal Begimning «Bu
-
lutlar kesishuvi» she’riy to‘plamidan joy olgan she’rlarni 
ham yangilanib borayotgan adabiyotimizning totli me-
valari deb ayta olamiz. Buni hech tortinmay, xijolat ham 
bo‘lmay, eng muhimi, ikkilanmay aytish mumkin va joiz. 
Ammo har qanday yangi hodisaning qulog‘idan tortib olib 
borib «modernizm» deb atalgan mamlakatning vatando-
shi aylashga urinish kerak emas. «Modernizm» deganimiz 
judayam shartli bir tushuncha. Ya’ni san’at-u adabiyotdagi 
har qanday yangilikni insoniyatning badiiy tafakkur yo‘li-
dagi bitta bosqichga – modernizmga tirkashni maqbul yo‘l 
deb bo‘lmaydi. Yangilanish bu – azal-abad hayot-voqelik 
taqozosi. Voqelik har doim yangilanib boradi. «Izm»lar shu 
voqelikning turli-tuman kayfiyati, aslida.
Go‘zal Begim she’riyatida obrazlar tizimidan tortib ifo-
da tarzi-yu eng mayda nazmiy detalgacha yangi, ohorli. 
«Hammayog‘im yurak», – deydi shoira bir she’rida. Shu 
she’rmi?.. Ha, she’r. Ikkita so‘zdan iborat she’r. Bo‘lgan-
dayam judayam teran ma’noga ega bo‘lgan katta she’r! 
Xo‘sh, nega? Buning uchun, avvalo, adabiyotdagi yurak 
degan alohida obraz mohiyatini (odam anatomiyasi fa-


42
43
nida yurakka boshqa funksiya yuklatilgan!) yodga olmoq 
kerak. Unga ko‘ra, yurak bu – odam va olam dardini his 
qiluvchi inson a’zosi. Buni esladik. Endi «hammayog‘im 
yurak» degan misraga qaytaylik, bu so‘zlar nimani angla-
tadi? Odam va olam dardini bittagina a’zo bilan emas, bal-
ki butun borlig‘im bilan tuyaman degan ma’noni emasmi? 
Tasavvurga erk beramiz: boshdan oyog‘i yurakka do‘ngan 
kishi juda-juda hassos zot bo‘lib, u o‘zining har bir hujay-
rasi bilan atrof-javonibga qalb qulog‘ini soladi, uni eshi-
tadi, dardini oladi. Demak, u boshqa odamlarga ko‘ra yuz 
chandon, balki ming chandon ko‘proq his qiladi. Chunki 
qolganlar faqat yuragi bilan his etsa, shoira butun vujudi 
yurakka aylanib, olamga ko‘ngil ko‘zini qaratadi.
Adabiyotda chinakam iste’dod egasi, baribir, o‘z ori-
ginal so‘zini aytadi, aytishi kerak. Nafaqat adabiyotda, 
hamma sohada hol shunday. Eslang, tasavvuf olamiga 
kirayotgan solik, avvalo, bu yo‘lning sirr-u sinoatlarini 
o‘zigacha o‘tganlar hayoti va amallaridan o‘qib-o‘rgana-
di. Ma’lum bir darajotga borgandan keyin esa o‘qib-o‘r-
gangan kitoblarini «daryoga uloqtiradi», ya’ni «unutadi». 
Shundan keyingina u o‘z so‘zini aytishga chog‘lanadi... 
Kuzatishlarga ko‘ra, Go‘zal ham she’riyatda yurilgan yo‘l-
lardan yurmaydi, balki o‘z yo‘lini, o‘z ohangini, o‘z uslubi-
ni topishga bel bog‘laydi. Albatta, Go‘zal Begim o‘zi tan-
lagan nazm maydonida tanho emas. Uning yonida yana 
boshqa shoirlar bor. Lekin, baribir, Go‘zal she’rlarining 
ichki mazmunini ilg‘ay bilgan omadli o‘quvchi anglaydiki, 
u o‘z qiyofasiga ega zabardast ijodkordir.
