Zamonaviy adabiyotning muammolari o‘zgargan,
o‘zgarishda shiddat bilan davom etayotgan dunyoning
muammolari bilan bog‘liq. Moskvada o‘tkazilgan dunyo
kongressida mashhur yozuvchi Ch. Aytmatovga jurnalist
N. Boltyanskaya quyidagicha savol beradi: «Forum yo-
zuvchilarning muhim masalalaridan biri dunyo adabiyoti
muammosidir. Zamonaviy jahon adabiyotining bosh mu-
ammosi nimada deb o‘ylaysiz?». Ch. Aytmatov: «Bu sa-
volga javob berish judayam qiyin. Qo‘lida qalami bor har
bir yozuvchi inson hayotining eng muhim qismini, yura-
gini nishonga olyapman deb o‘ylaydi. Nazarimda, inson
juda katta sinovlar arafasida turibdi. Bu sinovlar dunyo-
viy konfliktlar, urushlar va shu kabilar bilan bog‘liqdir. Si-
novlarda inson o‘zini qanday ko‘rsata oladi? Ehtimol, shu
narsa (adabiyotdagi –
U.H .) eng muhim masaladir. Ammo
judayam og‘ir masala...» – deya javob beradi. M. Peshko-
vaning «Sizning ma’ruzangiz nima haqida bo‘ladi?» de-
gan savoliga Ch. Aytmatov shunday javob beradi: «Eko-
logiya va so‘z. Bunday so‘z birikmasi ajoyib-a?! Nahotki,
ekologiya so‘zga bog‘liq bo‘lsa?.. Bog‘liq. Mening naza-
rimda, yer yuzidagi hamma narsa – ezgulik va yovuzlik,
birinchi navbatda, so‘zdan bino bo‘ladi. So‘z bu, avvalo,
bizning fikrlarimiz, niyatlarimiz, harakatlarimiz, amallari-
miz va hokazolardir. Buni ekologiya rakursida olib qara-
sak, zamindagi ekologiya ko‘p jihatdan insonning o‘zini
qanday tutishiga bog‘liq»
21
.
Demak, zamonaviy jahon adabiyoti muammolarini
yozuvchi Chingiz Aytmatov shiddat bilan o‘zgarib bora-
yotgan dunyoda insonning o‘zini qanday tutishida ko‘ra-
di. Ya’ni bu yerda birlamchi bo‘lgan narsa – munosabat.
21
Moskvada o‘tkazilgan xalqaro kongressdagi suhbat // http://echo.msk.
ru (tarjima – U.H.).