«Alla» she’rida shoira «ranglarni tebratayapman, alla, 
bolam, alla» deb yozadi. E’tibor bersangiz, Go‘zalning 
butun she’riy ijodiga ishora misra bu. Chunki u yurak-
ka aylangan butun borlig‘i bilan chindan ham ranglar-
ni tebratib kelayotgan, ularning aql olmas, idrok o‘tmas 
mazmunini ilg‘ashga urinayotgan hassos shoiradir. Hatto 
farzandiga alla aytarkan, boshqa millionlab onalar kabi 
«Katta bo‘lgin, qo‘zim, alla. Mening shirin so‘zim, alla», 
– demaydi, balki: «Tongni tebratayapman, alla. Quyosh-
ni tebratayapman, alla, Yurakni tebratayapman, alla», – 
deydi va shu tarzda biz yuqorida aytganimiz o‘z qiyofasi-
ni hatto allasi bilan ham yaratadi, yarata oladi.
Go‘zal Begimning butun ijodi mazmun-mohiyatini 
o‘nlab she’rlaridan qidirishning hojati yo‘q. Chunki biz 
izlagan, bizning she’rparast ruhimiz ehtiyoj sezgan maz-
mun uning birgina misrasida jimirlab oqib yotishi mum-
kin. «Yana azongacha ko‘zim oq yaproq», – deb yozadi u 
bir she’rida. Go‘zalgacha ko‘zni daryoga, dengizga, um-
monga, osmonga, yulduzga xo‘p o‘xshatishgan. Lekin oq 
yaproqqa mengzash... Bu Go‘zalga, uning olamni badi-
iy-estetik qabul qilish uslubiga xos. Nima uchun yaproq 
yashil emas, oq? Bu ko‘z oqiga ishora. Demak, u ochiq, 
bedor. Azonning, tongning oq rangiga monandligida 
ham bir boshqa ma’no yashirin... Shu ma’noda Go‘zal-
ning har bir muvaffaqiyatli chiqqan misrasi bir yaxshi 
she’rdir. Shunga ko‘ra, Go‘zal Begim singari shoirlarni 
misrama-misra o‘qimoq kerak, she’rma-she’r emas. Uni 
she’rma-she’r o‘qib uqmoqqa, zavqlanmoqqa bel bog‘la-
gan o‘quvchi «tiqilib qolishi» mumkin (Albatta, u «hazm 
qilish» qudratiga ega bo‘lsa).
Go‘zal Begim biz ko‘nikkan bir butun voqelikni par-
chalab tashlaydi va o‘sha parchalardan boshqa, yangi 
voqelik barpo etadi. Shunda biz ko‘zlarimizni katta-katta 
ochib qaraymiz: bir qarasang – tanish, bir qarasang – no-
tanish. Shu yerda o‘quvchilar, Gasset aytmoqchi, ikkiga 
ayrilib ketadi: uni taniganlar va tanimaganlar.


44
45
Demak, mana shu tarzda yangi adabiyot ayrim o‘quv-
chini o‘ziga oshno etib, boshqalarini esa o‘zidan uzoqlash-
tirib boradi. Hamma gap shundaki, yangi adabiyotdan yuz 
o‘girib ketayotganlar tafakkurida yalqovlik bor bo‘lib, ular, 
odatda, ong-u qalblarini zo‘riqtirishni xohlashmaydi. Ular 
tap-tayyor mahsulga ko‘nikishgan, shuni kutishadi. Yangi-
lanib borayotgan adabiyot esa badiiy asarga yashirilgan 
ma’noning yuzaga chiqishi uchun, kerak bo‘lsa, o‘quvchi-
ning muallif qadar ishtirok etishini talab etadi. Zero, bu 
adabiyot bilagigina emas, avvalo, aqli, tafakkuri, xayoloti 
va yuragi baquvvat o‘quvchilar uchun ayni muddaodir.
Go‘zal Begim she’rlarining maromini topmagan jihatla-
ri ham yo‘q emas. Chunonchi, shoira o‘z badiiy ummoniga 
shunchalar teran sho‘ng‘ib ketadiki, ortidan izma-iz kelayot-
gan o‘quvchi unga «yetolmay», yo‘lini «yo‘qotadi». Natijada 
shoiraning o‘zidan boshqalarga anchagina mavhum bo‘l-
gan satrlari qog‘oz yuziga sizib chiqadi. Ehtimol, qachon-
lardir bunday tizmalar ham osongina tushunilib tahlil etilar, 
lekin bugun... Bugun shoira o‘z zamondoshlari tomonidan 
anglanib, his qilinishni, ularning yuraklariga kirib borishni 
istasa, she’rlarida ularni o‘z ortidan qadam-baqadam yetib 
kelishini ta’minlaydigan belgilarni o‘rni-o‘rniga qo‘yib ke-
tishi kerak bo‘ladi. Ularning orasini uzaytirib yubormasin, 
shunda abstraksiyadan qochiladi, qisqartirib ham yubor-
masin, chaynab berish illatidan xalos bo‘ladi (zotan, keyin-
gisi G. Begim she’rlarida ko‘zga tashlanmaydi).
Badiiy tafakkurda olamshumul evrilishlar yuz bergani 
va hamon ushbu jarayonning davom etayotganini keyin-
gi qator yillar mobaynida yaratilayotgan turli janrlardagi 
asarlardan ham bilsa bo‘ladi. Natijada san’at-u adabi-
yotimiz maydonlarida avvalgilarga o‘xshagan-u o‘xsha-
magan asarlar paydo bo‘la boshladi. Albatta, ularning 
barchasini birdek durdona deb hisoblab bo‘lmaydi. Ular 
hali vaqtning, davrlarning, shu davrlar tarbiyalab yetishti-
radigan o‘quvchilarning sinov-u ehtiyojlariga, yangilikka 
chanqoq nigohlariga bardosh berishi kerak. Durdona-
lik maqomi shundagina nasib etishi mumkin. Hozir gap 
bunda emas. Gap dunyoni badiiy-estetik qabul qilish 
mezonlarimizning juda tez o‘zgarganligi va xuddi shun-
day shitob ila o‘zgarayotganligida.
Ha, yangilanayotgan badiiy tafakkur mahsullari mohi-
yatining ochilishi uchun o‘quvchi tayyorgarligi va ishtiroki 
judayam zarur bo‘lib borayotir. Endi o‘quvchining kitob-
xonlik darajasi asarga ayricha bir mazmun bag‘ishlaydi. 
Yangi san’at namunasi har bir o‘quvchi bilan yuzlashgan-
da o‘zgacha tovlanadi. Ya’ni o‘quvchining badiiy-estetik 
darajasiga qarab turlanadi u. Albatta, bu o‘rinda muallif 
darajasi ham muhim. Har bir mazmun shu darajadan ibti-
do oladi, aslida. Muallif darajasi (asar olamida) parvozlar 
yuksakligini (pastligini ham, demak, umuman, parvoz-
lar hadisini) belgilaydi. (Aslida, hamma davrlarda, ham-
ma san’atlar uchun hol shunday edi, faqat yangi san’at 
asarlari misolida ana shu jihatlar g‘oyat bo‘rtib ko‘rina 
boshladi. Misol uchun, ilgari badiiy asarning xususiyatla-
ridan biri bo‘lgan u yoki bu qirrasi bugunga kelib uning 
o‘zak-mohiyatiga aylanmoqda va h.k.)
Bahor (Gulbahor Tavakkalova)ning «Shamol hikmati» 
hikoyasi ham o‘zbek modern nasrining yaxshi namunasi 
hisoblanadi. Keyingi yillarda adabiyotimizga jiddiy qa-
damlar bilan bir necha ayol yozuvchilar kirib kelishdi: 
Bahor, Nafisa Toshtemirova, Bibi Robiya degan nomlar 
kichik janrdagi baquvvat asarlari orqali adabiy jamoatchi-
lik e’tiboriga tushdi. Chunonchi, Bahorning «Ilon muhab-
bati», «Ibodat» kabi hikoyalari o‘zining yangicha tabiati 


46
47
bilan o‘quvchi e’tiborini tortadi. Yozuvchining «Shamol 
hikmati» hikoyasi ma’nosi kuchli ramzlar qatiga o‘ralgan. 
Bunday hikoyalar professional yozuvchi tomonidan ham, 
kutilmaganda hali hech kim tan olib ulgurmagan no-
ma’lum havaskor tarafidan ham yozilib qolishi mumkin. 
Shuningdek, chinakam adabiyot uchun ijodkor jinsi ham, 
ijtimoiy mavqeyi ham ahamiyat kasb etmaydi: uning qar-
shisida erkak-u ayol, yosh-u qari, boy-u kambag‘al – bar-
cha bir xil imtiyozga ega.
Xalqimiz dunyoni bozor deydi. Yana «Otang – bozor, 
onang – bozor» qabilidagi ming yil yashab bir bor aytil-
gan hikmatli gaplari ko‘p uning. Bozorboy, Bozorbuvi, Bo-
zorvush degan erkak-u ayol ismlari ham bor. Darhaqiqat, 
bozor inson hayotining hamma jabhalariga kirib borgan. 
Bozorsiz kishilik jamiyati taraqqiyotini tasavvur qilib bo‘l-
maydi. Bozor, bir so‘z bilan aytganda, inson ehtiyojlarini 
me’yor-u tartibga solib turadigan oldi-berdi maydoni. Bu 
bozorning to‘g‘ri va o‘z ma’nosidagi mazmun-mohiyatidir. 
Bozorga to‘g‘ri munosabatda bo‘lingandagina u o‘zining 
ana shu mazmunida, to‘g‘ri ma’nosida yuz ochadi. Lekin 
noto‘g‘ri munosabatda bo‘linsa-chi? Me’yor buziladi. In-
sonning dunyoga kelib ketishidan maqsad-muddaosi 
bozordangina iborat bo‘lib qoladi. Natijada bozorda ye-
lib-yugurib yurgan jism bosimi ostida qolib ruh ozor che-
kadi. Insonning ruhiy tarafi zaiflashganda esa o‘z-o‘zidan 
uning hayvoniy sifati gurillab o‘sadi. Hikoya shu haqda. 
Peshtoqiga omonatgina «Bozor» so‘zi ilingan oshyonga 
tashna mo‘ysafid tashrif buyuradi. Lekin uni nigohlari qat-
tiq olomon qarshi oladi. Shamol turadi va «Bozor» degan 
yozuvning bosh harfi uchib ketadi. (Biz hikoyaning asosan 
shu motivi, ya’ni shamol va harf o‘yinlari zimmasiga yuk-
latilgan ramziy ma’no chizig‘i haqida mulohaza yuritamiz.) 
Qarshimizga «ozor» degan yozuv chiqadi. Darvoqe, bo-
zor ozorsiz bo‘lmaydi. Bozor bani odamning insoniyligiga 
ozor yetkazadi. Bozor deganimiz qaysidir damlarda faqat 
va faqat ozordangina iborat bo‘lib qoladi. Ayniqsa, mu-
sofir mo‘ysafid yanglig‘ qidirgan narsasini topolmasa. U 
«Qadr» izlab yuradi hikoyada. Dam o‘tmay shamol yana 
bir harfni uchiradi va peshtoqda «zor» degan yozuv qola-
di. Hamma bozorga nimagadir zor bo‘lib keladi. Mo‘ysafid 
esa «qadr»ga. Yana bir harf uchadi va ro‘paramizda «or» 
degan yozuv paydo bo‘ladi. U nimani anglatadi? Balkim, 
bozordagi insonning xorligidan, o‘zining esa shu yerda 
xo‘rlanganidan mo‘ysafid qalbida paydo bo‘lgan tuyg‘u-
ning nomidir bu. Keyin... keyin «o» harfi ham qulab tusha-
di, faqat «r» qoladi. O‘zbek tilida bu harf o‘z holicha hech 
qanday leksik ma’no anglatmaydi. Lekin inson «r» tovushi-
ni uzluksiz ravishda talaffuz qilsa, og‘zidan itning irillashini 
yodga soladigan ovoz chiqadi. Demak, bozorga noto‘g‘ri 
munosabatda bo‘linsa, odamning insoniy tarafi ojizlanib, 
hayvoniyligi kuchayadi. Albatta, hikoyada bunga isho-
ra yo‘q. Unda birin-ketin barcha harflarning yerga uchib 
tushgani haqida badiiy informatsiya beriladi, xolos. Lekin 
adabiyot hamma gapning ma’nosini og‘zimizga chaynab 
solib qo‘ymaydi. Bir o‘quvchi sifatida badiiy asar yo‘naltir-
gan tomonga qarab yurish va bu yo‘lda tinmay mushoha-
da yuritishga barchaning haqqi bor. Umuman, ramzlar va 
timsollar asosiga qurilgan adabiyot o‘quvchini mana shu 
tarzda fikrlashga undaydi, yo‘naltiradi, aslo tayyor xulosa-
lar taqdim etmaydi, manzilgacha kuzatib qo‘ymaydi. Man-
zilga borish ko‘pincha o‘quvchining o‘z zakosi-yu zahmati 
evaziga bo‘ladi. Ba’zan esa omad ham unga yordam be-
radi. Bugungi o‘zbek modern adabiyoti o‘zini shu tarzda 
ham namoyon qilmoqda.


48
49
Hikoyaga qaytamiz. Ertasi kuni shamol uchirgan harf-
lar «g‘alati tasodif tufayli» yerda yana bir safga tizilib qo-
lishadi. Aslida, bu tasodif emas, balki ayni ilohiy ishora, 
hikmat bo‘lsa ne ajab! Tizilib qolgan harflarning boshida-
gi «B» boshqa peshtoqdan xuddi shu tarzda uchib tush-
gan, shamoyili uchayotgan qushni eslatadigan harf bilan 
alishib qoladi. Xo‘sh, uchayotgan qushni qaysi harf yodga 
soladi? «M» emasmi? Shu yanglig‘ yerda tizilgan yangi 
so‘z «Bozor» deb emas, «Mozor» deb o‘qiladi! Yozuvchi 
nimaga ishora qilmoqda? Bozorga noto‘g‘ri munosabat-
da bo‘lib, uni tirikchilikning vositasiga emas, balki tirik-
likning oliy maqsadiga aylantirish alaloqibat insonning 
qabriga aylanishi mumkinligiga emasmi?!. Demak, ayrim 
kishilar o‘zlarini bozorga eltib o‘z qo‘llari bilan ko‘mib ke-
lar, bozorni mozorga aylantirar ekan-da...
Lekin bu kabi ma’nolarni har doim ham uqa bilamiz-
mi? Mo‘ysafid qoldirib ketgan izning sirini-chi? Nega u 
izlaganini bozordan topolmay ketib qoldi? Qayga ketdi? 
U qoldirgan izlar bizni qay soriga boshlamoqchi? Bular 
yozuvchining hayotdan ilg‘ab qolganlari. Lekin atrofi-
mizda qanchadan qancha shu kabi hikmatlar sochilib 
yotgandir-u, biz ularning oldidan befarq-u loqayd o‘tib 
ketayotgandirmiz. Nega? Chunki bozorga yengilganmiz. 
Inson bozorga emas, bozor insonning ichiga kirib olgan... 
Yozuvchi kaftdekkina hikoyasi maydonining qoq o‘rtasi-
ga kattakon nog‘ora o‘rnatib olib, ana shu xavf haqida 
bong urayotgandek tuyuladi.
O‘rni kelganda shuni ham aytish kerakki, hikoyada zo‘r 
ramz – topilma topilgani holda unda ayrim ishlanishi, pi-
shitilishi kerak bo‘lgan jihatlar ham yo‘q emasdek. Bu narsa, 
avvalo, asar tilida, bayon va tasvirida ko‘rinsa, qolaversa, hi-
koya qahramonining «qadr» izlab «sarson» bo‘lganida sezi-
ladi. Chunki, nazarimizda, qadr (mehr, shafqat, insof, iymon, 
ezgulik va h.k.) so‘rash motivi – adabiyotimizda anchayin 
siyqalangan mavzu. Lekin, baribir, hikoyani tutib turgan aso-
siy ustun – shamol va harflar o‘yini motivi ramz darajasiga 
ko‘tarilib, asarga alohida qo‘r va kuch bag‘ishlagan.
Hikoyani o‘qib bo‘lgach, pul cho‘ntakka emas, qalb-
ga kirib, unda bir umrga tanda qo‘yayotganda, bozor 
oldi-berdi vositasi emas, balki bani basharning dunyo-
ga kelishidan asosiy maqsad-muddaosiga aylanib bora-
yotganda, insonning ruhiy-ma’naviy fazilatlari oyoqosti 
bo‘lib, hayvoniy sifatlari hakalak otayotganda hamda 
mana shunday – odamning insonligi sinovdan o‘tayot-
gan qaltis vaziyatlarning barcha-barchasida elning, qo-
laversa, insoniyatning chinakam yozuvchisi-yu shoiri, 
dramaturgi-yu qo‘shiqchisi va boshqa har qanday zi-
yolisining birlamchi va muqaddas burchi, avvalo, shular 
haqida o‘ylash, keyin esa albatta yozish, kuylash va aytish 
ekanligi yanada ravshanroq ayon bo‘ladi.
Aytilganlardan xulosa qilish mumkinki, modernizm 
o‘zbek adabiyoti uchun ham yot hodisa emas, bil’aks, u 
ham ko‘pdan ko‘p yo‘nalishlar kabi yurtimiz ijodkorlari 
badiiy tafakkur tarziga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelayotgan 
adabiy oqimlardan biridir.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin